I bob. METROLOGIYA ASOSLARI




Download 2.65 Mb.
bet4/144
Sana30.01.2022
Hajmi2.65 Mb.
#16798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144
Bog'liq
pdffox.com elektr-olchashlar kitob

I bob. METROLOGIYA ASOSLARI



    1. Metrologiyadagi asosiy ta’riflar va atamalar



Metrologiya – yunoncha so‘z bo‘lib, «metron» – o‘lchash va «logos» – mantiq, fan, ta’limot ma’nosini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi standartlarining asosiy birliklarida quyidagi ta’rif keltirilgan:
Metrologiya – o‘lchashlar, ularning birligini ta’minlash usullari va vositalari hamda kerakli, talab etilgan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan hisoblanadi.
Bu fan quyidagi masalalar bilan shug‘ullanadi:

  • o‘lchashlarning umumiy nazariyasi;

  • kattaliklar birliklari va ularning tizimlari;

  • o‘lchash usullari va vositalari;

  • o‘lchashlar aniqligini topish usullari;

  • o‘lchashlar birligi va o‘lchash vositalarining bir xilligini ta’minlash asoslari;

  • etalon yoki namunaviy o‘lchash vositalari yordamida ishchi vositalarga birliklar o‘lchamlarining uzatish usullari.

Mazkur standartga ko‘ra o‘lchash – maxsus texnik vositalar yordamida tajriba yo‘li bilan fizik kattalikning qiymatini aniqlash.
Fizik kattalikni esa quyidagicha ta’riflash mumkin:
Kattalik – sifat tomonidan ko‘pgina fizikaviy obyektlarga nisbatan umumiy bo‘lib, miqdor tomondan har bir obyekt uchun xususiy bo‘lgan xossadir.
Barcha o‘lchashlar ularni joyi va vaqtidan qat’i nazar, o‘lchash birligini ta’minlashi lozim. O‘lchash yagonaligi – qonunlashtirilgan birliklar asosida ifodalangan va o‘lchash xatoliklari belgilangan ehtimol bilan aniqlangan o‘lchash holatidir.
Fizik kattalikning asosiy xossasi uning o‘lchamligidir. Kattalikning o‘lchamligi deb, shu kattalikning tizimidagi asosiy kattaliklar bilan bog‘liqligini ko‘rsatadigan va proporsionallik koeffitsiyenti 1 ga teng bo‘lgan ifodaga aytiladi.
Fizik kattalikning birligi deb, ta’rif bo‘yicha son qiymati 1 ga teng qilib olingan kattalik tushuniladi. Ma’lum bir fizik kattalikning birliklari o‘zaro o‘lchamlari bilan farqlanishi mumkin. Misol tariqasida km/soat, m/s tezlikning birligi bo‘lib, quyidagi har xil o‘lchamga ega:

1 km/ soat =
1000 = 0, 278 m/ s
3600

O‘lchashning texnik vositasi deb, o‘lchashda qo‘llaniladigan va me’yorlangan metrologik xossaga ega bo‘lgan vositaga aytiladi. Qo‘llanishiga qarab o‘lchash vositalari turlicha bo‘ladi. O‘lchash vositalari-ga quyidagilar kirishi mumkin:



o‘lchovlar, o‘lchash asboblari, o‘lchash o‘zgartkichlari, o‘lchash qurilmalari, o‘lchash tizimlari.

Download 2.65 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144




Download 2.65 Mb.