Microsoft Word Kon uskunalarini taˇmirlash Kompleks 1 Q




Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
Sana05.03.2024
Hajmi0.73 Mb.
#167307
Bog'liq
01. Ta\'mirlash M 01 KM texnik holati




KIRISH 
Konchilik mashinalarini boshqa xususiyatlari bilan birga ishlov berishga qulay 
va ta’mirga yaroqli ko’rsatkichlari uning sifat ko’rsatkichi va mashina 
konstruktsiyasi 
takomillashish 
darajasini 
belgilaydi, 
loyihalashtirishda 
joylashtirilgan, ishlab chiqarishda erishilgan va ishlatish jarayonida tadbiq etilgan 
aniq sharoitlarda konchilik mashinalarini asosiy funktsional tayinlanishiga muvofiq 
ishlatishni o’z ichiga oladi. Samaradorlik ko’rsatkichini konchilik ishlab 
chiqarishida bir xil sharoitlarda foydali qazilmalarni qazib chiqarishda texnologik 
jarayonlarni mexanizatsiyalash vositalari belgilaydi. Turli tuman va nomo’tadil kon 
sharoitlarida foydali qazilmalarni qazish konchilik ishlab chiqarish texnologiyasida 
shart qilib qo’yilgan, shunday ekan mexanizatsiyaning texnologik jarayonlari turli 
vositalariga bo’lgan ehtiyoj konchilik mashinasozlik zavodlarining asosiy mahsuloti 
hisoblanadi. 
Konchilik texnikalarini seriyali ishlab chiqarish davrida eng ko’p samara olish 
uchun boshqa uskuna va maxsus tayyorlangan moslamalarni ammortizatsiya 
muddati kelishilgan bo’lishi kerak, ishlab chiqarilayotgan kon mashinalarining 
jismoniy uzoqqa chidamliligi tabiiy qarishidan muddatidan oshmasligi kerak.
Konchilik mashinalari parki yashash muddati bir xil o’lchamdagi turli xil 
mashinalarni ishlab chiqarishda boshidan oxirigacha bo’lgan davrdagi vaqt (10-50 
yil) davomida o’zgaradi, mashinasozlik konchilik zavodlari shunday rivojlanish 
darajasi yetishi kerakki, ularni belgilangan muddatlarda samara bilan ishlashi 
qobiliyatiga ega bo’lgan konchilik mashinalarini tayyorlashi kerak bo’ladi. 
Talaba konchilik elektromexanik mashinasozlik texnologiyasini asoslarini va 
konchilik mashinalarini ta’mirlash bilan o’zaro bog’liq jarayonlarni yaxshi bilishi 
zarur: texnologik jarayonlarni yaxshi loyihalay olishi, yuqori sifatli ilg’or kon 
texnikalarini yaratishni ta’minlashi, uni resurslarini saqlash va qayta tiklashda 
imkoni boricha material va mehnat resurslaridan foydalanishda eng kam solishtirma 
xarajatlarini ta’minlashi zarur. 
Yuqorida keltirilganlarga muvofiq Ma’ruzalar to’plami jarayonlar, kapital 
ta’mirlash, shuningdek sifat darajasini oshirish yo’llari va baholash metodikasi
konchilik texnikalarini ishlov berishga qulayligi va ta’mirga yaroqliligidan iborat; 
diagnostika vositalarini qo’llashda konchilik texnikalarini ta’mirlash va texnik 
xizmat ko’rsatishda manbaning nobud bo’lishi va eskirishi, ta’mirlash bazasi 
xususiyatlariga doir savollar ifodalangan. 
Har bir bo’limda ilmiy-texnika taraqqiyot yo’nalishlarini hisobga olgan holda 
konchilik mashinalarini ta’mirlash va ularni tayyorlash texnologiyasini 
rivojlantirishning istiqbollari ko’rsatilgan. 
Ushbu to’plam talabalarning o’quv materiali bilishini hisobga olgan holda 
texnologik fanlar “Materialshunoslik va konstruktsion materillar texnologiyasi”, 
“O’zaro almashinish, standartizatsiya va konchilik mashinalarini sifatli boshqarish” 
va “Konchilik mashinasozligi”, shuningdek umumiy muhandislik va maxsus fanlar 
iborat tuzilgan. 



