Iqtisodiy tahlil (jamiyat samarasini baholash)




Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/230
Sana18.12.2023
Hajmi4,03 Mb.
#122991
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

Iqtisodiy tahlil (jamiyat samarasini baholash). 
Loyihani milliy iqtisodiyot nuqtai nazaridan baholashda moliyaviy tahlilga o’xshash qoidalar 
qo’llaniladi, ammo moliyaviy tahlildan farqli ravishda muayyan ishtirokchi manfaatlari emas balki 
butun jamiyat (mamlakat, qishloq xo’jaligi va h.) manfaatlarini aks ettirish lozim. 
Birinchidan, loyiha ishtirokchilarining bittasiga ham tegishli bo’lmagan, ammo aholi va kelajak 
avlod manfaatlariga ta'sir ko’rsatadigan, loyihani amalga oshirish natijalari aynan jamiyat samarasini 
baholashda hisobga olinishi lozim. Ko’pgina hollarda, loyihaning ekologik oqibatlari ushbu 
kategoriyadan joy oladi. Misol uchun, dalalardan o’g’itlarni yuvish hech kimni ko’ziga tushmasligi va 
jarimaga olib kelmasligi mumkin, ammo quyiroq joylashgan korxonalar, dam olish hududlari va 
boshqa ob'ektlar suvni tozalash uchun qo’shimcha xarajat qilishlari lozim bo’ladi. Butun mamlakat va 
uning iqtisodiyoti nuqtai nazaridan ushbu xarajatlar yoki paydo bo’layotgan yo’qotishlar hisobga 
olinishi lozim. 
Ikkinchidan, butun ishlab chiqarilayotgan mahsulot va barcha foydalanilayotgan resurslar, har bir 
ishtirokchi nuqtai nazarini aks ettiruvchi moliyaviy narxlarda emas, balki jamiyat va milliy iqtisodiyot 
nuqtai nazarini aks ettiruvchi «iqtisodiy boyliklar» bo’yicha baholanadi. Misol uchun, o’simliklarni 
himoya qilish vositalarining chet ellik yetkazib beruvchisi o’z xarajatlariga (va keyinchalik mahsuloti 
narxiga ham) bojxona bojlarini (turli xil yig`imlar, aksizlar va h.) ham kiritadi. Milliy iqtisodiyot 
nuqtai nazaridan ushbu yig`imlar mamlakat va jamiyatning real xarajatlari sifatida qaralmaydi, va 
iqtisodiy samarani hisoblashda ishtirok etmaydi. 
Uchinchidan, korxona 50-70 yilda bir marta sodir bo’ladigan, misol uchun, havo sharoitlarining 
ekologik zarari tavakkalchiligini hisobga olmasligi mumkin, ammo mamlakat nuqtai nazaridan ushbu 
zarar albatta hisobga olingan bo’lishi kerak. 
Shuni ham ta'kidlab o’tish lozimki, ekologik tahlil iqtisodiy tahlil bilan yaqindan bog`langan, 
chunki amaldagi qonunchilik bo’yicha ko’pgina ekologik oqibatlarni moliyaviy baholab bo’lmaydi, 
ammo jamiyat samarasini aniqlashda ularni hisobga olish majburiydir. 

Download 4,03 Mb.
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   230




Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiy tahlil (jamiyat samarasini baholash)

Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish