168
.3-rasm. Zararsizlik nuqtasining grafik ko’rinishi.
AS - umumiy xarajatlar chizig`i; OD - daromad chizig`i.
Hajmga bog`liq holda o’zgarmaydigan, doimiy xarajatlarni aks ettiruvchi AV chizig`i, X o’qiga
parallel tarzda o’tadi. AV va AS chiziqlari o’rtasidagi vertikal masofa, har qanday hajmda ham,
mahsulotni mazkur hajmini ishlab chiqarishning umumiy o’zgaruvchan xarajatlarni, OA va AS
chiziqlari o’rtasidagi vertikal masofa esa umumiy xarajatlarni tavsiflaydi. Mahsulot sotilmagan tarzda
umumiy xarajatlar nolga emas balki OA-ga teng bo’ladi. Ishlab chiqarish hajmi X ga teng bo’lganda,
umumiy xarajatlar SX chizig`i bilan aks ettiriladi, o’z navbatida SX=XV+VS (XV – xarajatlarning
o’zgarmas qismlari (OA bilan bir xil) va VS – xarajatlarning o’zgaruvchan qismlari).
So’nggi mahsulot bir birligini sotishning har bir muayyan narxi uchun, OD chizig`i sotuvlarning
turli hajmlaridagi daromadlar kattaligini ko’rsatib turadi. Umumiy daromad va umumiy xarajatlar
chiziqlarining kesishuvi, umumiy daromad umumiy xarajatlarga (o’zgaruvchan va doimiy) teng
bo’lgan, zararsizlik nuqtasi (ZN) “N”ni belgilab beradi. Umumiy daromad va umumiy xarajatlar
o’rtasidagi vertikal o’q bo’yicha har qanday farq zararsizlik nuqtasining o’ng tomonida bo’lganda
foydani, chap tomonida bo’lganda zararni aks ettiradi.
5. Kiritilgan daromad ta'siri va operatsion richag tahlili.
Operatsion richag yordamida, zararsizlik tahlili doirasida, tavakkalchilikning yanada batafsilroq
tahlilini o’tkazish mumkin.
Operatsion richag (Operating Leverage) tushum ko’payganda foyda necha marta o’zgarishini aks
ettiradi, demak: