51
olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir.
Investitsiyalashda aylanma kapitalga ustuvorlik berilishini faqat kapitalning tarkibiy tuzilishi
bilan tushuntirish yetarli emas. Gap shundaki, dastlabki kapital jamg‘arish davrida pulni tez to‘plash
uchun uni kapital aylanishi tez sohalarga joylashtirilishi yuz beradi, chunki bunda yuqori foyda me'yori
yuzaga keladi. Foyda me'yori yuqori joyda esa, uni kapitallashtirish imkoni katta bo‘ladi. Bu omil ham
xususiy sektorda pulni aylanma kapitaliga aylantirish uchun rag‘bat yaratadi. Bozor talablariga binoan
tejamli xo‘jalik yurita bilmaslik tannarxning ortishiga olib keladi, bu narx o‘zgarmagan sharoitda ham
zararga olib keladi. Bu albatta, investitsiyalarni o‘z mablag‘i hisobidan ta'minlash imkonini cheklab
ko‘yadi.