|
1-§. Tarmoq texnologiyalari. Umumiy tushunchalar. Tarmoqlarning texnik va dasturiy komponentalari
|
bet | 5/8 | Sana | 17.09.2024 | Hajmi | 0,86 Mb. | | #271434 |
Bog'liq 1-ma\'ruza Tarmoq texnologiyalariKampus tarmogʻi (CAN) - bu geografik jihatdan cheklangan hududdagi (masalan, universitet shaharchasi, korporativ hudud yoki harbiy baza) mahalliy tarmoqlarni bogʻlaydigan kompyuter tarmogʻi.
Tarmoqning bu turi oddiy mahalliy tarmoqdan kattaroq, ammo global tarmoqdan kichikroq boʻladi. Kampus soʻzi lotincha boʻlib, “maydon” yoki “ochiq maydon” ma’nolarini anglatadi.
Shahar hisoblash tarmogʻi (Metropolitan area network, MAN) - shahar ichidagi kompyuterlarni birlashtiradi, WAN – dan kichikroq, ammo LAN-dan kattaroq tarmoq hisoblanadi.
Shahar tarmogʻiga oddiy namuna qilib kabel televideniyesini olish mumkin. Ma’lumki, televizion signallar kabel televideniyesi tarmogʻi “qamrab olgan maydon” doirasidagi abonentlarning uylariga kabellar orqali uzatiladi. Internet ommaviy auditoriyani jalb qila boshlagach, tizimga kichik oʻzgarishlar kiritgan holda, aynan shu kanallarning foydalanilmaydigan qismi orqali (har ikki yoʻnalishda) raqamli ma’lumotlarni uzatish mumkinligi ayon boʻlib qoldi. Shu tariqa, kabel televideniesi asta-sekin MAN-ga aylana boshladi.
Odatda, MAN hech qanday tashkilotga tegishli boʻlmaydi, aksariyat hollarda uning biriktiruvchi elementlari va boshqa uskunalari xizmat haqini oladigan foydalanuvchilar guruhi yoki provayderga16 tegishli boʻladi. MAN koʻpincha mintaqaviy resurslarni birgalikda foydalanish imkoni beradigan yuqori tezlikdagi tarmoq vazifasini bajaradi (katta LAN kabi).
WMAN (Wireless Metropolitan Area Networks) - shahar miqyosidagi simsiz tarmoqlar boʻlib, shahobchalari tezkor kanallar orqali bogʻlangan tarmoqqa keng polosali radiokanal yordamida ulanishni ta’minlaydi. Egallaydigan hududi boʻyicha bunday tarmoq 5 dan 50 kilometrgacha boʻlishi mumkin.
Global hisoblash tarmogʻi (ingl. Wide Area Network, WAN) - bu katta hududlarni qamrab oladigan va shahar, mamlakat hamda qitʻalar tarmoqlarini oʻz ichiga olgan kompyuter tarmogʻi.
WAN turli turdagi tarmoqlarni birlashtirishga xizmat qiladi. Bu holda foydalanuvchi va kompyuterlar qaerda joylashgan boʻlishidan qat’iy nazar, global tarmoqning boshqa barcha ishtirokchilari bilan oʻzaro aloqada boʻlish imkoniyatiga ega boʻladilar. WAN ning eng yaxshi namunasi Internet hisoblansa-da, FidoNet kabi boshqa global tarmoqlar ham mavjud.
Global hisoblash tarmoqlari yuzlab va minglab kilometr masofada tarqalgan kompyuterlarni birlashtiradi va buning uchun koʻpincha mavjud va unchalik sifatli boʻlmagan aloqa liniyalaridan foydalanadi. Mahalliy tarmoqlarga qaraganda ma’lumotlarni uzatish tezligining pastligi fayllarni uzatish bilan bogʻliq belgilangan xizmatlar doirasini cheklaydi. Bu xizmatlar koʻpincha operativ emas, balki fon rejimida, elektron pochta orqali amalga oshiriladi.
WAN larda diskret maʻlumotlarni uzatish turgʻunligini ta’minlash uchun mahalliy tarmoqlarga qaraganda ancha murakkab usul va uskunalardan foydalaniladi. Ayrim WAN lar faqat xususiy yoki davlat tashkilotlari uchun quriladi, boshqalari esa Internet orqali bogʻlangan korporativ LAN larning yoki ularning bir qismi boʻlgan masofaviy tarmoqlar bilan aloqani ta’minlaydi. Koʻpincha, WAN lar bir tomoni LAN ga, ikkinchi tomoni esa WAN ning qolgan qismlari bilan bogʻlangan ajratilgan liniyalar orqali ishlaydi. Bunda TCP/IP, SONET/SDH, MPLS, ATM va Frame relay kabi asosiy protokollardan foydalanadi.
|
| |