54
Investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) fermer xo‘jali- gini har tomonlama rivojlantirib, modsiy-
texnika baza- sini mustahkamlaydi. Ulardan samarali foydalanish nati- jasida jonli mehnat xarajatlari
qisqarib, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ortib, sof foyda summasi ko‘payadi. Natijada fermer
xo‘jaligini kengaytirilgan takror ish- lab chiqarish asosida rivojlantirish imkoniyati kengayadi.
Fermer xo‘jaliklarining barcha investitsiyalari (kapi- tal qo‘yilmalar) ikkita manbadan:
korxonaning o‘z mablag‘- laridan va chetdan jalb qilingan mablag‘lardan shakllanadi.
Fermer xo‘jaligaiiig o‘z mablag‘lariga quyidagalar kiradi:
•
fvrmer xo‘jaligining sof foydasidan ajratilayotgan mablag‘lar;
-
amortizatsiya fondidagi mablag‘lar;
-
asosiy vositalarni tugatishdan, sotishdan kelib tush- gan mablag‘lar;
•
chorva mollarini sotishdan tushgan mablag‘lar;
•
fermer xujaligining qimmatli qog‘ozlar sotish va so- tib olishidan kelgan mablag‘lar.
Chetdan jalb qilingan mablag‘larga:
•
fermer xo‘jaligiga davlat byudjetidan ajratiladi- gan mablag‘lar;
•
hamkorlardan olinadigan mablag‘lar;
•
turli xil qarzlar va bank kreditlari;
' xo‘jalik a'zolarining bo‘sh mablag‘larini jalb etish;
•
xorijiy va mahalliy shaxsiy korxonalar hamda fuqaro- larning mablag‘lari;
•
homiylar ajratayotgan xayriya mablag‘lari va boshqa- lar.
Kapital kapital qurilishga va yangi texnikani joriy qilishda ishlatiladi. Kapital qo‘yilmalarning
asosiy va- zifasi — tarmoq mahsulotini ko‘paytirish va ishlab chiqa- rish samaradorligini oshirishni
ta'minlashdir.
Kapital — fermer xo‘jaligi moliyaviy natijalarining bir qismi bo‘lib, aylanma fondlarga qo‘yilib,
daromad keltiradi.
Investitsiya kiritishda fermer xo‘jaligining o‘z mablag‘- laridan foydalanishi ikkita ustunlikka
ega: birinchidan, fermer xo‘jaligining tashqi to‘lovlari mavjud bo‘lmaydi (olingan kreditlar bo‘yicha
foiz, aksiyalar bo‘yicha divi- dendlar, ijara haqi va hokazo), shuningdek, fermer xo‘ja- ligini
boshqarishda mustahkam boshqaruvni shakllantiradi.