• Investitsiya faoliyati
  • Investitsiya faoliyati ishtirokchisi
  • Chetdan jalb etilayotgan investitsiyalar




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/230
    Sana18.12.2023
    Hajmi4,03 Mb.
    #122991
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   230
    Bog'liq
    9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

    Chetdan jalb etilayotgan investitsiyalar - chet davlatlar- ning, yuridik hamda jismoniy 
    shaxslarning investitsiyala- ridan tashkil topadi. 
    Chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad respublika hududida chet el 
    investitsiyalari hisoblanadi. Ular O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi yo‘llar bilan amalga 
    oshiriladi. 
    Fermer xo‘jaligini boshqarishni takomillashtirishga va ishlab chiqarishni rivojlantirishga Jahon 
    banki, yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banklari- ning respublikadagi bo‘limlari 
    hamda AQSh, Germaniya, Is- roil, Gollandiya, Fransiya va boshqa davlatlarning vako- latxonalari 
    investitsiyalarni joylashtirish, sarflash bi- lan shug‘ullanmoqsa. 
    Ivestitsiyalar iqgisodiy va boshqa faoliyat ob'ektlari- ga kiritiladigan modsiy va nomodsiy 
    ne'matlarsir. Qishloq xo‘jaligitsa investitsiyalar quyitsash faoliyatsa bo‘latsi. 
    Investitsiya faoliyati sub'ektlarning investitsiyalari- ni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlardir. 
    Investor — o‘z mablag‘larining, qarzga olingan va jalb etilgan mablag‘larining, mulkiy 
    boyliklarning va ularga doir huquqlarning, shuningdek, intellektual mulkka doir huquqlarning 
    investitsiya faoliyati sub'ekti hisoblanatsi. 
    Investitsiya faoliyati ishtirokchisi investorning buyurt- malarini bajaruvchi sifatitsa investitsiya 
    faoliyatini ta'- minlovchi investitsiya faoliyati sub'ektitsir. 
    Reinvestitsiyalar investor tomonitsan kiritilgan inves- titsiyalarni boshqa savlatga yoki hutsutsga 
    berib yuborishsir. 
    Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi va uni fermer xo‘jaliklariga jalb etish yo‘llari 
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998 yil 24 sekabrsa qabul qilingan «Investitsiya 
    faoliyati to‘g‘ri- sida»gi Qonunida fermer xo‘jaligiga xorijiy investitsi- yalarni jalb qilish yo‘llari 
    ko‘rsatilgan. 


