• 1.2. Hisoblash va telekommunikatsion tarmoqlari
  • 1-§. Tarmoq texnologiyalari. Umumiy tushunchalar. Tarmoqlarning texnik va dasturiy komponentalari




    Download 0,86 Mb.
    bet1/8
    Sana17.09.2024
    Hajmi0,86 Mb.
    #271434
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1-ma\'ruza Tarmoq texnologiyalari

    1-§. TARMOQ TEXNOLOGIYALARI. UMUMIY TUSHUNCHALAR. TARMOQLARNING TEXNIK VA DASTURIY KOMPONENTALARI

    1.1. Asosiy tushunchalar


    Kompyuter tarmogʻi (hisoblash tarmogʻi) – axborot, texnik va dasturiy resurslardan birgalikda foydalanish uchun ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish maqsadlarida kompyuter va kompyuter qurilmalari, (server, marshrutizator va b.) oʻrtasida tashkil qilingan aloqa tizimi.
    Tarmoqlar oʻz foydalanuvchilari oʻrtasida axborot almashuvi jarayionini tashkil qilish uchun xizmat qiladi. Ma’lumotlar almashuvini tashkil qilish (uzatish va qabul qilish) uchun turli xil fizik hodisalardan (odatda har xil turdagi elektr va radio signallar yoki elektromagnit nurlanishlardan) foydalaniladi.
    Kompyuter tarmoqlarining paydo boʻlishi tarixi kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan bevosita bogʻliq. Dastlabki maynfreym1 deb ataladigan kuchli kompyuterlar katta xona va hatto butun boshli binolarni band qilgan. Ma’lumotlarni tayyorlash va qayta ishlash tartibi juda murakkab, koʻp bosqichli va uzoq vaqtni talab qilgan. Foydalanuvchilar maʻlumotlar va dastur buyruqlari yozilgan perfokartalarini tayyorlagan va ularni hisoblash markaziga uzatgan. Operatorlar ushbu kartalarni kompyuterga kiritib, foydalanuvchilarga ma’lum bir muddatdan soʻng faqat dastur va uning natijalari chop etilgan holda qaytarishgan. Tarmoqning bunday usuli ma’lumotlarga toʻliq markazlashtirilgan ishlov berish va saqlashni oʻz ichiga olgan. Bunda har bir foydalanuvchi faqat ma’lumotlarni kiritish va chiqarishga moʻljallangan terminalli2 maynfreym bilan ishlash imkoniga ega bo’ladi.
    Markaziy kompyuter markazlashtirilgan hisoblash deb ataladigan oʻzaro ta’sirni qoʻllab-quvvatlaydigan operatsion tizim yordamida boshqariladi. Bundan tashqari, terminallar nafaqat hisoblash markazi hududida, balki korxonaning muhim hududida ham joylashishi mumkin (1.1-rasm). Aslida, ular birinchi mahalliy kompyuter tarmoqlarining (LAN)3 prototipi edi. Bunday mashinalar maʻlumotlarni birgalikda saqlash va hisoblash imkoniyatlarini taqdim etsa-da, ularga masofaviy terminallarni ulash tarmoq sanalmagan, chunki terminallar faqat ma’lumotlarni kiritish va olishga qodir, ammo ma’lumotlarni qayta ishlashda ishtirok etmaydigan periferik qurilmalar hisoblanadi.



    1.1-rasm. Koʻpterminalli kompyuter tizimi.

    1969 yilda AQSh Mudofaa vazirligi urush boʻlgan taqdirda Amerikaga ma’lumot uzatishning ishonchli tizimi kerak degan taklif bilan chiqdi. Ilgʻor tadqiqot loyihalari agentligi (ARPA) buning uchun kompyuter tarmogʻini ishlab chiqish gʻoyasini ilgari surdi. Bunday tarmoqni ishlab chiqish Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti, Stenford tadqiqotlar markazi, Yuta shtati universiteti va Santa-Barbaradagi Kaliforniya shtati universitetlariga topshirildi. Mazkur texnologiyaning birinchi sinovi 1969 yil 29 oktyabrda boʻlib oʻtdi. Tarmoq ikkita terminaldan iborat boʻlib, birinchisi Kaliforniya universitetida, ikkinchisi esa undan 600 km uzoqlikda Stenford universitetida joylashgan.


    Ushbu kompyuter tarmogʻi ARPANET deb nomlandi va loyiha doirasida tarmoq toʻrtta ilmiy muassasani birlashtirdi. Barcha ishlar AQSh mudofaa vazirligi hisobidan moliyalashtirildi. Keyin ARPANET tarmogʻi faol oʻsishni va rivojlanishni boshladi. Dastlab undan foydalanish imkoniyatiga faqat fanning turli sohalaridagi maxsus vakolatli olimlar ega boʻlganlar.
    70-yillarning boshlarida kompyuter komponentlarini ishlab chiqarish sohasida texnologik yutuq – katta integral mikrosxemalar (KIM) paydo boʻldi. Ularning nisbatan arzonligi va yuqori darajadagi funktsionalligi maynfreymuterlarning asosiy raqobatchilariga aylangan mini-kompyuterlarning yaratilishiga olib keldi (1.2-rasm). Mini-kompyuterlar korxonalarning texnologik uskuna, omborxona va boshqalarni boshqarish darajasidagi vazifalarini bajargan. Shunday qilib, kompyuter resurslarini korxona boʻylab joylashtirish kontseptsiyasi paydo boʻldi. Biroq, shu bilan birga, bitta tashkilotning barcha kompyuterlari hali ham avtonom ishlashni davom ettirdilar.
    Aynan shu davrda, kompyuterlarni yaqin atrofdagi boshqa kompyuterlar bilan ma’lumot almashishini yoʻlga qoʻyish maqsadida tarmoqqa birlashtirishga zarurat paydo boʻldi. Har bir alohida holat uchun bu muammo turlicha yoʻllar bilan hal qilindi. Natijada dastlabki mahalliy kompyuter tarmoqlari paydo boʻldi.
    Muammoga yondoshuv jarayoni turlicha boʻlganligi va ikki yoki undan ortiq kompyuterlarni birlashtirish uchun yagona yechim boʻlmaganligi sababli, tarmoq standartlari haqida gap boʻlishi mumkin emas edi.



    1.2-rasm. Mini kompyuterlardan avtonom foydalanish.
    Shu bilan birga, 1973 yilda ARPANET tarmogʻi Buyuk Britaniya va Norvegiyadan xorijiy tashkilotlar ulangan birinchi tarmoq xalqaro boʻldi. ARPANET bilan parallel ravishda boshqa universitet va korxona tarmoqlari paydo boʻldi va rivojlana boshladi.
    1980 yilda TCP/IP protokollaridan foydalangan holda shlyuz4 orqali ARPANET va CSnet (Computer Science Research Network) ni bir-biriga bogʻlash va CSnet tarmoqlarining barcha kichik toʻplamlari ARPANET dagi shlyuzga kiritish gʻoyasi taklif qilindi. Mustaqil kompyuter tarmoqlari Hamdoʻstligi oʻrtasidagi tarmoqlararo aloqa usuli toʻgʻrisida kelishuvga olib kelgan bu hodisani zamonaviy ma’noda Internetning paydo boʻlishi deb hisoblash mumkin.
    80-yillarning oʻrtalarida mahalliy tarmoqlarda vaziyat oʻzgara boshladi. Kompyuterlarni Ethernet, Arcnet, Token Ring, Token Bus, biroz keyinroq FDDI tarmogʻiga birlashtirishning standart texnologiyalari ishlab chiqildi. Shaxsiy kompyuterlar (Personal computer) esa ularning rivojlanishiga kuchli turtki boʻlib, LAN yaratish uchun ideal yechim sifatida ishtirok etdi (1.3-rasm).



    1.3.-rasm. Dastlabki LAN larda kompyuterlarni birlashtirish usullari.

    Bu qurilmalarning har biri alohida vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega boʻlsa-da, murakkab muammolarni hal qilish uchun quvvatlari yetmagan. Shu sababli, ularning hisoblash quvvatlarini birlashtirishga ehtiyoj yuzaga keldi.


    Mahalliy tarmoqlarning barcha standart texnologiyalari muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgan bir xil kommutatsiya printsipiga asoslanadi. Paketlarni almashtirish printsipi deb ataluvchi mazkur tamoyil global kompyuter tarmoqlari5 boʻylab ma’lumotlar trafigini uzatishda oʻzining afzalliklarini isbotladi.
    Standart tarmoq texnologiyalari mahalliy tarmoqlarni qurish muammosini osonlashtiridi. Bunda tarmoq yaratish uchun tegishli standartdagi tarmoq adapterlari6 (masalan, Ethernet) sotib olish va ularni maxsus ulagichlar yordamida kabelga ulash hamda Novell NetWare kabi mashhur tarmoq operatsion tizimlaridan birini kompyuterga oʻrnatish yetarli boʻladi. Shundan soʻng, tarmoq ishlay boshlaydi va tarmoq adapteri oʻrnatilgan yangi kompyuterlarni ham hech bir muammosiz shu tarmoqqa birlashtirish imkoniyati yuzaga keladi.

    1.2. Hisoblash va telekommunikatsion tarmoqlari



    Download 0,86 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-§. Tarmoq texnologiyalari. Umumiy tushunchalar. Tarmoqlarning texnik va dasturiy komponentalari

    Download 0,86 Mb.