• Visual C++ muxitida menyular
  • Microsoft Word umk d2 sirtqi docx




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/24
    Sana10.06.2024
    Hajmi1,55 Mb.
    #262343
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    maruza3



    65 
    3. Visual C++ muxitida dasturlash. Komponentalar bilan ishlash. 
    Muloqot oynalari bilan ishlash. OLE, MFC texnologiyalari. Ko’p 
    oynali muxitlar bilan ishlash. Kichik loyixalarni yaratish. 
    Foydalanuvchi interfeysini loyihalash. 
    Visual C++ muxitida dasturlash. 
    Visual C++ muxitida menyular 
    Visual C++ muhitida dasturlash. 
    Integrallashgan ishlab chiqarish muhiti, ularni yaratilish tarixi,rivojlanish 
    bosqichlari, yagona tili va ko’p tilli integrallashgan muhitlar, Vizual Studio 
    variantlari va imkoniyatlari, .NET frameworking imkoniyatlari, Visual C++ da 
    Windows ilovalarini yaratish, Muhitda menyular uskunalar paneli, From 
    xususiyatlari va hodisalaridan foydalanish bo’yicha nazariy hamda namunalari 
    keltirilgan bo’lib, nazariy bilimlarni asoslash uchun dasturlar tuzib ko’rsatilgan. 
    Bilimlarni mustahkamlash uchun 30 ta nazariy savol amaliy ko’nikma va 
    malakalarni rivojlantirish uchun 10 assistment topshirig’i berilgan. Bu 
    topshiriqlarni bajarish mavzuni mustahkamlash uchun xizmat qiladi. 
    Kalit so’zlar.IDE, Visual C++,user interface, OYD, .NET, (plug-ins, add-ins, 
    add-ons, abstract Windows Toolkit(AWT), MSDN, Visual Studio Interdev-
    ASP(Active Server Pages),GUI, ilova, loyiha,Windows Forms application, .NET 
    Framework, Buyruqlar va asboblar paneli, Form xususiyatlari, hodisalari, 
    MessageBox. 
    Bilish shart bo’lgan tushunchalar. Tip tushunchasi, sinf va sinf obyekti, 
    funksiya va ko’satkich, kutubxona yaratish va dasturlashga oid dastlabki 
    tushunchalar hamda C++ tilini qo’llab quvvatlovchi muhitda ishlashni bilish 
    lozim. 
    Bilib olasiz. Visual C++ muhitida dasturlash, integrallashgan ishlab 
    chiqarish muhiti, toolkit, toolbox, Integrallashgan muhitlar tarixi, Turbo muhitlar, 
    GNU Emacs, Obyektga yo’naltirilgan til, Team Foundation Server (TFS), 
    kengaytmalar ishlab chiqish mexanizmi (plug-ins, add-ins, add-ons), Yagona tilli 
    ko’p tilli integrallashgan muhitlar,NetBeans integrallshgan muhiti, Java 
    dasturlash haqida, Microsoft Visual C++, ASP texnologiyasi, Visual C++ da 
    Windows ilovalarini yaratish, Muhitda menyular uskunalar paneli, Buyruqlar va 
    uskunalar paneli, MS Visual Studio muhitining interaktiv tugmalari, Form 
    xususiyatlari va hodislari, MessageBox sinfining show funksiyalarini 
    o’rganishingiz mumkin. 
    Bugungi kunda dasturlash muhitlari va turlari ko’payib bormoqda. Shu 
    vaqtgacha console rejimida o’rgangan bo’lsangiz kerak. Ammo so’nggi 35 yil 
    ichida foydalanuvchilar oynali dasturlash muhitlaridan foydalanib kelishmoqda. 


    66 
    Bunday dasturlarni yaratish uchun qulay visual dasturlash muhitlari yaratilgan. 
    Ularda birinchi navbatda foydalanuvchining UI(user interface) yoki dasturning 
    foydalanuvchi bilan muloqot oynasi loyihalashtiriladi.Buning uchun tayyor sinflar 
    (komponetalar) mavjud bo’lib, ularning xususiyatlar, funksiyalari va hodisalari 
    bilan ishlash juda qulay bo’lib, visual foydalanish mumkin.Vizual foydalanish 
    ko’rib turib ishlatish degan ma’noni beradi. Bu visual dasturlash bo’yicha ilk 
    ma’lumotlarni keltiramiz. Deyarli barcha dasturlash tillari uchun visual 
    dasturlash muhitlari mavjud. 
    Visual C++ muhitida dasturlash. Dastavval integrallashgan ishlab chiqarish 
    muhitining ilovalari tushunchasi, uning model xususiyatlari, rivojlanish tarixi, 
    ularning eng ko’p ishlatilganlari bilan tanishish lozim. 
    Integrallashgan ishlab chiqarish muhiti (Integrated development 
    environment – IDE) – dasturni ishlab chiqish hayot siklining barcha asosiy 
    funksiyalarini qo’llab quvvatlovchi umumiy interaktiv grafik qobig’iga ega bo’lgan 
    dasturlarni ishlab chiqish va tekshirish vositalari majmui, dastur matnini (kod) 
    yozish va tahrirlash, kompilyatsiya, bajarish, xatolarni tuzatish, profilaktika va 
    boshqalarni bajarish imkoniyati beradi. 
    Integrallashgan muhitdan foydalanish dastur ishlab chiqishning mumkin 
    bo’lgan yondashuvlaridan biridir. Shu bilan bir qatorda, UNIX tizimining oldingi 
    an’anaviy yondashuvi, funksionallik bilan bog’liq bo’lgan vositalar (toolkit, 
    toolbox) to’plamidan foydalanishga asoslangan, lekin Integral interaktiv muhitga 
    va ba’zan (UNIX interfeysi) amalga oshirilgan. Albatta, Integrallashgan muhitdan 
    foydalanish ishlab chiquvchi uchun ancha qulay bo’lib, u 1980-yillardan boshlab 
    Integrallashgan muhitlarning jadal rivojlanishi va turli tumanligini izohlaydi. 
    Birinchi integrallashgan muhitlardan biri Borlandning Turbo Paskalidir, 
    1980-yillar o’rtalarida Niklaus Wirth va uning talabasi Filip Kahn tomonidan 
    ishlab chiqilgan. 
    Microsoft zamonaviy integrallashgan muhitning eng yaxshi namunalaridan 
    bo’lgan Visual Studio ni yaratish va rivoshlantirish orqali Integrallashgan 
    muhitlarning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. Uning yangi versiyasi juda ko’p va 
    oxirgisi, Visual Studio 2019, ammo keyinchalik Visual Studio 2012 muhitida C++ 
    tilidan foydalanisiz. 
    Integrallashgan muhitlar tarixi. Integrallashgan muhitlar g’oyasi 1980-
    yillarning o’rtalariga kelib, Integrallashgan muhitlarning ikki guruhi paydo bo’ldi: 
    -Turbo muhitlar(Turbo Pascal, Turbo C, C++, Delphi, Turbo va hokazo.) bu 
    tillarda dasturlashni qo’llab quvvatlash uchun Borland tomonidan, MS DOS 
    operatsion tizimi uchun, keyin Windows uchun foydalanishgan; 
    -GNU Emacs – MS DOS uchun, keyin Windows, OpenVMS va Linux uchun 
    amalga oshiriladigan ko’p tilli va ko’p platformali Integrallashgan muhitlar. 1990-
    yilda Sun Microsystems bilan ishlagan rivojlantirish jamoasi orasida, Solaris 


    67 
    platformasi uchun uni amalga oshiruvchi ko’p foydalanuvchilari va GNU Emacs 
    tashabuskorlari bore di. 
    Obyektga yo’naltirilgan til Smalltalk kompaniyasi Xeror PARC dasturlarni 
    ishlab chiqish uchun o’sha yillarda integrallashgan muhiti amalga joriy qilingan. 
    Unda OYD birinchi integrallashgan muhiti yaratilgan va u dasturlash 
    texnologiyasi bytecode ikkilik va Postfix oraliq vakillik tushunchasini joriy qilgan 
    va shuningdek just-in-time (JIT,dinamik) kompilyatsiyasi birinchi ilg’or usuli 
    bo’yicha kompyuterda maqsadli ijro kompilyatsiyasi yaratgan. 
    Borlandning turbo muhitlari dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilari va 
    dasturiy ta’minot ishlab chiqish vositalari yaratuvchilariga katta ta’sir ko’rsatdi. 
    Ularning xarakterli xususiyatli doimiy rivojlanish siklini qo’llab-quvvatlash edi: 
    manba matnini yozish va tahrirlash-kompilyatsiya-tahlil qilish va xatolarni qayta 
    tuzatish-kompilyatsiya qilishni yakunlash-ijro etish va xatolarni qayta tuzatish. 
    Integral muhitdan chiqmasdan va bu bosqichlar oddiy funksiya tugmachalari 
    bilan nazorat qilindi va har qanday alohida vositalarni aniq chaqirishni talab 
    qilmaydi. Yuqori kompilyatsiya tezligi ham Turbo muhitlarining jozibador 
    tomoniga aylandi. Turbo Paskalning birinchi versiyalarida kompilyatsiya birinchi 
    xatodan oldin amalga oshirilgan bo’lsa-da barcha xatolarni toppish va tashxislash 
    uchun avvalgisini o’rnatganingizdan so’ng kompilyatsiyani qayta ishga 
    tushirishingiz 

    Download 1,55 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish