2-amaliy
Kompyuter tizimlari. Kompyuter tizimlariniug texnik, dasturiy, lingvistik
ta'minoti va ularni ishlash texnologiyalari
Ishning maqsadi:
Axborot texnologiyalarida texnik va dasturiy ta’minoti
Topshiriqlar
1. Texnik va dasturiy taminot haqida ma’lumot toplash va taqqoslash (MS Word Jadval
ko`rinishida).
2. Operatsion tizimlar haqida ma’lumot va ularni taqqoslash (MS Word Jadval ko`rinishida).
3. Amaliy dasturlar paketi haqida ma’lumot va ularni taqqoslash (MS Word Jadval
ko`rinishida).
4. Instrumental dasturlar haqida ma’lumot va ularni taqqoslash (MS Word Jadval
ko`rinishida).
Nazariy qism
Axborot texnologiyalari
maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir.
Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot
texnologiyalari sohasida turli axborotni kompyuter tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash,
himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi.
Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash-tashkiliy texnikadan
tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo’llaniladi.
Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan
bo'lsa-da, xozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, sivili-
zatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch
energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan
ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi
o'rinni egallamoqda.
Axborot texnologiyalarining xozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson
faoliyatining barcha soxalarini axborotlashtirish zarurligini ko’rsatmoqda. Jamiyatni axborot-
lashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan - texnika taraqqiyotini,
jamiyatni
demokratlashtirish
va
intellektuallashtirish
jarayonlarini
jadallashtirishni
ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.
Axborot texnologiyalari kompyuter texnologiyalari va boshqa yuqori texnologiyalar,
zamonaviy aloqa vosita-lari, dasturiy ta'minot va amaliy tajriba sohasidagi zamonaviy
yutuqlarga asoslangan va oqilona foydalanishga, xarajatlarni kamaytirish uchun axborot
jarayonini samarali tashkil etish muammolarini hal qilishga chaqiriladi
Zamonaviy Axborot texnologiyalarining asosiy xususiyatlari
-Raqamli ma'lumot almashish algoritmlari standartlarining tizimliligi.
-Kompyuterlarni saqlashdan keng foydalanish va kerakli shaklda ma'lumotlarni taqdim
etish
-Raqamli texnologiyalar orqali ma'lumotni deyarli cheksiz masofada uzatish
Asosiy vositalar
Axborot texnologiyalari axborotni boshqarish uchun zarur bo'lgan barcha resurslarni,
ayniqsa, axborotni yaratish, saqlash, boshqarish, uzatish va olish uchun zarur bo'lgan
kompyuterlar, dasturiy ta'minot va tarmoqlarni o'z ichiga oladi
Axborot texnologiyalarini quyidagicha guruhlash mumkin
Texnik vositalar
Aloqa vositalari
Tashkiliy va uslubiy ta'minot va Standartlashtirish
Axborot texnologiya quyidagi ikki qismning birligi sifatida qaraladi:
texnik
va
dasturiy
vositalar.
Texnik vositalar
– kompyuterning qurilmalaridir. Ingliz tilida bu qism Hardware deb
ataladi va "qattiq mahsulotlar” deb tarjima qilinadi. Bu qismga, masalan, protsessor, vinchester,
monitor, klaviatura disk yurituvchi, printerlarni misol qilish mumkin.
Dasturiy vositalar
– kompyuter tomonidan ishlatiladigan barcha dasturlar to’plamidir.
Ingliz tilida bu qism Software deb ataladi va "yumshoq mahsulotlar” deb tarjima qilinadi. Bu so'z
dasturiy ta’minot bilan kompyuterlarning mutanosibligini, dasturlarning takomillashishi,
rivojlanishi va moslashuvchanligini ifodalaydi.
Dasturiy taʼminot
yoki Software - bu komputerda maʼlum bir turdagi vazifani bajarish
uchun ishlab chiqilgan vositadir. Bu hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta
ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni yig‘indisi
tushuniladi.
Aynan shu dasturiy taʼminotgina kompyuter — „quruq temir“ degan atamani yoʻqqa
chiqargan. Dasturiy vositalar komputer tomonidan qo’llaniladigan barcha dasturlar toʻplamidir.
Ingiliz tilida bu atama software yaʼni „soft“ — yumshoq, „ware“ — „mahsulot“ degan maʼnoni
bildiradi.
Dasturiy taʼminot 3 guruhga boʻlinadi:
1-Sistema dasturlari (unga turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar kiradi: Task
Manager (Windows OSda mavjut)),
2-Amaliy (unga foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida maʼlumotlarga ishlov
berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi dasturlar, masalan :
Microsoft Office
,
Adobe CC
),
3-Uskunaviy dasturlar (bular dasturlassdir).
Dasturiy ta’minotning darajali tuzilishi.
a
)
Dasturiy ta’minotning bazaviy darajasi
.
U bazaviy apparat vositalari bilan o’zaro
aloqani ta’minlashga javob beradi. bazaviy dasturlar doimiy xotira qurilmasida saqlanadi.
b)
Tizimli darajadagi dasturiy ta’minot
.
bu darajada ishlovchi dasturlar, kompyuter
tizimida ishlovchi o’zga dasturlarni bazaviy darajadagi dasturlar va bevosita apparat ta’minoti
bilan o’zaroaloqasini ta’minlash vazifasini bajaradi. Tizimli darajadagi dasturiy ta’minotlar
to’plami kompyuterning operatsion tizimi yadrosini tashkil qiladi.
c
)
Servisli (xizmat) darajadagi dasturiy ta’minot
. tizimli dasturlar funksiyalarini
kengaytirishda yoki va yaxshilashda qo’llaniladi.
d)
Amaliy darajadagi dasturiy ta’minot
. aniq bir vazifani bajaruvchi amaliy
dasturlar majmuini mujassamlashtiradi.
Lingvistik dasturiy ta’minot
(inglizchadan
lingware
=
ling
uistic + soft
ware
) — tabiiy
tilda audio ma’lumotlar, chizmalar (OCR) va matnlarni tahlil qilish, qayta ishlash, saqlash va
qidirishni ta’minlaydigan kompyuter dasturlari va ma’lumotlari.
Lingvistik dasturiy ta’minotning quyidagi turlarini ajratish mumkin:
1.
Tabiiy tilda matnni qayta ishlash:
o
Elektron lugʻatlar:
Vikilugʻat
, Multitran, GoldenDict, Stardict, dict, ForceMem,
ABBYY Lingvo va boshqalar.
o
Orto-tuzatuvchilar yoki imlo tekshirgichlar: Orfo,
MS Word
, ispell, aspell, myspell va
boshqalar.
o
Qidiruv tizimlari.
o
Mashina tarjimasi tizimlari: PROMT, Sokrat, Apertium va boshqalar.
o
Kompyuter yordamida tarjima qilish tizimlari, shu jumladan tarjima xotirasini
boshqarish dasturlari — OmegaT, STAR Transit NXT, Trados, MetaTexis, Déjà Vu
va boshqalar.
2.
OCR belgilarni aniqlash tizimlari: Finereader, CuneiForm, Tesseract, OCRopus.
3.
Nutq tizimlari:
-
Nutqni tahlil qilish tizimlari: Dragon, IBM ovozli.
-
Nutq sintezi tizimlari: Agathon.
-
Ovozli tarjima tizimlari (tanib olish va sintez): Speereo.
Amaliy dasturlar paket (ADP) lari odatda maxsus tizimlar asosida quriladi va u bundan keyin
ham aniq yo‘nalishlarda rivojlanadi. Ular hisoblash vositalarining dasturli ta’minlanishida alohida
yetkazib 8 beriladi, o‘zining hujjatlariga ega va operatsion tizimlarning tarkibiga kirmaydi.
Ko‘pgina paketlar integrasiyaning shaxsiy vositalariga ega. Amaliy dastur ta’minot (application
software) – bu foydalanuvchilar vazifalarini bajarishga mo‘ljallangan va do‘stona foydalanuvchi
interfeysiga ega bo‘lgan dasturiy ta’minotdir. Amaliy dasturiy ta’minot kompyuterning apparat
ta’minoti bilan bevosita o‘zaro aloqa qilmaydi. Masalan, bunga matn prosessorni, grafik
muharirlari, elektron jadvallar, buxgalteriya dasturlari kabi foydalanuvchi topshiriqlarini
kirituvchilarni keltirish mumkin.
Amaliy dasturlar paketi. Aniq sinfga oid masalalarni yechishga oid o‘zaro bog’langan dasturlar
majmui.
1) Muammoli - yo‘naltirilgan. Boshqarish funksiyalarida, strukturalashgan berilganlar va qayta
ishlash algoritmlari kabi muammoli sohalarda qo‘llaniladi.
2) Loyihalashni avtomatlashtirish. Chizma, sxema, diagrammalarni ishlab chiquvchi
konstruktorlar va texnologlarlarning ishlarida qo‘llaniladi.
3) Umum yo‘naltirilgan. Matn muharrirlari va jadval prosessorlari, grafik muharrirlar,
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari kabi kompyuter texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi
tizimlar.
4) Ofisli. Ofisning tashkiliy faoliyatini boshqarishni ta’minlaydi. U o‘zida organayzerlar (yozuv va
telefon kitoblari, kalendarlar, taqdimotlar)ni, tarjimonlarni, matnni anglash kabi vositalarni
mujassamlashtiradi.
5) Stol usti nashriyot tizimlari - funksional jihatidan birmuncha kuchli bo‘lgan matn prosessorlari.
6) Su’niy intellekt tizimlari. U o‘zida tabiiy tilda muloqat qilishni qo‘llab quvvatlovchilarni; turli
xil vaziyatlarda foydalanuvchilarga tavsiyalar bera oladigan ekspert tizimlarini; dasturlashtirishsiz
amaliy masalalarni yechuvchi intellektual amaliy dasturlar paketlarini qamrab oladi.
Kompyuterdan foydalanuvchilar o‘z masalalarini to‘liq hal qilishlari uchun kompyuterdan
ko‘proq imkoniyat talab qiladilar va bu muammoni hal qilish uchun, odatda, turli dasturlar yoki
ularning majmuasidan foydalanadilar. Har qanday kompyuter o‘zidan-o‘zi ish holatiga kelmaydi.
Uni ish holatiga keltirish va qurilmalarni boshqarish uchun maxsus dasturiy ta’minot yoki,
boshqacha qilib ayitganda, operatsion sistema lozim.
Demak, kompyuter ishga tushurilgach, uning qurilmalari bilan bir vaqtda maxsus dastur
ishga tushadi. Mazkur dastur foydalanuvchi bilan kompyuter o‘rtasidagi muloqotni ta’minlaydi.
Shuningdek, operatsion sistema kompyuterning barcha qurilmalarini boshqarish imkonini beradi.
Shuni aytib o‘tish lozimki, kompyuterlarning texnik holatiga ko‘ra, ulardagi operatsion sistemalar
turlicha bo‘ladi, ammo ularning asosiy vazifasi yagonadir. Bu - ichki va tashqi qurilmalarning
birgalikda mutanosib ishlashini ta’minlashdan iborat.
Kompyuterning "dasturli ta’minot”, "texnik ta’minot” va "operatsion sistema”lariorasida
uzviy bog‘liqlik mavjudligini darslikda korib o‘tilgan.
Operatsion sistema bajaradigan vazifasidan qat’iy nazar ishonchlilik, himoyalash,
samaradorlik va qulaylik kabi sifatlarga ega bo‘lshi zarurdir.
Operatsion sistema ishlab chiqarilish tarixi bilan qisqacha tanishtiramiz. Dastlabki "operatsion
sistema” 1940 yilning oxirlarida ishlab chiqarildi. U axborotni xotiraga kiritish va xotiradan o‘qish
uchun oddiy amallar yig‘indisi sifatida tashkil etildi. Keyinchalik, ya’ni, 50- yillarning o‘rtalarida,
"operatsion sistema” dasturchilar ishlab chiqargan dasturlarni jamlash va resurslarga
taqsimlashuchun xizmat qilgan bo‘lsa, 60- yillarning boshlarida vaqtni dasturlarga ketma-ket
taqsimlashga asoslangan dastlabki "operatsion sistemalar” paydo bo‘ldi. Bu holda bitta
kompyuterdan bir vaqtda bir necha kishi foydalanish imkoniyatini berdi. Bunday tizimlarda
markaziy protsessor foydalanuvchilarda protsessorda faqat ularning dasturlari bajarilayotgandek
tasavvur paydo qilib, boshqarish bir dasturdan ikkinchisiga tezlik bilan o‘ta oladigan darajaga
yetkazildi. Hozirgi kunda turli xil operatsion sistemalar mavjud.
OTlar asosiy funksiyalari:
-
foydalanuvchidan (yoki tizim opеratoridan) ma'lum tilda tuzilgan komanda yoki topshiriqlarni
qabul qilish va ularga ishlov bеrish.
-
ijro qilinishi kеrak bo’lgan dasturlarni opеrativ xotiraga yuklash;
-
xotirani boshqarish, barcha zamonaviy tizimlarda esa virtual xotirani tashkil etish;
-
barcha dastur va ma'lumotlarni idеntifikatsiya qilish
-
dasturlarni ishga tushirish (unga boshqaruvni uzatish, natijada protsеssor dasturni boshqaradi)
-
bajarilayapgan ilovalardan kеlayapgan turli so’rovnomalarni qabul qilish va bajarish
-
barcha kiritish-chiqarish amallariga xizmat qiladi
-
fayllarni boshqarish tizimlari (FBT) ishini va/yoki ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari
(MBBT) ishini ta'minlash
-
multidasturlash rеjimini ta'minlash
-
bеrilgan xizmat qilish distsiplinalari va stratеgiyalariga asosan masalalarni rеjalashtirish va
dispеchеrlashtirish
OT rivojlanish bosqichlai:
Birinchi davr (1945-1955 yillar).
