• Bozor va tavakkalchilik glossary
  • Iste’molchi tanlovi nazariyasi: Budjet chizig‘i va budjet chegarasi. Daromad samarasi va almashtirish samarasi




    Download 3,87 Mb.
    bet12/21
    Sana13.12.2023
    Hajmi3,87 Mb.
    #118073
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
    Bog'liq
    Mavzu

    Iste’molchi tanlovi nazariyasi: Budjet chizig‘i va budjet chegarasi. Daromad samarasi va almashtirish samarasi


    Keys
    1) 2020-yilning dastlabki 10 oyida go‘sht mahsulotlari narxi respublika bo‘yicha o‘rtacha 15 foizga, shundan, mol go‘shti 18,2 foizga va qo‘y go‘shti 22,1 foizga qimmatlashdi.
    2) 2020-yilning yanvar-oktyabr oylarida bug‘doy uni respublika bo‘yicha o‘rtacha 12,9 foizga qimmatlashdi. Pandemiya davrida asosiy oziq-ovqat tovarlariga, xususan, bug‘doy uniga ham talabning keskin oshishi natijasida mart-may oylarida ushbu tovar narxida yuqori o‘sish kuzatildi
    3) 2020-yilning yanvar-oktyabr oylari davomida yog‘-moy mahsulotlari narxlari respublika bo‘yicha o‘rtacha 20,2 foizga, xususan, o‘simlik yog‘i 23,9 foizga, paxta yog‘i 24,2 foizga qimmatlashdi.
    Javob:
    1)Bunda, avgust oyining ikkinchi yarmidan karantin cheklovlarining yumshatilishi natijasida kechikkan talabning yuzaga chiqishi (umumiy ovqatlanish sohasi faoliyatining tiklanishi hamda aholi orasida to‘y va boshqa marosimlar o‘tkazilishiga ruxsat berilishi) hamda chorva ozuqasi narxining qimmatlashishi ushbu mahsulotlar narxlariga oshiruvchi bosimni yuzaga keltirdi.
    2) Tahlillar mamlakatimizda va asosiy savdo hamkor davlatlar – Rossiya hamda Qozog‘istonda joriy yilgi bug‘doy hosilining kutilgandan ko‘proq bo‘lganligini, kelgusida ushbu mahsulot narxining yuqori oshishiga sabab bo‘ladigan omillarning yo‘qligini ko‘rsatmoqda.
    3) Bunda, yog‘-moy mahsulotlari narxlari oshishi, asosan, sentyabr-oktyabr oylarida kuzatildi. Narxlar oshishiga joriy yilda ob-havo sharoitlarining noqulay kelishi natijasida kungabaqor hosilining kamayishi, yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining qisqarishi sabab bo‘ldi. Yog‘-moy mahsulotlari importida raqobat sharoitlarining yaxshilanishi va yetkazib beruvchilar tarkibining diversifikatsiya qilinishi kelgusida narxlarni pasaytiruvchi omillardan bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
    Bozor va tavakkalchilik glossary
    Bozor.
    Bozor, mahsulotlar, xizmatlar, yoki mablag’lar o’zgaruvchan narxlar ostida alish-berish uchun o’rganilgan joy. Bu o’rtacha mijozlar, tadbirkorlar va mamlakatlar orasidagi iqtisodiy faoliyatning markazidir.

    Tavakkalchilik.


    Tavakkalchilik, insonning istiqboliga yoki kelajagini to’liq bilish uchun hamkorlikda ishlash, o’z xohishlari uchun harakat qilish, vaqt va manfaatlarini samarali ishlatishni talab qiladigan mazmuniy qarash. Diniy mazkuratda ham tavakkalchilik “o’zgadir” yoki “harakat” bilan bog’liq qo’llaniladi.

    Sovuq bozor- Mahsulotlarni ommaviy hisobda o’zgartirish va sotish jarayonlari.


    Monopoliya-Biror bir korxonaning mahsulot yoki xizmatlarni yagona sotish huquqi.

    Tavakkalchi tadbirkor-Tadbirkorlikda faoliyat ko’rsatayotgan kishilik, shaxs yoki jamiyat, kishilarning o’zlariga ait ishlarini olib borishda o’zlariga ishonch hissiyatini ilgari suradigan kishilardir.


    Tavakkalchilik sababi- Harakat qilishda mavjud rahmat va qoniqtirish bilan qo’llanadi.

    Tavakkalchilikni o‘lchash.


    Tavakkalchilikni o‘lchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bog‘liq. Amerikalik olim F.Nayt (1885-1974) ehtimolni ikki turga bo‘ladi: matematik, ya’ni oldindan aniqlash mumkin bo‘lgan ehtimol va statistik ehtimol. Birinchi tur ehtimolga tanganing raqam yoki gerb tomonini tushish ehtimoli ½ ga tengligi yoki o‘ynaydigan olti qirrali toshning oltita raqamidan bittasini tushishi ehtimolining 1/6 ga tengligi misol bo‘lishi mumkin.

    BOZOR SHAROITADIGI JARAYONLAR


    Bozor iqtisodiyotining hozirgi bosqichdagi rivojlanishi yuqori mavhumlik darajasi bilan tavsiflanadi. Bozor o’z tavakkalchiliklari va xavf-xatarlari hisobiga ayirboshlash bitimlarini amalga oshiruvchi sotuvchi va xaridorlarning uchrashuvini ko’zda tutadi. Xo’jalik faoliyatida tavakkalchilik – odatiy holdir.
    TAVAKKAL USTIGA MUAMMO
    Xo’jalik faoliyati tavakkalchiligi sabablari favqulodda turlichadir. Bo’lar tabiiy ofatlar, xo’jalik majburiyatlarining boshqa ishtirokchilar tomonidan bajarilmasligi, siyosiy vaziyatning beqarorlashuvi, narxlarning o’zgarishi, soliq siyosatidagi o’zgarishlar bo’lishi mumkin.
    TAVAKKALCHILIK – PUHTA O’YLANGAN BIROQ SHUNDA HAM DUCH KELISH EHTIMOL YIRIK
    Bozor holati ehtimollik tavsifiga ega – tadbirkorlar foyda olish maqsadida tijorat faoliyati bilan shug’ullanadilar va bu faoliyat doirasida tavakkalchilikka duch keladilar. Iqtisodiy tavakkalchilikni o’rganish, baholash va uni tartibga solish zarurati bozor mexanizmining mavjud bo’lishining o’zidan kelib chiqadi. Tavakkalchilik deyilganda inson faoliyati turlari va u yoki bu tabiat hodisasining xususiyatlaridan kelib chiquvchi mumkin bo’lgan yo’qotishlar xavfi tushuniladi. Har xil investision loyihalar har xil tavakkalchilik darajasiga ega bo’ladi, kapital kuyilmalarning daromadliligi eng yuqori variantlar eng yuqori tavakkalchilik darajasiga ega bo’lishi mumkin.
    : “Kim tavakkal qilmaydi, u hech narsaga ega bo’lmaydi”.
    Tavakkalchilik – bu iqtisodiy kategoriyadir. Iqtisodiy kategoriya sifatida u yuz berishi mumkin yoki mumkin bo’lmagan hodisani ifoda etadi. Bunday hodisa yuz bergan holatda uch iqtisodiy natijadan biriga erishish mumkin: salbiy (mag’lubiyat, zarar); nolli; ijobiy (yutuq, unum, foyda). Tavakkalchilik – “yo ustidan yo ostidan” tamoyili buyicha o’z faoliyatining omadli chiqishiga umid qilingan holda amalga oshiriluvchi harakatdir. Albatta, tavakkalchilikdan qochish mumkin, ya’ni tavakkalchilik bilan bog’liq ishdan birdan oddiygina qilib voz kechish orqaligina. Birok tadbirkorlar uchun tavakkalchilikdan qochish, ko’pincha mumkin bo’lgan foydadan kechish bilan barobardir. Yaxshigina maqol ham bor: “Kim tavakkal qilmaydi, u hech narsaga ega bo’lmaydi”.
    TAVAKKALCHILIK TURLARI
    Tavakkalchilikni boshqarishni tashkillashtirish samaradorligi tavakkalchilikning tasniflanishiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Tavakkalchilikning tasniflanishi deyilganda ularni ma’lum maqsadlarga erishish uchun ma’lum belgilari buyicha alohida guruhlarga ajratilishini tushunish lozim. Tavakkalchilikning ilmiy asoslangan tasniflanishi har bir tavakkalchilikning umumiy tizimdagi aniq o’rnini aniqlashga imkon beradi. Mumkin bo’lgan natija (tavakkalchilik hodisasi) ga bog’liq holda tavakkalchilikni ikkita katta guruh: sof va spekulyativ tavakkal-chiliklarga bo’lish mumkin:
    Sof tavakkalchilik
    SOF TAVAKKALCHILIK salbiy yoki nol’ natija olish imkonini bildiradi. Bu tavakkalchiliklarga: tabiiy, ekologik, siyosiy, transport va tijorat tavakkalchiliklarining bir qismi (mulkiy, ishlab chiqarish, savdo) tavakkalchiliklarni kiritishimiz mumkin.
    Spekulyativ tavakkalchiliklar
    Spekulyativ tavakkalchiliklar ham ijobiy ham salbiy natija olish imkonini ifoda etadi. Ularga tijorat tavakkalchiliklarning bir qismi bo’lgan moliyaviy tavakkalchiliklar mavjud.

    Keys

    1.Riskni boshqarish strategiyalari.


    2.Iqtisodiy ko’rsatkichlarni kuzatish.
    3.Diversifikatsiya Huquqiy maslahatlar va davlat qo’llab-quvvatlari.
    Javob
    1.Tavakkalchilikda o’zgarmaydigan faktorlar borligi sababli, riskni boshqarish strategiyalarini rivojlantirish zarur. Bu strategiyalar boshqaruv, sug’urta, vaqtning o’zida turli xil darajada moliyaviy muhofaza, investitsiyalarni boshqarishni o’z ichiga oladi.
    2.Bozor va iqtisodiy ko’rsatkichlarni kuzatib borish, ma’lum bir sohada bajarilayotgan o’zgarishlarni oldindan sezishga yordam beradi. Bu bilan birga, davlat iqtisodiyoti, bozorlarning holati va qonun hujjatlari kuzatish uchun kerakli bo’lishi mumkin.
    3. Investitsiya portfeli, mahsulotlar yoki xizmatlarni o’zlashtirish va diversifikatsiya qilish, riskni kamaytirish va tovarlarning yoki sohalarining o’zaro bog’liqlikni kamaytirishga yordam beradi.

    Download 3,87 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




    Download 3,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iste’molchi tanlovi nazariyasi: Budjet chizig‘i va budjet chegarasi. Daromad samarasi va almashtirish samarasi

    Download 3,87 Mb.