Loyihani amalga oshirish muddatlari




Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/230
Sana18.12.2023
Hajmi4,03 Mb.
#122991
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

Loyihani amalga oshirish muddatlari. Loyihani amalga oshirish muddatlari loyihani tayyorlash 
jarayonida alohida ko’rib chiqiladigan masala hisoblanadi, chunki ularning optimalligi aniq asoslangan 
bo’lishi lozim. Loyiha taklif etayotgan mahsulotga bo’lgan talab, texnologiyalarning ahvoli yoki 
qandaydir qo’shimcha kapital qo’yilmalarning imkoniyatlari loyihani iqtisodiy jihatdan maqsadga 
muvofiq qilish uchun yetarli bo’lmasligi va shu sababdan loyiha muddatidan ilgarilab ketgan bo’lishi 
mumkin. Ikkinchi bir tomondan, loyiha kechikib qolishi havfi ham mavjud. 
Loyihaviy tahlil uslubiyotida hisob davri tushunchasi mavjud. Loyihaning investitsiyaviy, 
operatsiyaviy va moliyaviy faoliyati barcha turlarining natijalari bo’yicha moliyaviy oqimlar ushbu 
davr uchun hisoblanadi. Shuningdek, loyihani amalga oshirish mumkinligi mezonlarining qiymatlari, 
hamda tavakkalchilik va noaniqlikni baholash ham aynan shu davrga nisbatan amalga oshiriladi. 


154 
Hisob davri qadamlarga bo’linadi; har bir qadam uchun har bir pul oqimi bo’yicha qiymatlar 
aniqlanadi. Pul oqimlarining qadam qiymatlari yig`indisi, keyinchalik loyiha samaradorligi va amalga 
oshirish mumkinligini aniqlash uchun asos bo’lib hisoblanadi. 
Hisob davri, odatda, vaqt bo’yicha loyihani amalga oshirishning hayotiy sikli bilan bir xil bo’ladi. 
Shu bilan birga loyihaning identifikatsiya va ishlab chiqish bosqichlarida loyihani boshlash va 
tugallash muddatlarini belgilash alohida e'tiborni talab qiladi, chunki loyiha bo’yicha qaror qabul qilish 
sifati ko’p jihatlari bilan aynan muddatlarni to’g`ri belgilashga bog`liqdir. 
Hisob davrining boshlanishi sifatida, odatda, investitsiyaviy bosqich boshlanishi qabul qilinadi. Bu 
degani, barcha hisob-kitoblar kredit taqdim etish shartnomasi imzolangan vaqtdan yoki loyihani 
moliyalashtirish uchun birinchi transh o’tkazilgan vaqtdan boshlanadi. Agarda loyiha shaxsiy 
mablag`lar hisobiga moliyalashtiriladigan bo’lsa, hisob davri boshi sifatida loyihani amalga oshirish 
maqsadida kiritilgan birinchi moliyaviy qo’yilma vaqti qabul qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, 
loyihani amalga oshirishni boshlash bilan bog`liq bo’lgan, investitsiya ob'ektida ro’y bergan pul 
oqimlaridagi birinchi o’zgarish hisob davrining boshlanishidir. 
Hisob davrining tugashi esa, odatda, loyihani likvidatsiya qilish (tugatish) jarayonidagi so’nggi 
hatti-harakat vaqtiga to’g`ri keladi. 
Loyihani tabiiy tarzda tugatilishi, loyiha bo’yicha xarid qilingan uskunalar xizmat davrining 
tugashi yoki loyihada ishlab chiqarilayotgan mahsulot savdosining to’xtatilishi kabi, oldindan 
rejalashtirilgan sharoitlar sababli bo’lishi mumkin. 
Loyihani tugatishning rejalashtirilmagan sabablariga esa avariyalar, halokatlar, chuqur iqtisodiy 
inqirozlar, bozor kon'yukturasidagi kutilmagan o’zgarishlar kiradi. Albatta, loyiha samaradorligini 
tahlil qilishda, bunday holatlarning yuzaga kelishi mumkinligi faqatgina tavakkalchiliklarni 
baholashda hisobga olinadi va hisob davri tugallanishiga hech qanday ta'sir ko’rsatmaydi. 

Download 4,03 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   230




Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish