Induktivlik va o‘zaro induktivlikning namunaviy hamda ishchi o‘lchovlari




Download 2.65 Mb.
bet8/144
Sana30.01.2022
Hajmi2.65 Mb.
#16798
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   144
Bog'liq
pdffox.com elektr-olchashlar kitob

Induktivlik va o‘zaro induktivlikning namunaviy hamda ishchi o‘lchovlari xuddi qarshilik o‘lchovlari kabi ayrim g‘altaklar ko‘rinishida yoki magazinlar ko‘rinishida yasalishi mumkin. Ularga qo‘yiladigan asosiy talablar – induktivlikning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmasligi, aktiv qarshiligining kichik bo‘lishi hamda induktivlik qiymatining undan o‘tayotgan tok qiymatiga va atrof-muhit haroratiga bog‘liq emasligidir. Shuning uchun ham chulg‘am izolyatsion materialdan (odatda, chinnidan) yasalgan karkasga o‘raladi. Induktivlik va o‘zaro induktivlik o‘lchovlarining sifati g‘altakning aslligi Q ga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi (Q =  L/R).
Induktivlik o‘lchovlari 0,0001, 0,001, 0,01, 0,1 va 1,0 Gn ga teng bo‘lgan nominal qiymatlarda ishlab chiqariladi.
O‘zaro induktivlikning namunaviy o‘lchovlari bitta umumiy karkasda joylashtirilgan ikkita chulg‘amdan iborat bo‘lib, ikkita juft qismaga ega.
O‘zgaruvchan induktivlik va o‘zaro induktivlikning namunaviy hamda ishchi o‘lchovlari sifatida variometrlar qo‘llaniladi. Variometrlar – har biri o‘zgarmas qiymatli induktivlikka ega va biri ikkinchisiga nisbatan qo‘zg‘aluvchan bo‘lgan ikkita g‘altak ko‘rinishidagi qurilmadir. O‘zgaruvchan induktivlik – g‘altaklarning to‘plami ko‘rinishida, shuningdek, induktivlik magazinlar ko‘rinishida yasalishi ham mumkin.
Induktivlik va o‘zaro induktiv g‘altaklar chastotasi 10 kGs gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tok zanjirlarida ishlatish uchun mo‘ljallangan.

Download 2.65 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   144




Download 2.65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Induktivlik va o‘zaro induktivlikning namunaviy hamda ishchi o‘lchovlari

Download 2.65 Mb.