• Elektr va magnit kattaliklar birliklarining o‘lchovlari
  • Standart namunalar va namunaviy moddalar




    Download 2.65 Mb.
    bet5/144
    Sana30.01.2022
    Hajmi2.65 Mb.
    #16798
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144
    Bog'liq
    pdffox.com elektr-olchashlar kitob

    Standart namunalar va namunaviy moddalar ham o‘lchovlar turkumiga kiradi.
    O‘lchovlar bir qiymatli (normal element, tarozi toshi va hokazo) va ko‘p qiymatli (o‘zgaruvchan qarshilik, sig‘im va hokazo) turlarga bo‘linadi.
    O‘lchovlarning bir turiga namunaviy o‘lchash vositasi kiradi. U namunaviy o‘lchash asbobi yoki o‘lchash uzatkichi ko‘rinishida tasdiqlanadi, boshqa o‘lchov vositalari u bilan qiyoslanadi.
    Fizik kattaliklarni o‘lchash uchun o‘lchash asboblaridan foydalaniladi. O‘lchash asbobi deb, o‘lchash ma’lumoti signalini kuzatuvchi uchun qulay ko‘rinishda ishlab chiqarilgan o‘lchash vositasiga aytiladi. O‘lchash asboblari prinsipiga qo‘yilgan fizik hodisalariga ko‘ra turlicha bo‘ladi.
    O‘lchash axboroti signalini uzatish, o‘zgartirish, ishlov berish va saqlash uchun qulay, lekin kuzatuvchini bevosita qabul qilishga noqulay bo‘lgan ko‘rinishda ishlab chiqarishga mo‘ljallangan o‘lchash vositasi o‘lchash o‘zgartkichi deb ataladi. Vazifasiga ko‘ra o‘lchash o‘zgartkichlari birlamchi, oraliq, uzatish va masshtab o‘zgartkichlariga bo‘linadi.
    O‘lchashlarda turli yordamchi vositalardan foydalaniladi. Ular asosiy o‘lchash vositalarining metrologik xossalariga ta’sir etadi. Тexnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalar taraqqiyoti o‘lchash- axborot sistemalariga bog‘liq. O‘lchash-axborot tizimi – ishlov berishga qulay bo‘lgan o‘lchash informatsiyasini avtomatik ravishda hosil qilishga mo‘ljallangan o‘lchash vositalari (o‘lchovlar, o‘lchash asboblari va o‘lchash o‘zgartkichlari) va yordamchi qurilmalarining bir-biriga kanallar yordamida bog‘langan tizimidir.
    Тurli sohalarda foydalaniladigan barcha o‘lchash vositalari belgilangan talablarga javob berishi kerak. Bu holat o‘lchash vositalarining bir xilligi bilan ta’minlanadi, ya’ni o‘lchash vositalari shkalasi tasdiqlangan birliklarda darajalangan va ularning metrologik xossalari me’yorlarga mos kelgan bo‘ladi.
    O‘lchash vositalari yordamida olingan o‘lchanayotgan fizik kattaliklar to‘g‘risidagi axborot o‘lchash informatsiyasi deb ataladi.



      1. Elektr va magnit kattaliklar birliklarining o‘lchovlari

    Qabul qilingan birliklar tizimiga muvofiq o‘lchashning texnik ta’minoti sifatida o‘lchovlardan foydalaniladi. Aniqligiga, ishlatilishiga ko‘ra o‘lchovlar etalon, namunaviy va ishchi o‘lchovlarga bo‘linadi.


    Fizik kattalik birligini yuqori aniqlik bilan qaytara oladigan va uni saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasi birlik etaloni deyiladi.

    Vakolat berilgan milliy organning qarori bilan u yoki bu davlat hududiga o‘lchov birligining o‘lchami sifatida e’tirof etilgan etalon davlat etaloni deb ataladi.


    Namunaviy o‘lchovlar ishchi o‘lchovlarini va o‘lchash asboblarini qiyoslash (ishonchlash) uchun ishlatiladi. Ba’zi bir o‘lchashlarda namunaviy o‘lchovlar bevosita qo‘llaniladi.
    Ishchi o‘lchovlar bir xil kattaliklardagi qator o‘lchamlarni takror ko‘rsatish uchun ko‘p hollarda ko‘p qiymatli qilib yasaladi.
    Elektr kattaliklarning o‘lchovi sifatida elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) elektr qarshiligi, induktivligi va o‘zaro induktivligi hamda sig‘im o‘lchovi qo‘llaniladi.
    Magnit kattaliklarning o‘lchovi sifatida esa magnit oqimi, magnit maydon kuchlanganligi va magnit induksiya o‘lchovlaridan foydalaniladi.
    E.yu.k.ning namunaviy va ishchi o‘lchovlari sifatida normal elementlar xizmat qiladi, u juda barqaror qiymatli e.yu.k. hosil qiluvchi galvanik elementdan iborat. Normal elementlar to‘yingan va to‘yinmagan holda yasaladi, ular bir-biridan konstruksiyasi va hosil qiluvchi e.yu.k.ning barqarorligi darajasi bilan farq qiladi. Тo‘yingan normal element (1.1- rasm) H simon idishning bitta shisha trubkasiga musbat elektrod vazifasini o‘tovchi simob (2) quyilgan. Ikkinchi trubkaning tagida manfiy elektrod (3) vazifasini o‘tovchi kadmiyning simobdagi eritmasi bor. Simob ustiga simob sulfat oksidi va kadmiy sulfat aralashmasidan iborat pasta (1) qatlami joylashtirilgan. Simob (2) sulfat oksidi depolyarizator, ya’ni qutblanish hodisasini qaytarish vazifasini o‘taydi. Idishning yuqori qismiga kadmiy sulfatning to‘yingan eritmasi (5) quyiladi. Eritmaning to‘yinishini ta’minlash uchun elektrodlar ustidan
    kadmiy sulfatning kristallari (4) joylashtirilgan. Bu tirsaklarning pastki qismini normal elementni o‘lchash zanjiriga ulash uchun plastinadan yasalgan elektrodlar kavsharlangan. Shisha idish yaxshi izolyatsiyalangan quti ichiga joylashtiriladi, unda termometr uchun teshik bor (rasmda ko‘rsatilmagan).
    Тo‘yingan normal elementning harorati 20°C bo‘lganda, e.yu.k. (1,0185 – 1,087 V oraliqda bo‘lishi va bir yil vaqt ichida 5 mkV dan o‘zgarmasligi lozim. Bu elementlar 0,0005, 0,0012, 0,002 va 0,005 aniqlik klasslari bo‘yicha ishlab chiqariladi. Тo‘yingan normal

    1.1- rasm
    elementlarning ichki qarshiligi 500 – 1000 Om ni tashkil etadi.

    Тo‘yinmagan elementlarning aniqlik klassi 0,002 dan oshmaydi, 20°C haroratdagi e.yu.k. 1,0186 – 1,0194 V oralig‘ida ichki qarshiligi 600 Om gacha bo‘ladi. Bir yil vaqt mobaynida elementning e.yu.k.i 20 mkV gacha o‘zgarishi mumkin. Тo‘yinmagan elementlarning aniqlik klassi yuqori bo‘lmasa-da, ularda

    e.yu.k.ning haroratga bog‘liqligi juda kam. Bu turdagi normal elementlar ko‘chma o‘lchash qurilmalarida ishlatiladi.


    Elementlarni silkinish, to‘ntarilish, quyosh nuri, isituvchi va boshqa qurilmalar ta’siridan saqlash lozim. Ulardan o‘tayotgan ishchi tok miqdori 1 mkA dan ortmasligi kerak. Bu kabi omillar elementning e.yu.k.ini o‘zgartirishi yoki uni ishdan chiqarishi mumkin.
    So‘nggi yillarda e.yu.k.ning ishchi o‘lchovlari sifatida o‘zgarmas kuchlanish kompensatsion mo‘tadillagichlari keng ishlatilmoqda. Bu qurilmalarda mo‘tadillovchi element sifatida kremniy stabilitron – diod qo‘llaniladi. Kompensatsion mo‘tadillagichlar 0,001% °C ga teng bo‘lgan harorat koeffitsiyenti bilan katta yuklama toklarida ham kuchlanish mo‘tadilligini ta’minlash imkonini beradi.

    Download 2.65 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144




    Download 2.65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Standart namunalar va namunaviy moddalar

    Download 2.65 Mb.