    55 
    Xalqaro moliya korporatsiyasi, yevropa tiklanish va ta- raqqiyot banklari, Osiyo «Krossroud» 
    kredit kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Mil- liy banki, O‘zbekiston 
    xususiylashtirish va investitsiya- lar bo‘yicha xalqaro «O‘zprivatbanki» ABN AMRO bank, «Asa- ka» 
    banki, Aksiyadorlik-tijorat «Paxtabank», Aksiyador- lik-tijorat «O‘ztadbirkorbank» kabi qator moliya 
    insti- tutlari fermer xo‘jaliklari loyihalarini moliyalash uchun qat'iy valyutada kreditlar berishatsi. 
    Xalqaro moliya korporatsiyasi kreditlarni faqat mil- liy kompaniyalarga beradi va hozirgi paytda 
    qo‘shma kor- xonalarni tashkil etishga ko‘proq e'tibor qaratadi. 
    Shuningdek, xalqaro moliya korporatsiyasi maslahat be- rishda va boshqa moliyalash manbalarini 
    jalb etishda ish- tirok etadi. Uning O‘zbekistondagi strategiyasining muhim qismi xususiy sektor, 
    tarkibiy yangilanishlar va xusu- siylashtirish yo‘nalishidagi aniq loyihalarni moliyalash- tirishdan 
    iborat. 
    yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraq- qiyot banki tomonidan ochilgan kredit 
    yo‘nalishlari, asosan, Milliy bank va «Asaka» banki orqali amalga oshiriladi. Yaqin kunlarda ishlab 
    chiqarishda yevropa tiklanish va ta- raqqiyot bankining kredit yo‘nalishlari aksiyadorlik ti- jorat 
    «Paxta-bank» orqali ochilishi kutilmoqda. 
    Kichik va o‘rta biznes mezonlariga muvofiq keladigan xususiy , kichik, qo‘shma, dehqon fermer 
    xo‘jaliklari va aksiyadorlik jamiyatlari yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot 
    banki kreditlarining oluv- chilariga aylandilar. 
    Kredit yo‘nalishlarining resurslaridan xorijiy usku- nalar va texnologiyalarini xarid qilishni 
    moliyalashtirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va mahalliy xomashyo resursla- rini qayta ishlash, 
    ishlab chiqilgan namunaviy yoki alohida loyihalar asosida eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar va 
    xalq iste'moli molllari ishlab chiqarishni ko‘zda tutadigan investitsiya loyihalarini ta'minlash bilan 
    bog‘liq dastlab- ki ishchi kapitalini shakllantirish uchun foydalaniladi. 
    Zamonaviy investitsiya siyosatining muhim tamoyillari har turli kapitalni bir martalik imtiyozlar 
    bilan jalb etishdan emas, barqaror va o‘zaro manfaatli investitsiya tar- tibi hamda real kafolatlar 
    berishdan iborat. 
    Hozirgi bosqichda xalqaro xorijiy kapital harakatining shakllari turlicha bo‘lib, bevosita xorijiy 
    investitsiyalar us- tuvor rol o‘ynaydi. Ular amalga oshiriladigan mexanizm va ka- nallar doimiy 
    takomillashib, rivojlanib zamonaviylashmoqsa. 
    Zamonaviy jahon xo‘jaligi mintaqaviy va xalqaro mi- qiyosda milliy iqgisodiyotga xorijiy 
    investitsiyalarni jalb qilish va faoliyat ko‘rsatishning yetarli darajada aniq qoidalariga ega. Tajriba 
    shuni ko‘rsatadiki, ularga oqilo- na rioya etilishi xorijiy investitsiyalardan samarali foy- dalanishni 
    ta'minlaydi. 
    7.3. Fermer xo‘jaliklarida iivestitsiyadai foydalanishning samaradorlik ko‘rsatkichlari 
    Fermer xo‘jaliklari mahsulot yetishtirish va xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish uchun sarmoya sarf 
    etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa, har bir investor sarmoyasini sarflashdan oldin sarmoya 
    sarflanadigan tadbir qanday natija berishini, uning iqtisodiy samarasi qanday bo‘li- shini bilishni talab 
    etadi. Fermer xo‘jaligi ham sarf- lanadigan yoki yo‘naltiradigan kapital sarflarni, uzoq muddatga 
    foydalaniladigan vositalarni tashkil etishga qaratilgan mablag‘lar samarasini loyihalashtirish jara- 
    yonini ko‘zda tutadi. 
    Fermer xo‘jaligi biron tadbirni amalga oshirish uchun tashqaridan mablag‘ jalb qiladigan bo‘lsa, 
    tadbirni ifoda etuvchi loyihada ko‘zda tutilgan sarf-xarajatlari, iqtiso- diy samaradorligi aniq 
    hisoblangan bo‘lishi kerak. Bu loyi- haning texnik-iqgisodiy jihatdan asoslanganligini (TeO) 
    ifodalovchi hujjatda aks ettiriladi. Bu masalani hal qilishda kapital sarflar va investitsiyaning iqgisodiy 
    sa- maradorligini aniqlash usulidan foydalaniladi. 
    Uzoq muddatga kiritiladigan investitsiyaning absolyut yoki mutlaq samaradorligi qiyosiy yoki 
    nisbiy aniqlanadi. 

    Download 4,03 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   230




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish