• Taktik chastotasi
  • Haroratni nazorat qilish posti
  • Arifmetik mantiqiy qurilma (AMQ)
  • Registrlar
  • Turbo kuchaytirish boshqaruvi




    Download 2,15 Mb.
    bet2/4
    Sana24.06.2024
    Hajmi2,15 Mb.
    #265422
    1   2   3   4
    Bog'liq
    1- amaliy mashg\'ulot KTDT

    Turbo kuchaytirish boshqaruvi. Protsessorning maksimal chastotasini oshirishga imkon beradigan texnologiya. “i3” versiyalari avtomatik chastotani o‘zgartirib bo‘lmaydi, ammo “i5” va “i7” da ushbu texnologiya mavjud. Shunday qilib, tizimdagi 2 yadroli protsessor 4 yadroli protsessor sifatida qaraladi.
    Kesh. Protsessorning ajralmas qismi bo‘lib (odatda 1 dan 4 MB gacha) yuqori tezlikda ishlaydigan xotira hisoblanadi. Tez-tez ishlatiladigan ma’lumotlarni qayta ishlashni tezlashtirishga imkon beradi.
    Protsessorlarning asosiy xususiyatlari Hozirgi zamonaviy protsessorlarning har biri uchun o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ular quyidagilardan iborat:
    Taktik chastotasi . Gigagertslarda o‘lchanadi. Umuman aytganda, chastota qancha yuqori bo‘lsa, protsessor shunchalik samarali ishlaydi.
    Yadrolar soni. Chip ichida qancha fizik protsessor yashiringanligini ko‘rsatadi. Aksariyat protsessorlarda 2 ta yadro, kuchli variantlarda 4 ta yadro va undan yuqorilari ham mavjud.
    Haroratni nazorat qilish posti – TDP (Thermal Design Power). Oddiy ish haroratini ushlab turish uchun protsessordan chiqarilishi kerak bo‘lgan maksimal issiqlik miqdorini ko‘rsatadigan qiymat.
    Core i9 oilasiga mansub protsessorlarning qiyosiy tahlili
    ARIFMETIK MANTIQIY QURILMA VAZIFASINI TASHKIL ETILUVCHILAR BILAN TANISHISH
    Arifmetik mantiqiy qurilma (AMQ) protsessorning eng muhim qismidir. U dasturlarni bajarishda har xil arifmetik va mantiqiy amallarni bajarishga imkon beradi. Arifmetik mantiqiy qurilma tomonidan bajariladigan operatsiya turi boshqaruv dasturini tuzuvchi ya’ni dasturchi tomonidan belgilanadi. Operativ xotirada saqlanadigan dastur qismlarga bo‘lib, protsessorga uzatiladi va bajariladi.
    Shunday qilib, protsessor faqat dasturchining buyruqlar (dasturlar) to‘plami shaklida ifodalangan ko‘rsatmalarini bajaradi.
    Protsessor (boshqa barcha raqamli qurilmalar singari) boshqaruv signallari va dasturlarni ikkilik sanoq sistemasidagi raqamlar shaklida qabul qiladi. Natija ikkilik sanoq sistemasi raqamlari sifatida ham hosil bo‘ladi.
    Aynan shu ikkilik sanoq sistemasi raqamlari protsessorni (shu jumladan AMQ) dasturchi tomonidan rejalashtirilgan operatsiyalarni bajarishga imkon beradi
    Registrlar deb, raqamli axborotni qabul qilish, xotirada saqlash, uni uzatish va shu axborotni kodini o‘zgartiradigan qurilmaga aytiladi. Registr inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, yozuv jurnali (Jurnal registratsiy) degan ma’noni anglatadi.
    Registrda axborot 0 va 1 raqamlarining kombinatsiyasidan iborat sonlar ko‘rinishida saqlanadi.
    Registrlar triger deb ataluvchi mantiqiy elementlar to‘plamidan tashkil topgan va ularning soni mashina so‘zining razryadlar soniga teng bo‘ladi. Axborotdagi ikkilik kodning har bir razryadiga registrning bitta mos razryadi to‘g‘ri keladi.
    Registrlar axborotni xotirada saqlashdan tashqari ular quyidagi vazifalarni ham bajaradi.
    1) Sonning kodini o‘zgartirish;
    2) Axborotni o‘ngga va chap istalgan razryadga surish;
    3) Ketma-ket kodlarni parallel kodlarga almashtirish va aksincha;
    4) Ayrim mantiqiy amallarni bajarish;

    Download 2,15 Mb.
    1   2   3   4




    Download 2,15 Mb.