Microsoft Word umk d2 sirtqi docx




Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/24
Sana10.06.2024
Hajmi1,55 Mb.
#262343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
maruza3

Xossalar. 
Xossalar ilovalar yaratilishi va boshqarilishida komponentalar 
tashqi ko'rinishi va amal qilishini boshqarish imkonoyatini beradi. Odatda 
komponenta xossasinig qiymatlari ilovalarni yaratish vaqtida Ob'ektlar 
Inspektori yordamida amalga oshiriladi. Keltiriladigan misollarda tushunarli 
bo'lishi uchun xossalar qiymatlari qiymat berish operatori yordamida amalga 
oshiriladi. Shuni ta'kidlab o'tish kerakki , komponentalar barcha xossaga ega 
bo'lmasligi mumkin. Masalan, Edit tahriri Caption xossasiga ega emas , Label 
yozuvi ReadOnly xossasiga ega emas va xokozo. Quyida komponentalarda 
uchraydigan asosiy xossalarga izox beramiz: 
Caption xossasi komponenta sarlavxasini yozish satrini o'z ichiga oladi. 
Caption TCaption turida bo'lib, bu tur String turiga o'xshash. Sarlavxa satridagi 
ayrim belgilar tagiga chizilgan bo'lishi mumkin, ular tezkor murojaat 
tugmalarining kombinatsiyasini bildiradi . Ko'rsatilgan belgini < Alt > tugmasi 
bilan bir vaqtda bosilishi shu sarlovhadagi koponentaga sichqonchaning 
tugmasini bosish bilan bir xil amalni yuzaga keltiradi. Tezkor murojaat belgisini 
sarlovhada zarur belgi oldiga "&" belgisini quyish orqali aniqlanadi , masalan : 
Button1->Caption:='&Close'; < Alt > + < F4 > 
Label1->Caption:='Avtobus &Nomerini kiriting ' ; < Alt > + < H > 
Align (TAlign turida) xossasi komponentani u joylashgan konteyner 
ichidagi joylashuv variantlarini aniqlaydi. Aksariyat hollarda konteyner sifatida 
Form formasi yoki Panel paneli keladi. Align xossasi quyidagi qiymatlarning birini 
qabul qilishi mumkin : 
- alNone - to'g'rilash amalga oshirilmaydi . Komponenta ilovani yaratish 
paytida qaerga joylashtirilgan bo'lsa , shu joyda qoladi . 
- alTop - komponenta konteynerning yuqori qismiga ko'chiriladi, 
komponenta balandligi o'zgarmaydi , eni esa konteyner eniga teng bo'ladi . 
- alBottom - AlTop ga o'xshash , faqat komponenta konteyner pastiga 
joylashadi . 
- alLeft - komponenta konteynerning chap tomoniga ko'chadi , eni 
o'zgarmaydi , buyi esa konteyner buyiga tenglashadi . 
- alRight - alLeft ga o'xshash , faqat komponenta konteynerning o'ng 
tomoniga ko'chadi. 
- alClient - komponenta konteynerni to'la egallaydi . 
Misol . Panelni formaga nisbatan tog'rilash. 
Panel1->Align=AlTop; 
Panel1 paneli Form1 formaning yuqori qismiga joylashadi. 


75 
Color (TColor turida ) komponenta fonining rangini aniqlaydi. Color 
xossasinig qiymati 4 baytli 16 lik son bo'lib, uning katta bayti palitrasini ko'rsatadi 
(odatda $00), kichik uchta bayti qizil , yashil va ko'k ranglarning RGB 
intensivligini aniqlaydi. Bu ranglarni turli nisbatdagi aralashmasidan natijaviy 
rang xosil bo'ladi. Masalan: $000000 - qora, $FFFFFF - oq, $0000FF - qizil, 
$00FF00 - yashil, $FF0000 ko'k rangni beradi. 
Ranglar qiymatini konstantalar orqali berish ancha qulay . Quyidagi 
jadvalda asosiy ranglarning konstantalari keltirilgan. 
Konstanta Rang Qiymat 
----------------------------------------------------------------------------- 
clAqua Och ko'k $FFFF00 
clBlack Qora $000000 
O'zgarmaslarning ikkinchi bir qismi Windows tizimi palitrasidagi ranglarga 
ko'rsatadi . Bu konstantalarga mos ranglar tizimida tanlangan rang sxemasi ga 
bog'liq ravishda aniqlanadi . 
Konstanta Rang 
-------------------------------------------------------------------------------- 
clBlackground Darcha foni (fona okna ) 
clActiveCaption Aktiv darcha sarlohasi 
... 
Ctr3D xossasi boolean turida bo'lib, vizual komponenta ko'rinishini 
aniqlaydi. Agar Ctr3D qiymati False bo'lsa komponenta ikki o'lchamli 
tasvir kurinishida, agar True bo'lsa - uch ulchamli tasvirlanadi (kelishilgan 
holdagi ko'rinish). 
Cursor xossasi (TCursor turida ) sichqoncha ko'rsatgichining ko'rinishini 
aniqlab beradi . Bu ko'rinishlar 20 tadan ortiq bo'lib , ular ichida eng asosiylari 
quyidagi konstantalar bilan beriladi: 
crDefault - sichqoncha ko'rsatgichi kelishuv bo'yicha ( odatda strelka) 
crNone - ko'rsatgich ko'rinmaydi. 
crArrow - ko'rsatgich strelka ko'rinishida 
crCross - ko'rsatgich xoch ko'rinishida 
crHourGlas - ko'rsatgich qum soati ko'rinishida 
Mavjud ko'rinishlardan tashqari foydalanuvchining o'zi sichqoncha 
ko'rsatgichi uchun rasm yaratishi mumkin va uni mos formatlarda ( CUR ,RES) 
saqlashi zarur. Buning uchun Builder tarkibiga kiruvchi Image Editor dan 
foydalanishi mumkin. Programma ishlash vaqtida ko'rsatgich tasviri fayldan 
yuklanishi va Cursor xossasining qiymati sifatida tasvir nomeri berilishi kerak . 


76 
DragCursor (TCursor turida) xossasi komponentani ko'chirish jarayonida 
kursor ko'rinishinio aniqlaydi . Bu xossa qiymatlari Cursor qiymatlaridan farq 
qilmaydi . 
Enabled xossasi boolean turida bo'lib komponentani aktivligini, ya'ni 
sichqoncha yoki klaviaturadan kelayotgan signallarga aks ta'sir bera olishini 
aniqlaydi. Agar xossa True ( kelishilgan xol qiymati ) qiymatga ega bo'lsa, 
komponenta aktiv hisoblanadi, aks holda aktiv emas. Komponentaning aktiv 
bo'lmagan xoli sarlovxa yoki matnni oqargan rangda ekanligini bildiradi. 
Komponenta o'chirilgan (blokirovka qilingan) bo'ladi, agar u bilan bog'liq 
qandaydir amalni bajarishni iloji bo'lmasa. Masalan, Save tugmasi xujjatni saqlash 
amalini bajaradigan bo'lsin, agar saqlanadigan xujjatning o'zi bo'lmasa, saqlash 
amalining ma'nosi yo'q. Bunday hollarda tugma aktiv bo'lmagan xolatga 
o'tkaziladi: 
Save->Enabled =False; 
Font Xossasi ( TFont turida ) vizual komponenta akslanuvchi matn shriftini 
aniqlaydi . O'z navbatida TFont sinfi shrift parametrlarini boshqarishga imkon 
beruvchi xossalariga ega. Bularning ichida asosiylari quyidagilar: 
Name - Shrift nomini aniqlaydi 
Size - Punktlarda shrift o'lchamini beradi 
Style - Shrift Stilini beradi 
Color - Matn rangini boshqaradi 
Masalan , Label1 yozuvining rangini berish : 
Label1->Font->Color=clBreen; Label1->Color=clBlue; 
Yozuv moviy fonddagi yashil matn ko'rinishida bo'ladi. 
Height va Width ( Integer turida ) xossalari komponentaning mos ravishda 
vertikal va gorizontal o'lchamlarini piksillarda beradi. 
Left va Top xossasi (Integer turida) komponentaning u joylashgan 
konteynerga ( forma yoki panelga ) koordinatalarini aniqlaydi. O'z o'rnida forma 
ham komponenta va uning koordinatalari ekranning chap yuqori burchagiga 
nisbatan aniqlanadi. 
HelpContext (THelpContext turida ) xossasi ma'lumotnoma tizimidagi 
kontekst nomerini beradi . Programma bajarilishida komponenta fokusda 
bo'lgan holda < F1 > tugmasi bosilganda, aynan shu komponenta bilan 
bog'liq matn ekranga chiqadi. 
Hint xossasi ( String turida ) kursor komponenta sohasida va bir necha 
soniya harakatsiz holatda bo'lganda ekranga yordamchi matnni chiqaradi . 
Yordamchi matn sariq fondda chiqadi va komponentaning ishlatilish maqsadini 
qisqacha yoritadi . Yordamchi matn ekranda paydo bo'lishi uchun boolean 
turidagi ShowHint xossasining qiymatini True deb aniqlash zarur . 


77 
PopupMenu xossasi suzib chiquvchi lokal menuga ko'rsatadi . Bu menyu 
sichqoncha ko'rsatgichi komponenta maydonida ( soxasida) turgan holda 
sichqonchaning o'ng tugmasi bosilganda paydo bo'ladi va bu xolat ro'y berish 
uchun AutoPopup xossasiga ( boolean turidagi ) True qiymatini berish kerak . 
Kelishuv buyicha uning qiymati False bo'ladi . 
Text Xossai (TCaption turida ) Caption xossasiga o'xshab komponenta bilan 
bog'liq matnni o'zida saqlaydi . Caption xossasidan farqli ravishda Text sarloxa 
sifatida paydo bo'lmasdan komponenta elementining mazmunini aniqlaydi. 
Masalan, Edit , Memo komponentalarida Text xossasi ular ichida tahrirlanadigan 
belgi berilganlarni akslantiradi . 
TabOrder xossasi ( TTabOrder turida ) konteynerdagi komponentalarning 
fokus olish tartibini aniqlaydi ( < Tab > tugmasi bosilganda ), ya'ni 
komponentalar "aylanib " chiqish ketma - ketligini aniqlaydi . Kelishuv 
bo'yicha bu ketma - ketlik formani ko'rinishini yaratishda komponentalarning 
konteynerga joylashtirish tartibiga mos keladi : birinchi komponentaning 
TabOrder xossasining qiymati 0 , ikkinchisiniki -1 va hokozo. Tartibni o'zgartirish 
uchun komponentaning TabOrder xossasiga zarur qiymatni berish kerak . Har bir 
konteyner boshqalariga bog'liq bo'lmagan tabulyatsiya tartibiga ega bo'ladi . 
Ikkita komponenta bir xil tabulyatsiya tartibiga ega bo'lishi mumkin emas. 
TabStop xossasi ( boolean turida ) TabOrder bilan birgalikda ishlatilib , 
komponentaning fokus olishi yoki yo'qligini aniqlaydi . Agar TabStop xossasining 
qiymati True bo'lsa komponenta fokus olishi mumkin , aks xolda yo'q. Vizual 
komponentalarning tabulatsiya tartibini Edit buyruqlar menu sida joylashgan 
Edit Tab Order ( Tabulyatsiya tartibini o'zgartirish ) dialog darchasi orqali amalga 
oshirish mumkin. 
ReadOnly xossasi boolean turida bo'lib , boshqaruv elementiga unda 
joylashgan matnni kiritish yoki taxrirlash bilan bog'liq amallarga ruxsat bor yoki 
yo'qligini aniqlaydi . Agar ReadOnly xossasi True qiymatga ega bo'lsa unda 
matnga faqat o'qish uchun murjaat qilish mumkin , agar ReadOnly xossasi False 
qiymati qabul qilsa , matnni taxrirlash mumkin bo'ladi. Masalan Edit satridan 
matnni faqat o'qish rejimida bermoqchi b'olsak, quyidagi amallar ketma - ketligi 
bajarilishi kerak. 
Edit1->Text = “O'zgarmas matn”; 
Edit1->ReadOnly=True; 
Shuni ta'kidlash kerakki, ReadOnly faqat ilova ishlagan paytdagina amal 
qiladi va programma tuzuvchi ReadOnly xossasining qiymati True bo'lganda ham 
Text xossasining qiymatlarini o'zgartirishi mumkin. 
Vizual komponentalar Color, Ctr3D, Font va Showhint xossalari uchun 
qiymatni ota boshqaruv elementining mos xossalarining qiymatini olishi mumkin 


