|
1-§. Tarmoq texnologiyalari. Umumiy tushunchalar. Tarmoqlarning texnik va dasturiy komponentalari
|
bet | 3/8 | Sana | 17.09.2024 | Hajmi | 0,86 Mb. | | #271434 |
Bog'liq 1-ma\'ruza Tarmoq texnologiyalariOperatsion tizim (ingl. OS - operating system) - foydalanuvchi bilan kompyuter oʻrtasidagi muloqot interfeysi hamda kompyuterning ishlash jarayonini tashkil qiluvchi (kompyuter uskunalarini boshqarish, fayllar bilan ishlash, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish va boshqa qoʻshimcha xizmatlarni koʻrsatuvchi) dasturlar majmuasidir.
Kompyuterlarga operatsion tizimdan tashqari yana bir nechta qoʻshimcha resurslar zarur boʻladi. Hamma uchun koʻrinishi lozim boʻlgan kompyuterlarga tarmoq orqali boshqa kompyuterlardan keladigan soʻrovlarni kutish modullari qoʻshish talab qilinadi. Asosiy vazifasi kompyuter resurslariga kirish soʻrovlariga xizmat koʻrsatishdan iborat boʻlgan bunday modullar dasturiy ta’minot serverlari8 deb ataladi.
Foydalanuvchilari boshqa kompyuter resurslariga kirishi rejalashtiriladi-gan kompyuterlarning operatsion tizimiga bir qator maxsus dasturiy vositalar zarur bo’ladi. Masofadagi manbalarga kirish soʻrovlarini ishlab chiqishi va ularni tarmoq orqali kerakli kompyuterga uzatishni ta’minlash uchun xizmat qiladigan bunday vositalar odatda dasturiy ta’minot mijozlari9 deb ataladi.
Barcha zamonaviy operatsion tizimlari tarmoqqa ulanish va ishlash uchun barcha kerakli dasturiy ta’minotning server va mijoz modullarini oʻz ichiga oladi.
Tarmoq adapterlari va aloqa kanallari tarmoqning bir kompyuteridan ikkinchisiga soʻrovlar asosida xabarlarni uzatish uchun vosita boʻlib xizmat qiladi. Ma’lumot almashuvini tashkil etish bilan bogʻliq asosiy masalalar operatsion tizimlarning mijoz va server qismlari tomonidan amalga oshiriladi.
Server va mijozlarning oʻzaro taʻsir usuliga koʻra tarmoqlar ikki turga ajratiladi:
1) tarmoqlar birga-bir aniqlanadi:
2) teng bilan teng (peer-to-peer).
Tarmoq mijozi oʻz kompyuterining foydalanuvchisi boʻlganligi sababli, tarmoqqa ulangan kompyuter “ish stantsiyasi” (workstation) deb nomlanadi. Koʻpincha “mijoz-server” va “teng bilan teng” modellari bir vaqtning oʻzida bitta tarmoqda mavjud boʻlishi ham mumkin. “Teng bilan teng” tamoyili asosida qurilgan, shuningdek, barcha kompyuterlari bir xil maqomga ega boʻlgan tarmoqlar peer – to – peer tarmoqlari deb ataladi.
Kompyuterlarning ma’lumotlarni qayta ishlash quvvati oshganiga qaramay, koʻplab masalalar hali ham juda koʻp hisoblash resurslarini talab qiladi. Buning natijasida axborotlarni taqsimlangan holda qayta ishlashni ta’minlash uchun yangi turdagi oʻzaro muloqot tuzilmasini yaratishga zarurat paydo boʻldi. Muloqotning bunday modelida har bir mashina oʻziga xos masalalarini hal qilish uchun moʻljallanadi. Bu esa ixtisoslashuvni amalga oshirishga imkon beradi: har bir kompyuter oʻziga xos vazifa ustida ishlaydi. Optimallashtirilgan “mijoz-server” modelida server ham ixtisoslashgan va oʻziga xos vazifalarni bajaradi, lekin u oʻzini-oʻzi resurslar bilan ta’minlaydi va boshqa serverlar bilan hech qanday aloqaga kirishmaydi. Shu bilan birga, masalalarni hal qilish uchun zarur ma’lumotlarni boshqa kompyuterlardan olishi va oʻz navbatida oʻz natijalarini ularga yetkazishi talab qilinadi. Bu muammoni faqat kompyuterlarni yagona tarmoqga birlashtirish orqali hal qilish imkoniyati yuzaga keladi. Tarmoq kompyuterlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash resurslar almashuvini tashkil qilish orqali ularga har birining funksional imkoniyatlarini kengaytirishga imkon beradi.
Hisoblash sanoati rivojlanishining muhim yoʻnalishlaridan biri ma’lumotlarni birgalikda qayta ishlash modelidan iborat. Ushbu modelda bir nechta kompyuterlar faqat hisoblash natijalarini almashish uchun emas, balki bir xil vazifani bajarish uchun ham foydalaniladi. Birgalikdagi hisoblash modelidan foydalanganda umumiy hisoblash quvvati va mavjud resurslar (operativ va doimiy xotirasi) oshadi, butun tizimning turli sabablarga koʻra ishlamay qolishga bardoshliligi ortadi.
Yuqorida ta’kidlab oʻtilganidek, “mijoz-server” va “teng bilan teng” modellari bir vaqtning oʻzida bitta tarmoqda mavjud boʻlishi mumkin. Bu holat tarmoqning tarkibiy qismlari turli xil boʻlishi mumkinligi tufayli yuzaga keldi. Bu tarkibiy qismlarning eng muhimlari mijozlar va tarmoq serverlari oʻrtasida ma’lumotlar uzatish kanalini tashkil etish uchun xizmat qiladi. Eng oddiy holatda, ma’lumotlarni uzatish kanalini ikkita komponent yordamida qurish munkin:
bir tarmoq tugunidan ikkinchisiga ma’lumot yetkazib berishni ta’minlaydigan ma’lumotlar uzatish muhiti (simli / simsiz - wire / wireless);
kompyuterning ma’lumotlar uzatish muhiti bilan oʻzaro muloqotni ta’minlaydigan tarmoq interfeysi kartalari (network interface card, NIC).
Bu komponentalar kompyuterlarni bir-biriga ulash yoki kompyuter tarmogʻini shakllantirish uchun moʻljallangan yagona vositalar emas. Tarmoqdagi kompyuterlarni birlashtirish va ular oʻrtasida oʻzaro muloqotni ta’minlash uchun yana bir qator tarmoq uskunalari hamda texnik va dasturiy vositalardan foydalaniladi. Bu vositalarni asosiy funksional maqsadlariga koʻra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
|
| |