1-MA’RUZA 
KONCHILIK MASHINALARINI TEXNIK HOLATI VA ULARNI 
O’ZGARISHINI SABABLARI 
Reja 
1. Konchilik mashinalarini ishlatish (ekspluatatsiya) xossalari. 
2. Konchilik mashinalarini texnik holatini o’zgartirishga ta’sir qiluvchi faktorlar. 
1. Konchilik mashinalarini ishlatish (ekspluatatsiya) qilish xususiyatlari 
Konchilik mashinalarini ishlatish vaqtida imkoniyatdan kelib chiqib va ulardan 
turli sharoitlarda foydalanishda ularni baholash zarurati tug’iladi. Bunday bahoni 
o’zida xolisona xususiyatlarni ifodalovchi mashinalar, ularni yaratishdagi paydo 
bo’ladigan, ekspluatatsiya qilish, ularni sinash, texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash 
va boshqalarda ishlatish (ekspluatatsiya) xossalari yordamida berish mumkin.
Mashina xossalarini barchasi, tayinlanishiga muvofiq, muayyan talablarga mos 
kelgan holda qondirish ularni sifatini belgilaydi. Bir yoki bir nechta mashinaga 
miqdoriy tavsif berishda, ko’rilayotgan muayyan sharoitlarga moslashgan holda 
ularni yaratilishi va ularni ishlatish sifat ko’rsatkichi deyiladi. 
Hozirgi kunda, mashina sifat ko’rsatkichlarining quyidagi asosiy guruhlari 
belgilangan: belgilangan vazifani bajarish, ishonchlilik, ergonomik, estetik, ishlov 
berishga qulayligi, transportda tashishga mosligi, standartlashtirish va bir 
xillashtirish (unifikatsiya), patent huquqli, ekologik, xavfsiz, iqtisodiy. 
Belgilangan vazifalarni bajarilishi ko’rsatkichi mashina xususiyatlarini 
tavsiflaydi, asosiy funktsiyalarini aniqlash, ular nimalarni bajarish uchun 
mo’ljallangani va qaysi joyda ulardan foydalanish shartligini belgilaydi. 
Ishonchlilik ko’rsatkichi to’xtamasdan ishlash, ko’p chidashi, ta’mirlashga 
yaroqlilik va saqlanuvchanlik kabi xususiyatlarni o’z ichiga oladi. 
Ergonomik ko’rsatkich “inson - mashina” tizimini ifodalab beradi va mashinani 
boshqarish jarayonida hosil bo’ladigan gigiena, antrometrik, fiziologik va 
psixologik inson xususiyatlari majmuini hisobga oladi. 
Estetik 
ko’rsatkichlar 
informatsion 
ifodali, 
ratsional 
shakllar, 
kompozitsiyaning butunligi va mashinaning mukammal bajarishi. 
Ishlov berishga qulaylik (texnologik) ko’rsatkichi mashina ularni tayyorlash va 
ularni ekspluatatsiya qilishga muvofiqligini ifodalaydi. 
Transportda tashishga mosligi ko’rsatkichi mashinalarni transportirovka 
qilishga moslashganligi ko’rsatadi. 
Standartlashtirish 
va 
bir 
xillashtirish 
(unifikatsiya) 
ko’rsatgichi 
mashinalarning standart, unifikatsiya va original (asl) qismlar bilan to’yinganligi, 
boshqa mashinalarga nisbatan unifikatsiya miqdorini ifodalaydi. 
Patent huquqli ko’rsatkich mashinalar uchun qo’llaniladigan, ularni patentini 
himoyalovchi, xorijda va hamdo’stlik davlatlarida mashinani sotishga oid texnik 
qarorlarni yangilanganlik darajasi belgilab beradi. 
Ekologik ko’rsatkich mashinani ishlatishda atrof muhitga zararli ta’sirlar 
darajasini kamaytirishni shart qilib qo’yadi. 



