O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI
“KOMPYUTER INJINIRINGI”
FAKULTETI
III bosqich KI-611-21 guruh talabasining
Kompyuter arxitekturasi
FANIDAN TAYYORLAGAN
1-mustaqil ishi
Bajardi:
Tursunov U.
Qabul qildi:
Sobirov M.
Mazvu:Zamonaviy kompyuterlarning protsessorlari va
xususiyatlari
Reja
I Kirish
1.Kompyuter
II Asosiy qism
1.Kompyuterlarning kelib chiqish tarixi
2.Kompyuter turlari
3.Protsessorlarning xususiyatlari
III Yakuniy qism
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar
Kompyuter (inglizcha: computer
— „hisoblayman“) — oldindan
berilgan dastur
boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash
mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Biroq, kompyuter hisoblash ishlarini
bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng. EHMlarning rivojlanishida
kompyuter ning bir necha avlodlarini koʻrsatish mumkin. Bu avlodlar element turlari,
konstruktiv-
texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur taʼminoti, texnik
tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi.
Kompyuterning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy
element elektron lampa
boʻlgani uchun u juda katta joyni egallagan edi. Soʻngra bu
lampa oʻrnida tranzistorlar ishlatilgan kompyuter (Razdan-2, M-220, Minsk-22 va
boshqalar), integral mikrosxemalar ishlatilgan kompyuter (IBM-360, 1BM-370,
(AQSh), YESEVM (Rossiya
) va boshqalar, integratsiya darajasi katta boʻlgan
integral sxemalar oʻrnatilgan shaxsiy kompyuterlar paydo boʻldi. Shaxsiy
kompyuter (mikro va mikro EHM) tushunchasi XX asr 70-yillar oxiridan boshlab
keng tarqala boshladi. Shaxsiy kompyuterning keyingi avlodlarida mikroelektron va
biosxemalardan foydalanildi; ularning hajmi kitob kattaligidek hajmga kichraydi,
massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi. 1981-yil IBM shirkati shaxsiy kompyuterning
yanada takomillashgan modellarini ishlab chiqara boshladi. Keyinchalik boshqa
firmalar IBM bilan PC biriktirilgan kompyuterni, Apple shirkati
esa Macintosh
(talaffuzi: „Makintosh“) yoki oddiygina „maki“ deb ataladigan
kompyuterni yaratishdi. XXI asr boshlarida dunyoda oʻnlab million shaxsiy
kompyuterlar, 1 millionga yaqin EHM (shu jumladan, bir necha oʻn superEVM)
boʻlgan. Kompyuterlar masalalarni yechishda foydalaniladigan komponentlar
(tarkibiy qismlar) tarkibi va tavsifi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Murakkab
masalalarni yechishda kuchli qurilmalar oʻrnatilgan kompyuterdan, hujjatlarni
bosishda harf bosish qurilmasi boʻlgan kompyuterdan foydalaniladi. Istalgan
kompyuter tizimlar bloki, monitor va klaviaturadan
iborat boʻladi. Kerak boʻlganda
boʻlardan tashqari boshqa qurilmalar ham ulanadi. Tizimlar blokida kompyuterning
ishlashi uchun zarur muhim qismlar (diskni yuritkich, vinchester
— qattiq disk,
mantiqiy amallarni bajaruvchi mikrosxemalar) bo
ʻlib, unga qolgan qurilmalar
ulanadi. Monitor (displey) matn va turli tasvir koʻrinishidagi axborotlarni ekranda
aks ettiradi. Klaviatura kompyuterga buyruq va turli axborotlarni kiritadi. Koʻpincha,
kompyuter tarkibiga
„sichqoncha“ manipulyatori va printer kiritiladi. „Sichqoncha“
ikki yoki uchta knopkasi (tugmasi) boʻlgan qurilma boʻlib, uning yordamida
kompyuter ishi
ni osonlashtiradi. Printer esa axborotlarni qogʻozga tushirish uchun
xizmat qiladi. Zamonaviy kompyuterlar, asosan, toʻrt qurilma:
boshqarish, protsessor, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat.
Boshqarish qurilmasi kompyuterning barcha qurilmalari ishini muvofiqlashtiradi va
boshqaradi. Protsessor kompyuterning asosiy qurilmasi boʻlib, axborotlarga ishlov
beradi, yaʼni hisoblash amallari, solishtirish va uzatish kabi arifmetik-mantiqiy
amallarni bajaradi. Bu qurilma bajaradigan amallar dasturlar orqali belgilanadi.
Xotira qurilmasi axborotlarga ishlov berish vaqtida uni saqlash uchun xizmat qiladi.
Foydalanayotgan dasturlar ichki xotirada, uzoq, muddat saqlanadigan axborotlar
tashqi xotira (disketalar)da saqlanadi. Ichki va tashqi xotiralarda axborot
almashinuvi kiritish-chiqarish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.
Kompyuter oʻyinlari ham keng tarqalgan. Ularning mingdan ortiq xili mavjud; ular
yordamida koʻp narsalarni amaliy bilib olish va amaliy tajribalarni orttirish mumkin.
Kompyuterning universalligi axborotni aniq maqsad yoʻlida qayta ishlay olishiga,
inson faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarishni tubdan oʻzgartirishga,
kishilarning ishini osonlashtirishga imkon beradi. Ob-havoni oldindan aytib
berishda meteostyalar va
sunʼiy yoʻldoshlardan keladigan axborotlarni yigʻib va
tahlil qilib, juda katta hisoblash ishlarini bajarad
i va inson uchun qulay boʻlgan
shaklda ifodalaydi.
Kompyuter (elektron xisoblash mashinasi) –xisoblash va axborot masalalarini yechish
jaroyonida axborotlarga avtomatik ishlov berish uchun mo‘ljallangan texnik vositalarining
to‘plami.
Kompyuterlar qator belgilar bo‘yicha turlarga ajratilishi mumkun, xususan:
ishlash tamoili;
element asosi ;
vazifasi;
xisoblash jarayonining tashkillashtirilish usuli;
o‘lchami va xisoblash quvvati;
imkoniyatlari;
dasturlarni parallel bajarish imkoniyati bo‘yicha va xokazo.
|