|
Registr guruhlari tasnifi
|
bet | 3/4 | Sana | 24.06.2024 | Hajmi | 2,15 Mb. | | #265422 |
Bog'liq 1- amaliy mashg\'ulot KTDTRegistr guruhlari tasnifi
Registr o‘zining strukturaviy tuzilishiga ko‘ra 8 razryadli, 16 razryadli, 32 razryadli bo‘ladi. Registrlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1) Umumiy foydalanishga mo‘ljallangan registrlar
2) Segment registrlar
3) Flag registrlar
4) Buyruq registrlar
5) Soprotsessor registrlari
6) MMX kengaytmali butun sonli registrlar
7) MMX kengaytmali o‘nlik nuqtasi siljuvchan sonlar bilan ishlovchi registrlar
Kompyuter xotirasining ikki turi mavjud: ichki va tashqi.
Ichki xotira: tezkor xotira (RAM) va faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan xotira (ROM) Ichki xotiraning eng muhim qismi RAM - tezkor kirish xotirasi deb hisoblanadi.
Tashqi xotira (har xil disklar) axborotni uzoq muddatli saqlashga mo‘ljallangan. Shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladigan mashina ma’lumotlarini saqlashning eng tanish vositalari quyidagilardir: RAM modullari, qattiq disklar (qattiq disklar), floppi, CD yoki DVD disklar va flesh xotira qurilmalari hisoblanadi.
Tezkor xotira - kompyutеrda ishlatilayotgan dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydi. Ma’lumotlar doimiy xotiradan tezkor xotiraga ko‘chiriladi, olingan natijalar zarur holda diskka qayta yoziladi.
Kompyutеr o‘chirilishi bilan tezkor xotiradagi ma’lumotlar o‘chiriladi.
Tezkor xotirani asosiy oʻlchov birligi uning xotira hajmi boʻlib, kilobayt, megabayt, gigabaytlarda oʻlchanadi. Hozirgi zamonaviy tezkor xotiralar hajmi asosan gigabaytlarda o‘lchanadi.
Kesh xotirasi.
Kompyuterdagi kesh xotirasining asosiy maqsadi dastur kodlari va hozirgi vaqtda qayta ishlanayotgan ma’lumotlarni vaqtincha saqlash uchun xizmat qiladi.
Ya’ni, uning maqsadi axborotni saqlash va qayta ishlash uchun turli xil qurilmalar orasidagi bufer bo‘lib xizmat qiladi.
Kesh xotira mikrosxemalari – kompyuter tomonidan dasturlar ishlash jarayonida ko‘p ishlatilgan ma’lumotlarni saqlash uchun foydalanadi. Bu xotira tezkor va doimiy xotira o‘rtasida joylashadi.
|
| |