Xavfsizlik ko’rsatkichi mashinaga xizmat ko’rsatuvchi xodimning xavfsizligini 
ta’minlash xususiyatlarini aniqlab beradi. 
Iqtisodiy ko’rsatkichi mashinani ishlab chiqish, tayyorlash va uni ishlatish 
xarajatlarini aniqlab beradi. 
Konchilik mashinalarini ishlatish xususiyatlari vaqt birligi va sifatli ishlatish 
darajasida bajarilgan ish hajmini aniqlash bilan ifodalanadi. Turli konchilik 
mashinalari bilan bajarilgan ishlar hajmi ularni funktsional mezonlari bilan 
aniqlanadi, (1) shaklda hisoblangan va tayinlanishiga muvofiq mashinalar o’z 
vazifalari bajarganda solishtirma energiya yig’uvchanlik ishlatish unumdorligini 
ishlab chiqishni o’zida ifoda etish (kon massivining vayron bo’lishi, transportirovka 
qilish, qotirish va boshq.) ma’lum bir vaqt davomida ishonchlilik ko’rsatgichi 
majmuiga ko’ra ekspluatatsiyaga tayyorligini ko’rsatadi.
Yuqorida ko’rsatilgan guruhlarda mashina sifat ko’rsatkichi uni ekspluatatsiya 
qilishda ishonchli ekanligi bilan juda ham qalin bog’langan.
“Mashinani ishonchliligi” tushunchasi uning holati bilan juda ham bog’langan. 
Konchilik mashinasi ishlatish jarayonida quyidagi holatlardan birida bo’lishi 
mumkin: ishga yaroqli va ishga yaroqsiz, ishga yaroqli va buzuq. 
Ishlay oladigan holat – mashina holati, unda barcha parametrlar ifodalovchi 
imkoniyatlari asosida topshirilgan funktsiyalarni bajarish, me’yoriy-texnik 
talablarga va (yoki) konstruktorlik hujjatlariga mos keladi. Ana shu berilgan 
parametrlardan birtasi ko’rsatilgan talablarga mos kelmasa unda mashina ishga 
yaroqli holatda bo’ladi. Ancha to’liq mashinani holatini xarakterlash tushunchasi 
“tuzuq” yoki “buzuq” holatda bo’ladi. Agar mashina ishga yaroqli holatda faqat 
o’sha normal faoliyat ko’rsatishni ta’minlashdagi talablarni qondirsa, mashina ishga 
yaroqli holatda esa me’yoriy-texnik hujjatlardagi barcha talablarga muvofiq ishlashi 
zarur. Mashinaning tashqi buyog’ida kamchilik bo’lsa u ishga yaroqsiz bo’ladi, 
bunda u tashqi ko’rinish talablarini qondirmagan hisoblanadi. Shu bilan birga bu 
holat mashinani mo’tadil faoliyat ko’rsatishiga xalaqit bermaydi va u ishga layoqatli 
holatda bo’ladi. 
Mashinaning bir holatdan boshqasiga o’tishi odatda shikastlanishi yoki 
ishlamay qolishi(buzilishi)tufayli sodir bo’ladi. Agar mashina ishga layoqatli 
holatdan nosoz holatga o’tsa bu holat buzilish deyiladi; agar mashina mehnatga 
layoqatsiz holatga o’tsa, bu holat ishlamay qolish (otkaz) deyiladi. 
To’satdan ishlamay qolish mashina elementlarining to’yinish yuklamasi keskin 
o’zgarish natijasida kelib chiqadi. Bu holat ko’pincha og’ir sharoitlarda ishlayotgan 
mashinani ishlatishda undan foydalanish qoidalari va ish tartibini buzilishi natijasida 
sodir bo’ladi. 
Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mir sifatining pastligi, texnologik va ishlab 
chiqarish nuqsonlarini hali aniqlanmaganligi, detal materiallarini texnik shartlarga 
mos emasligi, eskirish va toliqishi jarayonlari ham to’satdan ishlamay qolishni kelib 
chiqishida asosiy rol uynaydi. 
Asta-sekin ishlamay qolishlar eskirish natijasida va toliqish tufayli buzilishlarni 
to’planishidan kelib chiqadi. Ular ishlatish davomiyligiga bog’liq bo’lib, ularga o’z 
vaqtida texnik xizmat ko’rsatishni o’tkazish va ta’mirlash haqida ogohlantirish 
berish mumkin. 



