161
13.1-rasm. Bir me'yordagi samaradorlik yuz berganda NPVning r stavkasiga bog‘liqligi
Loyihaning sof joriy qimmatlik me'yorini aniqlab beruvchi asosiy omillardan biri -
investitsiyalar, ishlab chiqarish yoki sotuvlarning «jismoniy» xajmlarda
ifodalangan faoliyat xajmi
(masshtabi) hisoblanadi. Shu tavsifi bilan farq qiladigan loyihalarni taqqoslash uchun qo‘llanadigan
usul tabiiy cheklashlardan iborat bo‘ladi: NPVning katta miqdori kapital qo‘yilmalarning yanada
samarali variantga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.
Ushbu usul faqat quyidagi savolga javob beradi: tahlil qilinayotgan pul qo‘yish
varianti
korxona bozor bahosi o‘sishiga yoki investor boyligi oshishiga to‘g‘ri keladi.
Lekin, bu ko‘rsatkich quyidagi kamchilikka ega: tanlangan diskont stavkasi odatda loyiha
ekspluatatsiyasining birinchi davri uchun o‘zgartirmasdan qo‘llaniladi. Shu
bilan bir vaqtda kelajak
davrda iqtisodiy sharoitlar o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda bu stavka o‘zgarishi mumkin. Bu
kamchilikka qaramasdan ushbu ko‘rsatkich chet el tajribasida investitsiya samaradorligini baholash
ko‘rsatkichlari tizimida eng ishonchlilaridan hisoblanadi.