TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR
Isroilov. Sh. M. (2023). Yosh olimlar, doktorantlar va tadqiqotchilarning onlayn ilmiy forumi.
Pedagogik faoliyatda
ta’lim metodlari va innovatsion metodlarning o’rni va afzallik tomonlari,
56-59. TATUFF-EPAI.
58
Sino ta’lim oluvchilarni jamoa qilib o’qitishni ta’kidlaydi. U o’quvchilarni o’qitishda
ularni
birdaniga kitob bilan band qilib qo’ymaslik kerak, deb ta’kidlaydi. Shuningdek, olimning
fikricha, olib boriladigan o’quv mashg’ulotlarining mazmun-mohiyati o’quvchilarning yosh
xususiyatlariga ham mos keladi va unda turli xil metodlardan foydalanib o’quvchi yoshlarni
fanga nisbatan qiziqishlarini rivojlantirish ko’zda tutiladi. Ibn Sino ta’limoti bo’yicha bilishda
qaysi metodlardan foydalansa ham og’zaki ifodalash,
bilimlarni tushuntirish, turli usuldagi
suhbatlarni tashkil etish bilan bolalarda mustaqil fikrlash qobilyatini va og’zaki bayon qilish
qobilyatini rivojlanishini ta’minlash maqsad bo’lgan.
Ta’lim metodi psixologik asosga ega. Ta’lim oluvchilarning fikrlash faoliyatini va shaxsiy
xususiyatlarini yaxshi bilish o’qitishning samaraliroq usullarini topish imkoniyatini beradi.
Mutaxassislar tayyorlashning shaxsiy faoliyati konsepsiyasi bo’yicha ta’lim jarayonida
individual ta’lim jarayonini individual-ijodiy shaxsni shakllantirish jarayoni sifatida qarashga,
shuningdek, o’qitishni nafaqat o’qitiladigan fan mantiqiga, balki
shaxsning rivojlanishi
mantiqiga muvofiq holda tashkil etishga imkon beradi, deb qaraladi. Ta’lim oluvchining
yaratuvchilik qobiliyati, uning rnuloqot qila olish qobiliyatini, ta’lim olish madaniyatini, ta’lim
jarayonining barcha bosqichlarida samaradorlik va sifatni oshirishda axborotlashgan jamiyat
qurish orqali ijtimoiy jamiyat buyurtmasini bajarish (axborot texnologiyalari sohasi, axborot
ta’lim
hujjatlari, foydalanuvchilar)ini va shu kabi jarayonlarni rivojlantirishdagi optimal
variantlarni tanlashda istiqbolli natijalami qo’lga kiritishni kafolatlaydi. Bunda faol ta’lim
jarayonini amalga oshiriladi. Faol ta’lim - bu ta’lim jarayonida ta’lim beruvchi va ta’lim
oluvchining ongli va faol ishtiroki, mustaqilligi hamda ijodiy qobiliyatlarini ta’minlovchi tizimli
pedagogik jarayondan iborat. Faol ta’lim sharoitida o’zlashtirilgan bilim va harakat usullari
mazmunan mukammal tizimli, mantiqan tugal va turli ishlab chiqarish vaziyatlarida qo’llanishga
yaroqli bo’ladi. Bunda asosan quyidagi ta’lim metodlaridan foydalaniladi: bahs-munozara;
fikrlashga jalb qilish; doskada mustahkamlash; turli ta’limiy-kasbiy o’yinlarni amaliyotga joriy
etish va hokazo. Ta’lim metodlarini faollashtirish quyidagi ta’lim qonunlariga e’tiborni
kuchaytirishni taqozo etadi. Darxaqiqat, zamonaviy pegagogik texnologiyalar ta’lim jarayoning
unumdorligini oshiribgina qolmay o’quvchilarning mustaqil firlash malakasini oshiradi. Shuning
uchun ham o’quv jarayoniga pedagogik yangiliklarni kiritish, ta’limda pedagogik
texnologiyalarni qo’llash, turli innovatsion usul
va metodlaridan foydalanish, ta’lim sifatini
oshirish bugungi kunning dolzarb mavzusiga aylandi. Ma’lumki bugungi kunda dars jarayonida
“Krassword”, “Muzyorar”, “Sinkveyn”, “Keys stady”, “Insert”, “BBB”, “Ven diagrammasi”,
“Aqliy hujum”, va “Zig-zag” texnologiyalaridan o’quv jarayonini tashkil qilishda
foydalanilmoqda. Mazkur maqolada dars jarayoning samarasi va sifatini ta’minlashga xizmat
qiluvchi yana bir nechta innovatsion metodlarni tavsiya etamiz.