|
Arduino IDE dasturi ta`minoti vazifasi va imkoniyatlari?
|
bet | 19/20 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 464,09 Kb. | | #260169 |
Bog'liq Spes gos33. Arduino IDE dasturi ta`minoti vazifasi va imkoniyatlari?
Arduino IDE (Integrated Development Environment) dasturi Arduino platforma uchun dastur yozish, sinash va yuklash uchun ishlatiladi. Arduino IDE dasturining asosiy vazifalar va imkoniyatlari quyidagilardan iborat:
Dastur yozish:
Arduino tili (C/C++ asosida) uchun kod yozish
Kodni sintaktik jihatdan tekshirish va xatolarni tuzatish
Kodni formatlash, kommentariyalash va kodni struktura asosida tashkil etish
Dasturni sinash:
Kodni kompilyatsiya qilish va hatoliklarni aniqlash
Seriya monitor orqali Arduino plata bilan muvaffaqiyatli aloqa o'rnatish
Chiqish ma'lumotlarini kuzatish va tahlil qilish
Dasturni yuklash:
Arduino platasiga kompyuterdan kerakli dasturni yuklash
Plata uchun to'g'ri drayverlarni avtomatik o'rnatish
Loyihalar bilan ishlash:
Yangi loyihalar yaratish
Mavjud loyihalarni ochish, tahrirlash va saqlash
Ilova va kutubxonalar:
Arduino uchun ko'p sonli ilova va kutubxonalarni qo'shish
Mavjud ilovalarni qidirish, o'rnatish va boshqarish
Sozlashlar:
Dastur tilini, mavzu ranglarini va boshqa ko'rinishlarni sozlash
Plata turini, porting tezligini va boshqa sozlamalarni moslash
Arduino IDE dasturi Arduino platformasi uchun qulay va foydalanuvchiga yo'naltirilgan muhitni taqdim etadi. U yangi loyihalar yaratish, mavjud loyihalarni takomillashtirish, dasturlarni sinash va yuklash imkonini beradi. Arduino IDE dasturi Arduino loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun juda qulaydir.
34. Tarmoqlararo ekran texnologiyasi va uning qo`llanilishi?
Tarmoqlararo ekran — himoyalash vositasi bo‘lib, ishonchli tarmoq, va ishonchsiz tarmoq orasida ma’lumotlarga kirishni boshqarishda qo‘llaniladi. Tarmoqlararo ekran ko‘p komponentli bo‘lib, u Internetdan tashkilotning axborot zahiralarini himoyalash strategiyasi sanaladi. Ya’ni tashkilot tarmog‘i va Internet orasida qo‘riqlash vazifasini bajaradi. Tarmoqlararo ekranning asosiy funksiyasi ma’lumotlarga egalik qilishni markazlashtirilgan boshqaruvini ta’minlashdan iborat. Tarmoqlararo ekran quyidagi himoyalarni amalga oshiradi: o‘rinsiz trafiklar, ya’ni tarmoqda uzatiladigan xabarlar oqimini taqiqlash; qabo‘l qilingan trafikni ichki tizimlarga yunaltirish; ichki tizimning zaif qismlarini yashirish bilan Internet tomonidan uyushtiriladigan xujumlardan himoyalash; barcha trafiklarni bayonlashtirish; ichki ma’lumotlarni, masalan tarmoq topologiyasini, tizim nomlarini, tarmoq uskunalarini va foydalanuvchilarning identifikatorlarini Internetdan yashirish; ishonchli autentifikatsiyani taьminlash. Ko‘pgina adabiyotlarda tarmoqlararo ekran tushunchasi brandmauer yoki FireWall deb yuritilgan. Umuman bo‘larning xammasi yagona tushunchadir. Tarmoqlararo ekran — bu tizim, umumiy tarmoqni ikki qismga ajratib, tarmoqlararo himoya vazifasini o‘taydi va ma’lumotlar paketining chegaradan o‘tish shartlarini amalga oshiradigan qoidalar to‘plami hisoblanadi. Odatda tarmoqlararo ekran ichki tarmoqlarni global tarmoqlardan, ya’ni Internetdan himoya qiladi. SHuni aytish kerakki, tarmoqlararo ekran nafaqat Internetdan, balki korporativ tarmoqlardan xam himoya qilish qobiliyatiga egadir.
Har qanday tarmoqlararo ekran ichki tarmoqlarni to‘liq himoya qila oladi deb bo‘lmaydi. Internet xizmati va hamma protokollarning amaliy jihatdan axborotlarga nisbatan himoyasining to‘liq bo‘lmaganligi muammosi bor. Bu muammolar kelib chiqishining asosiy sababi Internetning UNIX operatsion tizim bilan bog‘liqligida. TCP/IP (Transtnission Control Protokol/lnternet Protocol) Internetning global tarmog‘ida kommunikatsiyani ta’minlaydi va tarmoqlarda ommaviy ravishda qo‘llaniladi.
|
| |