|
Investitsiyani qoplash usuliBog'liq 9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR5. Investitsiyani qoplash usuli: oddiy diskontsiz va diskontli eng ko‘p qo‘llanuvchi
ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Vaqt olishni hisobga olmasdan, ya'ni daromadning har xil vaqtda
olingan bir xil summalari qiymati bir xil deb hisoblanadi. Qoplash muddati ko‘rsatkichi quyidagicha
aniqlanadi.
n
y
= K / R
(13.6)
bu yerda:
n
y
– qoplash muddatining soddalashtirilgan ko‘rsatkichi;
K
- investitsiya hajmi;
R
- yillik sof daromad
Agar sof daromad bir xilda bo‘lmasa, qoplash muddati tushumlarini qo‘shish va sof daromadning
summasi investitsiya summasiga teng bo‘lgunga qadar vaqtni hisoblash natijasida aniqlanadi. Chet
davlatlarda n
y
– ko‘rsatkichi asosan kichik korxonalarda qo‘llaniladi. Bu ko‘rsatkichning asosiy
kamchiligi u investitsiyaga amal qilishning to‘liq davrini hisobga olmaydi. Bu kamchilik kapital
qo‘yilmalarning tushumi teng bo‘lmaganda ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun qoplash muddati
ko‘rsatkichi tanlash mezoni bo‘lib, emas, qaror qabul qilishda faqat cheklash sifatida qo‘llaniladi, ya'ni
loyihaning qoplash muddati qabul qilingan cheklashdan katta bo‘lsa, mumkin bo‘lgan investitsion
loyihalar ro‘yhatidan chiqarib tashlanadi.
23. INVESTITSIYAVIY LOYIHALASHTIRISH JARAYONIDA
ZARARSIZLIK TAHLILI
Tayanch iboralar: zararsizlik tahlili, o’zgaruvchan xarajatlar, doimiy xarajatlar, aralash xarajatlar,
yuqori-quyi nuqta uslubi, eng kichik kvadratlar uslubi, grafik uslub, zararsizlik nuqtasi, qo’yilgan
daromad, bir martalik qo’yilgan daromad, operatsion richag.
1. Zararsizlik tahlilining asosiy tushunchasi va maqsadi.
Zararsizlik tahlili va maqsadli rejalashtirish investitsiyaviy loyihalashtirishning ajralmas qismi
hisoblanadi. Tahlilning ushbu turi loyihani amalga oshirish mumkinligini va foydaning belgilangan
darajasiga erishish yo’lidagi muammolarni aniqlash imkonini beradi.
Zararsizlik yoki, boshqacha qilib aytganda, ishlab chiqarish xarajatlari, foydasi va hajmining tahlili
– bu ishlab chiqarishning turli darajalaridagi xarajatlar va daromadlar o’rtasidagi o’zaro aloqani
o’rganishga bo’lgan tahliliy yondashuvdir.
Zararsizlik tahlilining namunaviy ko’rinishida quyidagilar qabul qilinadi:
1. Tayyor mahsulot sotish hajmining o’zgarishi jarayonida, xarajatlarning ular tarkibida ro’y
beradigan o’zgarishlar bo’yicha turkumlanishi qo’llaniladi. Xarajatlar doimiy va o’zgaruvchan
xarajatlarga ajratiladi.
2. Barcha ishlab chiqarilgan mahsulot rejalashtirilgan vaqt oralig`ida sotiladi deb taxmin qilinadi.
3. Tahlil omili sifatida sof foyda emas, soliq to’lagunga qadar olingan foyda qabul qilinadi.
Zararsizlik tahlilining barcha masalalari yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ko’riladi.
|
| |