|
Mikroprotsessor, boshqacha nomi – markaziy protsessor
|
bet | 1/4 | Sana | 24.06.2024 | Hajmi | 2,15 Mb. | | #265422 |
Bog'liq 1- amaliy mashg\'ulot KTDT
1- Amaliy mashg’ulot
Mikroprotsessor, boshqacha nomi – markaziy protsessor. Markaziy protsessor (CPU, ingl. Central Processing Unit) – kompyuterning dastur tomonidan berilgan arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajaradigan asosiy ish komponenti bo‘lib, hisoblash jarayonini boshqaradi va kompyuterda mavjud barcha qurilmalar ishini muvofiqlashtiradi.
Zamonaviy protsessorlar mikroprotsessorlar ko‘rinishida tayyorlanadi.
Mikroprotsessor integral sxema ko‘rinishidan iborat, ya’ni u umumiy maydoni atigi bir necha kvadrat millimetr keladigan to‘g‘ri burchak shaklga ega kristall holatdagi kremniyning yupqa plastinkasi ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lib, ustiga protsessorning barcha ishlarini bajaradigan sxemalar (qoliplar) joylashtirilgan.
Mikroprotsessorlar yoki markaziy protsessorlar shaxsiy kompyuterlarning “miyasini” tashkil qiladi.
Mikroprotsessorning quyidagi turlari mavjud: 8088/8086 protsessorlari, 80386 protsessorlari, 80486 protsessorlari, Pentium protsessorlari, Pentium MMX protsessori, Pentium Pro protsessori, Pentium II protsessolari, Pentium III protsessolari, AMD K-6 protsessori, Intel CoreI 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, NVIDIA, Elburs, Philips.
Har bir mikroprotsessorning ustiga firma nomi va turi yoziladi.
Hozirgi zamonaviy mikroprotsessorlardan quyidagilarni misol qilish mumkin: Intel va AMD kompaniyalar ishlab chiqarayotgan protsessorlarining turli xil modellari mavjud, bular quyidagilar: “Intel Core” uchun “i3”, “i5”, “i7”, “i9” bo‘lishi mumkin yoki “m5”, “x5”, “E” yoki “N” rusumlar mavjud.
AMD firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy mikroprotsessorlar quyidagilar: AMD Ryzen 9 3950X, AMD Ryzen 9 5900X, AMD FX-8320, AMD FX-8370E shuningdek va boshqa turli xildagi rusumli zamonaviy protsessorlar mavjud.
|
| |