|
1-§. Tarmoq texnologiyalari. Umumiy tushunchalar. Tarmoqlarning texnik va dasturiy komponentalari
|
bet | 2/8 | Sana | 17.09.2024 | Hajmi | 0,86 Mb. | | #271434 |
Bog'liq 1-ma\'ruza Tarmoq texnologiyalariKompyuter tarmogʻi (yoki telekommunikatsion kompyuter tarmogʻi) – bu bir-biriga bogʻlangan koʻplab kompyuter, abonent tizimlari va aloqa vositalari yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash, almashish va taqsimlash maqsadlarida tashkil etiladigan tarmoqdir.
U tarmoqqa birlashtirilgan kompyuter va boshqa qurilmalar oʻrtasida maʻlumotlarni uzatish, qayta ishlash hamda axborot, dasturiy va texnik resurslardan jamoaviy foydalanish uchun xizmat qiladi.
Abonent tizimi - abonent (maʻlumot ishlab chiquvchi va iste’mol qiluvchi obyekt) va ish stansiyalari7 toʻplamidan iborat boʻladi.
Abonent tizimlarini oʻzaro bogʻlashda axborot uzatishning fizik muhiti, apparat va dasturiy ta’ minot majmuasidan tashkil topgan telekommunikatsiyon tizimdan foydalaniladi. Bu tizim tarmoq foydalanuvchilari manfaati uchun bajariladigan va amaliy dasturlar tomonidan tavsiflangan maʻlumotlarni kiritish, saqlash, qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni tashkil qilish uchun xizmat qiladi.
Kompyuter tarmoqlari turli xil rejimlarda ishlashi mumkin:
abonent tizimlari oʻrtasida ma’lumot almashish;
ma’lumot soʻrash va berish;
ma’lumot toʻplash;
masofada joylashgan foydalanuvchi va terminallardan kelgan soʻrovlar boʻyicha ma’lumotlarni qayta ishlash;
dialog rejimda ishlash.
Kompyuter tarmoqlari ikkita juda muhim muammoni hal qildi:
foydalanuvchilarning shaxsiy kompyuterlariga hududiy joylashuvidan qat’iy nazar chekovlarsiz kirishni ta’minlash;
u yoki bu qarorlarni qabul qilish uchun zarur boʻlgan katta hajmdagi ma’lumotlarni har qanday masofada tezkor ravishda koʻchirish.
1.3. Kompyuter tarmoqlarining texnik va dasturiy ta’minoti
Shaxsiy kompyuterlarni tarmoqlarga ulash uchun kompyuterlarni tarmoq adapterlari bilan ta’minlash va ularni kabel tizimi bilan ulash yetarli emas. Bu qurilmalarning bir-biri bilan muvofiqlashtirilgan va muvozanatlashtirilgan holda ishlashini ta’minlsh uchun tegishli dasturiy vositalar majmuasidan iborat operatsion tizim ham talab qilinadi.
|
| |