78 
. Ko'rsatilgan xossalarning qiymat manbaini boolean turidagi quyidagi xossalar 
aniqlab beradi : 
ParentColor - Fon rangi uchun 
Parent Ctl3D - Komponenta ko'rinishi 
ParentFont - Matn shrifti uchun 
ParentShowHint - Yordamchi matnni ko'rsatish uchun 
Aksariyat xollarda kelishuv buyicha bu xossalar qiymatlari True bo'ladi. 
Agar programma tuzuvchi komponentadagi mos xossalarni o'zgartirsa , unga mos 
keluvchi Parent... xossasining qiymati False ga aylanadi. 
Parent xossasi ( TWinControl ) komponenta uchun ota boshqaruv 
elementiga ko'rsatadi . Ota boshqaruv elementi sifatida konteyner keladi va o'z 
ichidagi vizual komponentalarni tasvirlanishiga javob beradi . 
Formani loyixalashda va unga turli xil komponentalarni joylashtirishda 
komponentani qaysi konteynerga joylashishiga mos keladi Parent xossasi 
avtomatik ravishda to'g'ri qiymat qabul qiladi . Komponentalarni dinamik 
ravishda yaratish vaqtida komponentaning Parent xossasiga "qo'lda " qiymat 
berishga to'g'ri keladi. Masalan, tugma komponentasini dinamik ravishda 
yaratishni ko'raylik. 
Button1 tugmasi bosilganda Panel1 panelida Label1 yozuvi paydo bo'ladi . 
Agar Parent xossa qiymati berilmasa, Label1 yaratiladi , lekin ekranda 
ko'rinmaydi. Komponentalarda Owner xossasi mavjud bo'lib, u komponentaning 
egasi bo'lgan elementga ko'rsatadi. Odatda komponentalar egasi ular joylashgan 
forma bo'ladi. Agar ega komponenta o'chirilsa, u egalik qiluvchi barcha 
komponentalar o'chib ketadi. 
DragMode ( TDragMode ) xossasi ob'ektlarni drag-and-drop ( ko'chirish va 
qoldirish) usulida ob'ektlarni ko'chirish bilan bog'liq amallani programma 
ishlatadi va sichqoncha bilan ko'chirilayotganda boshqaruv elementini o'zini 
tutishini aniqlaydi. DragMode xossasi ikkita qiymat qabul qilishi mumkin: 
dmAutomatic va dmManual . Kelishuv bo'yicha dmManual qiymatga ega va shu 
sababli boshqaruv elementini BeginDrag metodi chiqarilmaguncha ko'chirib 
bo'lmaydi. Agar xossaning qiymati dmAutomatic bo'lsa, boshqaruv elementini 
ixtiyoriy paytda ko'chirish mumkin. DragMode xossasi qiymati o'rnatishdan 
tashqari boshqaruv elementi harakatini boshqaruvchi hodisani qayta - 
ishlovchisini kodini yozish kerak. 

Download 1,55 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish