• (foyda, yo’qotish va tavakkalchiliklarning berilgan darajasidagi xarajatlar minimumi)
  • aniqlash va ularga aniq ta'rif berish lozim;  2. Sanab o’tilgan foyda, xarajat, yo’qotish va tavakkalchiliklarni miqdoriy o’lchash




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet91/230
    Sana18.12.2023
    Hajmi4,03 Mb.
    #122991
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   230
    Bog'liq
    9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

    aniqlash va ularga aniq ta'rif berish lozim; 
    2. Sanab o’tilgan foyda, xarajat, yo’qotish va tavakkalchiliklarni miqdoriy o’lchash lozim 
    (sentnerlarda, donalarda, odam-soatlarda, foizlarda va h.); 
    3. Miqdoran o’lchangan foyda, xarajat, yo’qotish va tavakkalchiliklarni baholash (pul 
    o’lchamidagi qiymat bahosini berish) lozim. 
    Tabiiyki, barcha aniqlangan foyda, xarajat, yo’qotish va tavakkalchiliklarga qiymat bahosini berib 
    bo’lmaydi. Shuning uchun ham, ayrim hollarda, mazkur masalani bartaraf etishga yordam beradigan 
    eng arzon yechimni (foyda, yo’qotish va tavakkalchiliklarning berilgan darajasidagi xarajatlar 
    minimumi) izlashni taklif etish mumkin. 
    Umumiy ko’rinishda loyihaning moliyaviy tahlili quyidagi bosqichlardan tashkil topgan bo’lishi 
    mumkin: 
    - loyiha xarajatlari umumiy hajmini joriy (past inflyatsiya) va doimiy (yuqori inflyatsiya) narxlarda 
    baholash; 
    - pul mablag`larining kelajakdagi oqimlarini baholash, loyiha hayotiy sikli tugagandan keyingi 
    aktivlarning qoldiq qiymatini hisobga olgan holda; 
    - loyiha pul oqimlarining kutilgan qiymatlaridan mumkin bo’lgan o’zgarishlarini va ushbu 
    o’zgarishlarning loyiha samaradorligi ko’rsatkichlariga ta'sirini hisobga olish asosida tavakkalchilik 
    darajasini baholash; 
    - loyiha tavakkalchiligi darajasini hisobga olgan holda kapitalning alternativ qiymatini aniqlash; 
    - loyiha aktivlarining real qiymatini baholash (pul tushumlarini diskontlash va ularni joriy 
    qiymatga olib kelish yo’li bilan); 
    - kutilayotgan pul tushumlarining (foydaning) joriy qiymatini, loyihani amalga oshirish uchun 
    sarflangan xarajatlarning diskontlangan qiymati bilan taqqoslash (agarda foydalarning umumiy joriy 
    qiymati, xarajatlarning umumiy joriy qiymatidan yuqori bo’lsa, loyiha samarali sanaladi). 
    Moliyaviy tahlil loyihadagi ishtirokdan olinadigan foydani baholash maqsadida amalga oshiriladi. 
    Boshqacha qilib aytganda, o’z va qarz mablag`larini loyihaga sarflash, ulardan foydalanishning boshqa 
    alternativ variantlaridan foydaliroq ekanligiga ishonch hosil qilish lozim.
    Moliyaviy tahlilda barcha moddiy oqimlar (mahsulot, xizmatlar, resurslar) pul ifodasida taqdim 
    etiladi. Bu loyihani tashqi muhit bilan bog`lovchi kirish va chiqish oqimlarini taqqoslash, yig`indisini 
    hisoblash va tuzilmaviy tahlilini amalga oshirish uchun zarur. Bunda inflyatsiyani hisobga olish 
    muammosi paydo bo’ladi. Barcha narxlar nominal (ya'ni inflyatsiya o’sishini o’z ichiga olgan) yoki 
    inflyatsiyasiz bo’lishi lozim. Loyihani baholashda, odatda, investitsiyalash jarayonida narxlarning 
    keskin o’zgarishi va yuqori inflyatsiya ro’y bermaydi deb qabul qilinadi. Ammo, bunday qabul qilish 
    xaqiqatga yaqin bo’lmaydi, va shuning uchun ham narxlarning mumkin bo’lgan o’zgarishi uchun 
    zaxira oldindan hisobga olinadi. Bunday zaxiralar loyiha xarajatlari qismiga kiritiladi. 
    Investitsiyaviy loyihaning moliyaviy tahlili, odatda, ikkita asosiy bosqichni o’z ichiga oladi: 
    - «moliyalashtirishdan oldingi» tahlil, ya'ni moliyalashtirishning aniq manbalarini jalb etish bilan 
    bog`liq masalalarni ko’rib chiqilmaydi; 


    158 
    - «moliyalashtirishdan keyingi» tahlil, ya'ni moliyalashtirishning aniq sharoitlarini hisobga olgan 
    holda. 

    Download 4,03 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   230




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    aniqlash va ularga aniq ta'rif berish lozim;  2. Sanab o’tilgan foyda, xarajat, yo’qotish va tavakkalchiliklarni miqdoriy o’lchash

    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish