Qarshilikning o‘lchovlari




Download 2.65 Mb.
bet7/144
Sana30.01.2022
Hajmi2.65 Mb.
#16798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   144
Bog'liq
pdffox.com elektr-olchashlar kitob

Qarshilikning o‘lchovlari O‘zRSТga ko‘ra R = 10nOm ga teng qiyma-tida yasaladi, bunda n–5 dan +10 gacha bo‘lgan butun son. Atrofdagi havo harorati 20°C bo‘lganda, g‘altak qarshiligining haqiqiy qiymati uning nominal qiymatidan eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan o‘zgarishga qarab o‘lchash g‘altaklari 0,001, 0,002, 0,005, 0,01, 0,02, 0,05, 0,1 va 0,2 aniqlik klassiga bo‘linadi.

1.2- rasm


Qarshilikli g‘altakning shartli belgisi va ekvivalent sxemasi 1.2- rasmda keltirilgan. O‘tish qarshiliklarining ta’sirini kamaytirish maqsadida qiymati 104 Om


dan kichik bo‘lgan o‘lchovlar to‘rt qisqichli qilib yasaladi. Ikkita 1–1 qisqich g‘altakning tok zanjiriga ulash uchun (1.2- a rasm) xizmat qiladi va tok qisqichlar deb ataladi, boshqa ikkitasi (2–2 qisqichlar) esa g‘altakdagi kuchlanish pasayishini o‘lchash uchun (1.2- b rasm) xizmat qiladi va potensial qisqichlar deb ataladi. O‘lchovning ekvivalent sxemasidan ko‘rinib turibdiki, g‘altak chulg‘ami faqat aktiv qarshilik R ga ega bo‘lmay, balki induktivlik L va o‘ram orasida shuntlovchi sig‘im C ga ham ega. O‘zgaruvchan tok zanjirida g‘altak reaktiv elementlarining



tok qiymatiga ta’siri vaqt doimiysi bilan tavsiflanadi. Bu doimiy
 = (L / R)  CR

ifoda bilan aniqlanadi. Vaqt doimiysi qancha kichik bo‘lsa, g‘altakning sifati shuncha yuqori bo‘ladi. Shu maqsadda g‘altak chulg‘amlari sodda bifilyar, ya’ni simni ikki buklab o‘rash, ikki qavatli ketma-ket – bifilyar o‘ramli (qarshiligi 100- 300 Om gacha bo‘lgan o‘lchovlarda) va parallel – bifilyar o‘ramli (yuqori Om li o‘lchovlarda) usulda yasaladi.

Download 2.65 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   144




Download 2.65 Mb.