|
1-§. Tarmoq texnologiyalari. Umumiy tushunchalar. Tarmoqlarning texnik va dasturiy komponentalari
|
bet | 4/8 | Sana | 17.09.2024 | Hajmi | 0,86 Mb. | | #271434 |
Bog'liq 1-ma\'ruza Tarmoq texnologiyalaripassiv tarmoq uskunalari – birlashtiruvchi ulagichlar, kabellar, patch-simlari, patch-panellari, ma’lumot rozetkalari va boshqalar.;
faol tarmoq uskunalari – konvertorlar (adapters), modemlar (modems), takrorlagichlar (repeaters), koʻpriklar (bridges), kommutatorlar (switches), marshrutizatorlar (routers) va boshqalar.
Tarmoqda koʻp qoʻllanadigan ayrim uskunalar 1.4-rasmda tasvirlangan.
1.5-rasm. Tarmoq qirilmalariga namunalar.
Simli axborot uzatish muhiti metall simli (elektr signallar uchun) yoki optik tola simli (yorugʻlik signallari uchun) kabellarni ulash yordamida yaratiladi. Ma’lumot uzatish tarmoqlarini yaratishda koʻpincha simli axborot uzatish vositalaridan keng foydalaniladi. Simli axborot uzatish muhiti kompyuterlar oʻrtasidagi muloqotni elektr, yorugʻlik (infraqizil) yoki radiochastotali signallarni uzatish vozitalari yordamida tashkil qilinadi.
U yoki bu kompyuter tarmogʻining imkoniyatlari uning axborot, texnik va dasturiy ta’minoti bilan aniqlanadi.
Tarmoqlarning texnik ta’minoti quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
turli rusumdagi kompyuterlar (noutbuk, netbuk, choʻntak kompyuteri, planshet kompyuterlar, tarmoq printerlari, plotterlar va b.);
abonent tizimlarining uskunalari (mahalliy periferik qurilmalar);
hududiy aloqa tizimlari vositalari (shu jumladan aloqa shahobchalari);
aloqa uskunalari;
bir xil yoki turli darajadagi tarmoqlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vositalarni (kommutator va marshrutizatorlar).
Tarmoqlarning texnik vositalari orasida tarmoq adapteri10, kommutator11, marshrutizator12, konsentrator13 kabi qurilmalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Adapterlar baytlar ketma-ketligi shaklidagi paketlarni qabul qiladi, ularni qurilmaning operatsion tizimi oʻqiy oladigan formatga oʻzgartiradi va quyidagi xizmatlarni koʻrsatadi:
turli darajadagi tarmoqlarda qurilmalar bilan maʻlumot almashish;
ma’lumot paketlarini shakllantirish;
yuborilgan yoki qabul qilingan ma’lumotlarni monitoring qilish;
kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlarni kodlash va dekodlash;
qurilma yoki tizimni masofadan boshqarish.
Kommutatorlar koʻprik texnologiyasi asosida ishlab chiqiladi va koʻpincha koʻp portli koʻpriklar vazifasini bajaradi. Bitta ulangan qurilmadan trafikni boshqalarga tarqatuvchi Hub (1-darajali OSI) dan farqli oʻlaroq, kommutatorlar ma’lumotlarni faqat toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qiluvchiga uzatadi. Bu holat tarmoqning ishlashi va xavfsizligini yaxshilaydi.
Marshrutizatorlar (routerlar) tarmoqlar doirasida asosan uchta asosiy funktsiyani bajaradi:
1. yoʻlni aniqlash - manbadan manzilga oʻtishda ma’lumotlar yoʻlini aniqlaydi. U ushlab qolish, oʻtkazish qobiliyati va tezlik kabi tarmoq koʻrsatkichlarini tahlil qilish orqali eng yaxshi yoʻlni topishga harakat qiladi.
2. Ma’lumotlarni yoʻnaltirish – ma’lumotlarni tanlangan yoʻl orqali keyingi qurilmaga yuboradi va oxir-oqibat uni belgilangan joyga olib boradi. Qurilma va marshrutizatorlar bir xil yoki turli tarmoqlarda joylashgan boʻlishi mumkin.
3. Yuklamalarni muvozanatlash – ba’zan marshrutizator bir xil ma’lumotlar toʻplami nusxalarini bir nechta yoʻllar orqali yuborishi mumkin. Bu ma’lumotlar yoʻqolishi yoki “koʻpayib ketishi” bilan bogʻliq xatolarni kamaytirishga hamda trafik hajmini boshqarishga imkon beradi.
Konsentratorlarning asosiy vazifasi tarmoq portlaridan biriga keladigan paketlarni boshqa barcha portlarga uzatishdan iborat boʻladi. Tarmoqqa kelgan paket tarmoqning boshqa barcha qurilmalariga yuboriladi, ya’ni translyatsiya qilinadi. Shuningdek, konsentrator qurilma portlardan biridan uzilganda yoki kabel shikastlanganda, bunday hollarda oʻz ishini toʻxtatadigan koaksiyal kabelli tarmoqlardan farqli oʻlaroq, tarmoqning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.
Tarmoqning axborot ta’minoti tarmoq doirasidagi muammolarni hal qilishga yoʻnaltirilgan va quyidagi ma’lumotlar bazasini oʻz ichiga oluvchi axborotlar jamgʻarmasidan tashkil topadi:
tarmoq ishtirokchilari uchun ochiq boʻlgan ma’lumotlar bazasi;
alohida abonentlar uchun individual foydalanish ma’lumot bazalari;
umumiy va individual foydalanish uchun ma’lumot bazalari;
avtomatlashtirilgan - lokal va taqsimlangan, umumiy va individual ahamiyatga ega boʻlgan ma’lumot bazalari.
Tarmoqlarning dasturiy ta’minoti tarmoq doirasida quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan dasturlar majmuasidan iborat boʻladi:
foydalanuvchilarni umumiy tarmoq resurslari (telekommunikatsiya, hisoblash, axborot, dasturiy ta’minot) bilan jamoaviy ishlashini rejalashtirish, tashkil etish va amalga oshirish;
axborotni qayta ishlash masalalarini dasturlash jarayonlarini avtomatlashtirish;
foydalanuvchi soʻrovlariga javob berish tezligi va ishonchliligini oshirish uchun tarmoq resurslarini dinamik taqsimlash va qayta taqsimlash.
Tarmoq dasturiy ta’minoti quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1. Umumtarmoq DT - asosiy elementlar sifatida tarmoqning taqsimlangan operatsion tizimi hamda tarmoq va uning alohida boʻgʻinlari, quyi tizimlari, shu jumladan telekommunikatsiya tarmogʻiga texnik xizmat koʻrsatuvchi dasturlar toʻplamini oʻz ichiga oladi.
2. Maxsus DT - umumiy maqsadli dasturlarning integratsiyalashgan va funksional toʻplamlari, tarmoqning amaliy dasturlari, standart dasturlar kutubxonalari, shuningdek, foydalanuvchilarning sohalariga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi maxsus amaliy dasturlar;
3. Bazaviy DT - abonent tizimlari kompyuterlarining asosiy dasturiy ta’minoti boʻlib, oʻz ichiga kompyuter operatsion tizimlari, dasturlashni avtomatlashtirish tizimlari, nazorat va diagnostika test dasturlari kabilarni oladi.
1.4. Kompyuter tarmoqlarining tasniflari
Kompyuter tarmoqlarini tasniflashning koʻplab usullari mavjud boʻlib, asosiy mezon sifatida boshqaruv usullari e’tiborga olinadi. Boshqacha aytganda, qanday tashkil etilganligi va boshqarilishiga qarab, tarmoqlarni mahalliy, taqsimlangan, shahar yoki global tarmoq deb tasniflash mumkin.
Tarmoq ma’muri14 tarmoq yoki uning segmentini boshqaradi. Uning vazifalariga fizik aloqani ta’minlash va nazorat qilish, faol uskunalarni sozlash, almashish va tarmoqning barqaror ishlashini ta’minlaydigan dasturlar doirasini sozlash kiradi. Murakkab tarmoqlarda ma’murlar guruhlari tarmoqni boshqarish, foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlarini qatʻiy taqsimlash, hujjatlar va harakatlar jurnali yuritish kabi masalalar bilan shugʻullanadilar.
Alohida mahalliy kompyuter tarmogʻi boshqa mahalliy tarmoqlar bilan umumiy shlyuzlarga ega boʻlishi mumkin. Marshrutizator shlyuzdan olingan ma’lumotlar manzilini aniqlaydi. Agar ma’lumotlar manzili tashqi tarmoqqa tegishli boʻlsa, marshrutizator ularni shu tarmoqqa uzatadi. Agar tarmoq boshqa tarmoqlar bilan bogʻlangan boʻlsa, shlyuzning IP-manzilini15 sozlash kerak boʻlishi mumkin. Agar shlyuzning IP-manzili nomaʻlum boʻlsa, tarmoq ma’muriga murojaat qiladi. Shuningdek, tarmoq global kompyuter tarmogʻining (masalan, Internet) bir qismi boʻlishi ham mumkin. Koʻpincha mahalliy tarmoqlar Ethernet yoki Wi-Fi texnologiyalari asosida quriladi. Shuni taʻkidlash kerakki, ilgari kompyuter tarmoqlarini qurishda keng qoʻllanilgan Frame Relay, Token Ring protokollari zamonaviy tarmoq amaliyotida kam uchraydi. Bugungi kunda ularni faqat ixtisoslashgan laboratoriyalar, oʻquv muassasalari va servis xizmatlarida uchratish mumkin.
Oddiy mahalliy tarmoqlarni yaratishda marshrutizator, kommutator, simsiz ulanish nuqtalari, simsiz rotor, modem va tarmoq adapterlari kabi qurilmalardan foydalaniladi. Soʻnggi paytlarda LAN ni qurishda muhit konvertorlari, signal kuchaytirgichlari (har xil turdagi repetorlar) va maxsus antennalar keng qoʻllanilmoqda.
Mahalliy tarmoqlarda marshrutlash odatda oddiy statik yoki dinamik (RIP protokoliga asoslangan) shakllardan biri yordamida amalga oshiriladi. Ayrim hollarda mahalliy tarmoq doirasida bir nechta kompyuterlarni umumiy nom ostidagi guruhlarga birlashtirish orqali ishchi guruhlarni (ingl. workgroup) tashkil etiladi. LAN ning bir turi sifatida kampus tarmogʻini tilga olish mumkin.
|
| |