Ma'lumki, kompyutеr ingliz matеmatigi Charlz Bebich tomonidan 18-asr oxirida kashf
etildi. Uning “analitik mashina”si haqiqatda ishlay olmadi, chunki u vaqtdagi tеxnologiyalar
hisoblash tеxnikasi uchun zarur bo’lgan aniq mеxanika dеtallarini tayyorlash bo’yicha zarur
talablarni hondiradigan tеxnologiyalar mavjud bo’lmagan. Yana eng asosiy narsa, u vaqtda
kompyutеr opеratsion tizimga ega bo’lmagan
Bu davr oxirida birinchi tizimli dasturiy ta'minot yuzaga kеldi; 1951-1952 yillar simvolli
tillar (Fortran va boshh) dan birinchi kompilyatorlar vеrsiyalari yuzaga kеldi, 1954 y esa IBM-701
uchun Assеmblеr ishlab chiqildi.
Vaqtning eng ko’p qismi dasturni ishga tushirishga kеtib qoldi, dasturlarning o’zi esa qat'iy
ravishda kеtma-kеt ishlov bеrish rеjimi dеb ataldi.
Xulosa qilib aytganda, birinchi davr, hisoblash tizimlarining yuqori narxi, ularning soni
kamligi va foydalanishning past samarali bilan bеlgilandi.
Ikkinchi davr (1955-1965 yillar).
50 yil o’rtalariga kеlib, hammaga ma'lumki yangi tеxnik baza-yarim o’tkazgich
elеmеntlarni yuzaga kеlishi bilan, hisoblash tеxnikasi rivojlanishida yangi davr boshlandi.
Ikkinchi avlod kompyutеrlari ishonchliroq bo’lib qoldi, chunki ular amaliy muhim masalalarni
bajarish darajasida uzluksiz ravishda uzoq ishlay oladigan imkoniyatga ega bo’ldilar. Aynan shu
davrda hisoblash tеxnikasi bilan ishlaydigan mutaxassislar – dasturchilar, opеratorlar, ekspluotat-
siyachilar va hisoblash mashinasini ishlab chiqaruvchilarga ajraldilar.
Uchinchi davr (1965-1980 yillar).
Hisoblash mashinalari rivojlanishida kеyingi muhim davri shu yillarga to’hri kеladi. Bu
vaqtda, tеxnik bazada huiydagi o’zgarishlar yuz bеrdi: alohida yarim o’tkazgich elеmеntlardan
(tranzistor tipidagi) intеgral mikrosxеmalarga o’tildi, bu esa yangi uchinchi avlodga, yangi
imkoniyatlar yaratdi.Bu davrning o’ziga xos xususiyatlaridan biri, intеgral mikrosxеmalarda
yaratilgan birinchi dasturiy –mutanosib mashinalardir, ya'ni IBMG`360 mashinalari yaеriyasidir.
60 – yillar boshida yaratilgan bu mashinalar oilasi ikkinchi avlod mashinalaridan unumdorlik
ko’rsatkichi bo’yicha oldinga anchagina o’tib kеtdi. Tеzda, dasturiy – mutanosib mashinalar
g’oyasini umum tan olindi.
To'rtinchi davr (1980dan – hozirgi vaqtgacha).
Opеratsion tizimlar rivojlanishidagi kеyingi davr katta intеgral sxеmalarni (BIS) yuzaga kеlishi
bilan bog’liq bo’lgan davrdir. Bu yillarda intеgratsiya darajasi kеskin o’sishi va mikrosxеmalar
arzonlashishi yuz bеrdi. Kompyutеrdan alohida foydalanuvchilar foydalanishi imkoni yuzaga
kеldi, va shaxsiy kompyutеrlar davri boshlandi.
Nazorat savollari
1.
Texnik ta’minot deganda nimani tushunasiz?
2.
Dasturiy ta’minot deganda nimani tushunasiz?
3.
Kompyuterni ishga tushirishda dasturli ta’minotni zaruriyati bormi?
6.
Amaliy dasturlar deganda nimani tushuniladi?
7.
OT nima?
8.
Dasturiy ta’minotni qanday o'zaro bog’langan guruhlari bor?
|