|
Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc Pdf ko'rish
|
bet | 21/67 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 394,69 Kb. | | #154681 |
Bog'liq Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarimwww.ziyouz.com kutubxonasi
21
— Yo‘l uchastkasiga eltib qo‘y, yigit, — dedi u menga. — Motor ishlamay qoldi, traktor
keltiramiz.
— Qaysi uchastkaga? — deb so‘radim. Chunki yo‘l tuzatish uchastkalari ko‘p edi, bunday
uchastkalar deyarli har o‘n besh-yigirma kilometrda bo‘lardi.
— Do‘landagi meteostantsiyaga yetmasdan bir oz berirokdagisiga.
Meteostantsiya dovonning eng baland yerida, yo‘l tuzatish uchastkasi esa yetti kilometrlar chamasi
pastda, yo‘ldan sal chetroqda, burilishda joylashgan edi.
— O‘tiring, — dedim, — olib borib qo‘yaman. Balki o‘zimiz biror ilojini toparmiz? — deb
kabinadan chiqdim. Ular traktor deb to kech kirguncha sarson bo‘lmasin uchun bir amallab yordam
bergim keldi. Yo‘l tuzatuvchilarga azbaroyi hurmatim tufayli shunday qilgim kelardi: axir ular albatta
biz uchun zahmat chekyaptilar-da.
— Nima ham qila olarding, olov olmayotibdi, — dedi shofyor ochiq turgan kapotni bekitarkan,
ma’yuslik bilan. Bechora sovuq yob, junjikib, ko‘karib ketibdi. Bu yerlik shofyorlardan emasligi
ko‘rinib turibdi, poytaxtdan kelayotgan bo‘lsa kerak. U dovdirab atrofga alanglardi. Ular uchastkaga
Frunzedan nimadir olib kelishayotgan edi. Nima qilish kerak? Miyamga bir qiziq fikr kelib qoldi.
Avval dovonga bir qarab qo‘ydim. U yoqda havoning avzoyi buzuq, bulutlar pastlab suzardi. Nihoyat
bir qarorga keldim. O‘ylagan fikrim juda zo‘r bo‘lmasa ham men uchun o‘sha paytda g‘oyat katta
revolyutsion voqea bo‘lib ko‘ringan edi.
— Tormozing joyidami? — deb so‘radim shofyordan.
— Ana xolos... tormozsiz yurib bo‘ladimi! Motor ishlamayapti deyapmiz-ku senga!..
— Trossing bormi?
— Xo‘sh, bo‘lsa-chi!
— Buyoqqa keltir, mashinamga ula.
Ikkalasi ham joylaridan jilmay, ishonqiramagandek menga tikilib turishardi.
— Nima balo, aqlingdan ozdingmi? — dedi shofyor sekingina.
Xarakterim shunaqa, bilmadim, bu yaxshimi, yomonmi. Biroq bundan qat’i nazar, miyamga bir
fikr keldimi, bo‘ldi, kuyib-yonib ketsam ham baribir uni amalga oshirmaguncha qo‘ymayman.
Men shofyorga yalinib-yolvora boshladim.
— Jon do‘stim, kel, ulay qolaylik? Xudo ursin, yetkazib qo‘yaman.
— Qo‘ysang-chi! — deb qo‘l siltadi u. — Nima, bu yerda shatakka olish mumkin emasligini
bilmaysanmi. Buni o‘ylamay ham qo‘ya qol. Bor, yo‘qol, yo‘lingdan qol-ma!..
U go‘yo eng muhim va eng katta iltimosimni rad qilgandek, shunaqayam alam qildiki menga.
— Eh, eshshak, qo‘rqoq! — deb mashinamga qarab yurdim. — Qani, yuring, ketdik! — deb
chaqirdim mo‘ylovli kishini. Keyinroq bilsam, u yo‘l tuzatadigan ustalardan ekan.
— Tura tur! — deb to‘xtatdi meni yo‘l tuzatuvchi va yuzimga bir tikildi-da, shofyorga qarab:
— Trossni keltir, — dedi. U kalovlab qolib:
— O‘zingiz javob berasiz, — dedi yo‘l tuzatuvchi-ga. — Mashina sizning ixtiyoringizda, Boytemir
aka.
— Hammamiz javobgarmiz! — dedi u qisqa qilib. Menga bu gap yoqib qoldi. Bunday kishilarga
tezda hurmating ortadi.
Biz haligi mashinani shatakka olib yo‘lga tushdik. Dastlab durustgina yurib boraverdik. So‘ngra
Do‘langa yaqinlashaverganimiz sari yo‘l ham tobora yuqoriga — toqqa tomon ko‘tarilib, goh
yonbag‘irlar bo‘ylab, goh tik qiyalik bo‘ylab pastlab borardi. Yurish qiyinlashdi. Motor ingrab, quloq
ostida faqat guvillagan ovozgina eshitilardi. Yo‘q, qanchalik nolish qilib ingrama, baribir bor
quvvatingni ishga solaman. Do‘landa yurish qanchalik mushkul bo‘lmasin, baribir mashinalarda ozmi-
ko‘pmi ortiqcha quvvat saqlanib qolishini ilgaridan payqab yurardim. Yo‘lning yomonligini nazarga
olib, hamma vaqt normadagi yukning yetmish foyizini yuklashar edi. Ko‘rsatma shunday edi. Lekin
o‘sha payt men bu haqda o‘ylamagandim, albatta. O‘ylab o‘tirishning vaqti ham emasdi-da. Kurash
Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa)
|
| |