83
Xabar oynasi bilan ishlash. ShowMessage() – bu funktsiya faqat bitta
parametrga ega bo’lib, foydalanuvchidan javob
talab qilmaydigan oddiy
xabarlarni namoyish qilish uchun ishlatidadi.
ShowMessage ("Xabar");
InputBox
() – funktsiyasi foydalanuvchidan ma’lumot olishni talab
qiladigan xabarlar oynasini ko’rsatishga
imkon berib, xabar oynasi,
kiritish
maydoni va ikkita tugma bilan jihozlangan. Kiritish maydoni foydalanuvchidan
satrni qabul qiladi. Foydalanuvchi
OK tugmachasini bosganda, xabar oynasi
kiritish maydonining tarkibini qaytaradi. Agar foydalanuvchi
Bekor qilish yoki
[Esc] tunmasini bossa, uning tahrirlash oynasidagi tarkib bekor qilinadi.
void __fastcall TForm1::BitBtn1Click(TObject *Sender)
{
String s=InputBox("Kiriting...", "Tug'ilgan shaxringiz:","");
}
InputQuery
() – Satrni qaytaradigan InputBox() funktsiyasidan farqli
o’laroq ikkita qiymatni qaytaradi. Agar foydalanuvchi OK tugmachasini bossa yoki
[Enter] tugmachasini bosib, dialog oynasidan foydalansa, funktsiya