Vizual komponentalarning umumiy xususiyatlari Vizual komponentalar uchun TControl sinfi asos hisoblanadi va u
elementning o'lchami va joylashuvi, uning sarlohasi ,rangi va shunga uxshash
parametrlaridan iborat asosiy funksional atributlarni ta'minlaydi . TControl sinfi
vizual komponentalar uchun umumiy bo'lgan xossalar , hodisalar va metodlarni
o'z ichiga oladi . Vizual komponentalarni ikkita katta guruhga ajratish mumkin :
1. To'g'ri to'rtburchakli boshqaruv elementlari
2. To'g'ri to'rtburchakli bo'lmagan boshqaruv elementlari
To'g'ri to'rtburchakli boshqaruv elementi o'zida ma'lum bir maqsad uchun
aniqlangan maxsus to'g'ri to'rtburchakni ifodalaydi. Bu elementlarga misol
tariqasida boshqaruv tugmalarini , taxrir maydonlari ,xarakatlanish yo'laklarini
ko'rsatishimiz mumkin. Ular uchun asos sinf TWinControl hisoblanadi.
To'g'ri to'rtburchak elementlari qiymar kiritish fokuslarini ilishi mumkin .
Elementni fokus olganligi ikki xil usulda kursatiladi :
1. Taxrir kursori yordamida
2. To'g'ri to'rtburchak orqali
Matn taxrirlari bo'lgan Edit va Memo elementlari o'z sohasida tahrir kursori
(matn kursori) paydo bo'lishi orqali fokus olganligini bildiradi.
Ma'lumotlarni tahrirlash bilan bog'liq bo'lmagan komponentalarda qora
punktir chiziqli to'g'ri to'rtburchak paydo bo'lishi uning fokus olganligini
anglatadi . Masalan , Button tugmasi fokus olganda sarloha atrofida to'g'ri
to'rtburchak paydo bo'ladi , ListBox da esa ro'yxatdagi ayni paytda tanlangan
satrni ajratilgan holda (aksariyat hollarda ko'k fonda) ko'rsatadi. Bulardan
tashqari , to'g'ri to'rtburchak boshqaruv elementlari konteyner sifatida o'z ichida
boshqa boshqaruv elementlarini olishi mumkin . Bu holda boshqaruv elementi o'z
ichidagilarga ota hisoblanadi.
To'g'ri to'rtburchak bo'lmagan boshqaruv elementlari TGraphicControl
sinfining avlodlari hisoblanadi . Bu guruh elementi qiymat kiritish fokusini
ololmaydi va interfeys elementlari uchun ota bo'la olmaydi . To'g'ri
to'rtburchak bo'lmagan boshqaruv komponentalarining afzalligi - ularni nisbatan
74
kam resurs talab qilishida. Vizual komponentalar ko'plab umumiy xossalar ,
hodisalar va metodlarga ega.