Bundan tashqari, ishlamay qolishlar bog’liq va bog’liq bo’lmagan, konstruktiv 
va ishlab chiqarish, ekspluatatsiya qilish kabilar bo’lishi mumkin. 
Ishonchlilik - mashina belgilangan chegaragacha uni qo’llash sharoitida va 
topshirilgan tartibda talab qilingan funktsiyalarni bajarish xususiyatini ifodalovchi, 
texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash, saqlanishi va transportirovka qilish barcha 
parametrlarini xususiyatini o’zida saqlaydi. 
Buzilmasdan ishlash - bu xossa bir muncha ishlash muddati yoki bir muncha 
vaqtgachaga mashina o’zida ishga layoqatlilikni to’xtovsiz saqlashdan iborat.
Uzoqqa (ko’pga) chidamlilik - xossasi ta’mirlash va belgilangan tizimda unga 
texnik xizmat ko’rsatishda oxirgi holatni boshlanishiga qadar ishga layoqatlilik 
holatini saqlash. 
Mashinalar holati, maqsadga muvofiq bo’lmagan yoki ishlashga yaroqlilik 
holatini imkoni yo’q yoki tuzatilgan qayta tiklash maqsadga muvofiq bo’lmagan 
yoki kelgusida undan foydalanishning imkoni yo’q holat oxirgi hisoblanadi. Oxirgi 
holatning belgilari mashina meyoriy-texnik va (yoki) konstruktorlik hujjatlariga 
asosan belgilanadi. 
Mashinaning uzoq vaqt xizmat qilishi fizik, iqtisodiy va axloqiy bo’lishi 
mumkin. 
Ta’mirga yaroqlilik - mashina xossasi, o’z ichiga ta’mirlash va texnik xizmat 
ko’rsatish yo’li bilan ishga yaroqlilik holatini qayta tiklash va buzilish va saqlash, 
ishlamay qolishlarni sodir bo’lish sabablariga duch kelish va ogohlantirishga 
moslashganlikdan iborat. 
Saqlanuvchanlik - xossasi mashinani transportirovka qilish va (yoki) ta’mirga 
yaroqlilik saqlashdan keyin va davomida uzoqqa chidamliligini va buzilmasdan 
ishlash ko’rsatkichlari ahamiyatini saqlab qolishdan iborat. 
Mashinani ishlatish natijasida uning texnik holati va ishlatish xususiyatlari 
yomonlashadi, bu funktsional ishlar hajmini kamaytirishga olib keladi. Ko’pincha 
bu detallarning eskirish natijasida hosil bo’ladi. SHuning uchun undan maksimal 
foydalanish, konchilik mashinalarini ishlatish xususiyatlarini qayta tiklash va 
saqlash- ishlatishning muhim vazifasi hisoblanadi. Konchilik mashinalarini ishlatish 
xususiyatlaridan maksimal foydalanish ularni maqbul tartiblarda ishlatish natijasida 
erishiladi. Ishlatish xususiyatini saqlab qolishda texnik xizmat ko’rsatish to’g’ri 
tashkil etilishi va ortiqcha yuklarsiz konchilik mashinalarini o’zini ishlatishga 
erishish natijasida amalga oshadi. Konchilik mashinalarini ishlatish xususiyatlarini 
qayta tiklash ta’mirlashni tadbirlarni amalga oshirish natijasi bilan erishiladi. 
2. Konchilik mashinalarini texnik holatini o’zgarishiga 
ta’sir ko’rsatuvchi omillar 
Ishga tushirilayotgan yangi yoki ta’mirdan chiqqan mashina optimal darajada 
ishlashga layoqatli holatda bo’ladi, ma’lum vaqtgacha mehnat unumdorligi 
ta’minlanadi, ishlatish sifati belgilangan sathda saqlanib qolinadi. Ishlatish 
jarayonida konchilik mashinalari atrof muhit bilan o’zaro harakat qiladi, uning 
elementlari esa o’zaro. Buni detallar yuklanishida, ularning o’zaro joylashuvi, 
ishqalanishi, qizishi, kimyoviy o’zgarishlar, konstruktiv parametrlar (o’lcham, 


10 
detallarning o’zaro joylashishi) va ish jarayonida fizik miqdorning o’zgarishi 
holatlarida kuzatiladi. 
SHunday qilib, mashinalar ishlashida uning mexanizmlari va agregatlarida 
murakkab fizik va kimyoviy holatlar sodir bo’ladi. Ana shu holatlarning ayrimlari 
(masalan, tormoz va muftada friktsion ishqalanish kuchi ta’siri va boshq.) foydali 
ishlarni bajarish uchun zarur, boshqalari (podshipnikdagi sirpanishda ishqalanish 
kuchi ta’sir) zararli hisoblanadi. 
Turli zararli faktorlar ta’sirida foydali ish jarayonlariga sarflanadigan energiya 
ulushi pasayadi, mashinaning texnik holati yomonlanishi sodir bo’ladi. 
Texnik holat – texnik hujjatlarda belgilangan, ma’lum lahzada vaqt belgilarini 
ifodalovchi, mashinalarni ishlatish xususiyatlari yoki ishlab chiqarish jarayonida 
o’zgarishlarga duchor bo’lishlar yig’indisiga aytiladi. 
Mashina ishlab turganda ish jarayonlari davrida mashinaga oqib o’tadi, zararli 
esa - barcha vaqt davrida mavjudligi.
Jarayonlarda, konchilik mashinalarini ochiq ishlab chiqish ishlatishda oqib 
o’tishiga(protekayushie) xususan iqlimiy faktorlar katta ta’sir ko’rsatadi. SHunday 
qilib, past harorat esa sovuqqa chidamsiz po’latda zarbiy qovushqoqlikning keskin 
pasayishi, moylash materiallarini sovushiga olib keladi. 
Zarbiy qovushqoqlikning po’latda pasayishi o’z navbatida, past haroratli 
mo’rtlik, yoki sovuq sinuvchanlikni chaqiradi, elementlardagi zarbli yuklashlarda va 
kontsentratli kuchlanishda uni o’ta sezuvchan qiladi.
Ana shuning natijasida qishki paytda mashina elementlarida sinishlar soni 
po’latning sovuqqa chidamsizligi tufayli oshadi. 
Texnik suyuqlik va surkov moylarining sovushi natijasida ularning 
yopishqoqligi oshadi va suyuq oquvchanchiligi kamayadi, uzatuvchi quvurlarga 
yoki moylash nuqtalariga texnik suyuqlik va moyning qiyin oqib tushishiga olib 
keladi.
Surkash materiallaridagi namning sovuqda qotishi natijasida ishqalanish 
bug’ining ishini yomonlashtiradi, sirtda tutashmaning eskirishi yanada oshadi. 
Havoning yuqori harorati plastmassadan bo’lgan detallarga noqulay ta’sir 
ko’rsatadi, elektrli izolyatsiya, cho’lg’am, issiqlik eskirishini chaqiradi, shuningdek 
moyning yopishuvchanligini kamaytiradi, ishqalanish bug’i holati yomonlashadi. 
Quyoshli radiatsiyasi tabiiy eskirish jarayonini tezlashtiradi, rezina, elektrli 
mashinalarini cho’lg’am izolyatsiyasiga, mashinaga ta’sir ko’rsatadi. 
Materiallar yanada sinuvchan bo’lib qoladi, ularda yoriqlar paydo bo’ladi, 
mexanik pishiqligi, elektr izolyatsiya qarshiligi pasayadi. 
Namlikni mavjudligi havoda namlik 70 % dan yuqori bo’lsa metall atmosfera 
korroziyasini chaqiradi, oksidlarning plenkasi (parda) hosil bo’lishi esa mexanik 
eskirishi (korroziyali-mexanik eskirishi kelib chiqadi) jarayoni jadallashadi. Nam 
polimer materiallarni qarishi jarayonini tezlashtiradi, elektr izolyatsiya 
mustahkamligini pasaytiradi. Namga chidamsiz konsistent surkovlarga tushib ular 
bilan emultsiya hosil qiladi, bu surkash xususiyatlarini kamaytiradi. SHu bilan birga 
namlikni suyuq moyga tushishiga olib keladi. 


11 
Ayrim konchilik mashinalari ko’mirni o’z-o’zidan yonganda ajralib chiqadigan 
gaz ta’sirida ishlaydi. Gazlar mashinaning elektr elementlarini korroziyali 
eskirishini va polimer materiallarning qarishi jarayonini tezlashtiradi. 
Quruq havoda yumshoq va sochiluvchan jinslarning chayqalishi va ularni 
ishlab chiqish vaqtida, shamol ta’sirida, shuningdek qumli bo’ron oqibatida havoda 
yuqori changlanish kelib chiqadi. 
CHang surkovchi sistemalarga o’tiradi, surkovni ifloslantiradi. Uning qattiq 
qismchalari surkov bilan ishqalangan sirtga tushib uni tirnab yuboradi va mexanik 
(abraziv) eskirishga olib keladi. Elektr mashinalari cho’lg’amiga changning 
yog’ilishi cho’lg’amga issiqlik berilishini yomonlashtiradi, ortiqcha qizishni 
chaqiradi. Yuqori miqdordagi ko’mir va tok o’tkazuvchi ruda fraktsiyalaridan iborat 
bo’lgan chang yalang’och tok uzatuvchi elementlarga cho’kadi va u qisqa tutashuvni 
yoki tokni sizib yo’qolishini chaqirishi mumkin.
Mashina elementlariga biologik muhit zararli ta’sir qiladi: mog’or, 
mikroorganizmlar va hasharotlar. Nam klimatli tropik va subtropik sharoitlarda ular 
yanada faol harakat qilishadi. SHunday qilib, mog’or (turli zamburug’lar) tekstil 
materiallar, kanopli arqonlar, daraxt, teri, rezina, lak, platmass to’ldirgichlarni 
mexanik va elektr xususiyatlarini pasaytiradi. 
SHaxtada ishlovchi konchilik mashinalari va mexanizmlari shaxta suvlari, 
chang va haroratga duchor bo’ladi. Tarkibida kislota va ishqor bo’lgan shaxta suvi 
ishdan chiqishga olib keladi. Kon havosida hosil bo’lgan ko’mir va jins changlari 
surkovga tushsa sirt ishqalanishini eskirish jarayonini tezlashtiradi. 
Ishqalangan detallarning molekulyar o’zaroharakati zararli jarayon bo’lib, u 
sirt tutashmasini qota boshlashini keltirib chiqaruvchi, tirnalgan va so’nggi 
ishqalanib moslanish holatidagi eskirishni chaqiradi.
Ishlatish xarakteri faktorlari mashinalarda zararli jarayonlariga taalluqli 
o’tayuklanish, yuklama ta’siriga taalluqli bo’lib, mexanik eskirish natijasida detal 
elementlarini mustahkamlanishini kuchsizlanishi, siklik, hisoblanganlikni oshiradi. 
Zararli jarayonlar mashina detallari va yig’ma birliklarini konstruktiv 
nomukammalligi oqibatida kelib chiqishi mumkin. Ko’p hollarda bu loyihalashda 
yo’l qo’yilgan xato, materialni noto’g’ri tanlanishi, o’lchami, ruxsat etilganlik, 
termik ishlov berish usullari natijasi sodir bo’ladi. Mashinaning dastlabki 
xususiyatlari sur’atini o’zgarishi aniq boshqarishga, shuningdek kimyoviy ta’sirlar, 
issiqlik, uzoq mexanik jarayonlar keltirib chiqaruvchi detallar sirt qatlamidagi 
tizimli o’zgarishlar, yig’ma birliklar va detallarning xizmat muddatining teng 
mustahkam va o’zaro bog’liqlikligiga ta’sir ko’rsatadi. 
Mashinani montaj qilish va yig’ishda, detallarga texnik ishlov berishdagi 
buzilishlar, detallarni materiallarini noto’g’ri almashtirilishi kabilar zararli 
jarayonlarni paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. 
Zararli jarayonlarni oqimini tezligi tezoquvchi, o’rta tezlik va sekinga 
bo’linadi.
Tez oquvchiga yig’ma birliklar tebranishiga taallluqli bo’lib (davomiyligi 
sekundiga yuz) harakatlanuvchi birikmada ishqalanish kuchini o’zgarishi, ish 
yuklamasining ishchi tebranish yuklanish va boshq., yig’ma birliklar va detallarni 
o’zaro holatiga ta’sir ko’rsatadi. O’rta tezlik jarayonida atrof muhit harorati ta’sirida, 


12 
havo namligi va boshqa faktorlar mashinaga oqishi kiradi, uning davomiyligi minut 
va soat miqdorida o’lchanadi. Sekin jarayonda detallarni eskirishi, metall 
charchashi, korroziya va boshqalar kiradi. Mashinani ishga yaroqliligi yo’qotilishi 
holati ko’rib chiqilganda mashina holatiga ish jarayonlarini ta’sirini hisobga olish 
kerak ya’ni chiquvchi parametrlar (to’g’ri aloqa), xuddi mashina holatidagilek 
undagi sodir bo’lgan jarayonlar kabi (teskari aloqa). 

Download 0.73 Mb.




Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word Kon uskunalarini taˇmirlash Kompleks 1 Q

Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish