Kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg




Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana16.12.2023
Hajmi1,49 Mb.
#120204
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tursunov Umarali K. arxitekturasi

Ishlash tamoili bo‘yicha xisoblash mashinalarni katta uchta guruxga ajratish mumkun 
(1.1-chizma): analogli (uzuluksiz), raqamli va aralash (gibrid). 
1.1-chizma.Ishlash tamoili bo‘yicha xisoblash mashinalarni turlarga ajratish. 
Bu uch turga bo‘lishning ko‘rsatgichi, u xisoblash mashinalarda ishlatiladigan 
axborotlarning ifodalanish shaklidir (1.2-chizma).
Raqamli xisoblash mashinasi (RXM), yoki kompyuter diskret ko‘rinishda ifodalangan, 
aniqrog‘i raqamli shaklda ifodalangan axborot bilan ishlaydi.
1.2-chizma.Xisoblash mashinalarda axborotlarni ifodalanishining ikki shakli. 
Analog xisoblash mashinalari, yoki uzuliksiz xisoblash mashinalari, ular uzuluksiz 
shakldagi axborotlar bilan ishlaydilar, yani qandaydir fizik kattalikdagi uzuluksiz qatorga 
ega bo‘lgan qiymatlar ko‘rinishidagi (ko‘pincha elektr kuchlanishi). AXM juda sodda va 
foydalanishga qulay; bu mashinada ishlashda masalalarni dasturlash uchun odatda ko‘p 
mexnat ta’lab etilmaydi. Masalani yechish tezligi operatorning xoxishi bo‘yicha o‘zgarishi 
mumkun va xoxlagancha yuqori tezlikda amalga oshirish mumkun (RXM qaraganda 
yuqori), ammo masalani yechish aniqligi esa juda past (nisbiy xatoligi 2 – 5 % gachan). 
AXM murakkab mantiq ta’lab etilmaydigan va tarkibida differensial tenglama bo‘lgan 
matematik masalalar samarali yechiladi. Elektron AXM ni ko‘pincha elektron 
modellashtiruvchi mashinasi xam deb ataydilar, chunki masalani yechish uchun ularda 
tadqiqot qilinayotgan tizimning fizik modeli yaratiladi. To‘g‘ri, xuddi shu asosda elektron 
RXM xam xuddi Shunday atash mumkun, vaxolangki ularda xam yechiladigan masala 
modeli yaratiladi, ammo model abstrakt, matematikdir. 
Хисоблаш машиналари 
АХМ 
ГХМ 
РХМ 


DXM (duragay (gibrid) xisoblash mashinasi), yoki kombinatsiyalashtirilgan xisoblash 
mashinasi, raqamli va uzuluksiz shaklda ifodalangan axborotlar bilan ishlaydi. Ular o‘zida 
AXM va RXM afzalliklarini mujassamlashtirgan bo‘ladi. DXM ni murakkab tez ishlovchi 
texnik majmualarni boshqarish masalalarini xal qilishda foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Iqtisodda va shuningdek ilim xamda texnikada eng ko‘p foydalaniladigan va tarqalgan 
turi bu RXM, odatda ularni raqamli xususiyatini eslatmasdan oddiy kompyuter deb ataladi. 
Yaratilish bosqichi va element asosi bo‘yicha kompyuterlarni shartli ravishda 
avlodlarga bo‘linadi: 
1-avlod, 1950 yillar: elektron vakuumli lampalardagi EXM; 
2-avlod, 1960 yillar; diskret yarimo‘tkazgichli asboblardagi EXM (tranzistorlardagi); 
3-avlod, 1970 yillar; yarimo‘tkazgichli kichik va o‘rta integral sxemalardagi 
kompyuterlar (bitta g‘ilof ichida yuzlab – minglab tranzistorlar joylashtirilgan). Integral 
sxema – maxsus vazifalar uchun mo‘ljallangan elektron sxema, u yaxlit yarimo‘tkazgichli 
kristal sifatida bajarilgan bo‘lib, o‘zida katta sondagi aktiv elementlarni (diod va 
tranzistorlarni) birlashtiradi; 
4-avlod, 1980-90 yillar; katta va juda katta integral sxemalardagi kompyuterlar, 
ularning asosiysi – mikroprotsessorlar (bitta kristalda o‘n mingta’lab – millionlab aktiv 
elementlar mavjut). Katta integral sxemalarda aktiv elemantlar shunchalik zich 
joylashtirilganki, 1-avlod kompyuterining barcha elektron qurilmalari 100 – 150 m
2
maydonni egallagan bo‘lsa, xozir 1,5 – 2 sm
2
maydonni egallovchi bitta mikroprotsessorga 
joylashtirilgan. Juda katta integral sxemalardagi aktiv elementlar o‘rtasidagi masofa 0,032 
– 0,11 mikronni tashkil etadi (solishtirish uchun, odamning soch tolasining qalinligi bir 
necha o‘n mikronga teng). 
5-avlod, xozirgi vaqt (2015...); bir necha o‘nlab parallel ishlovchi 
mikroprotsessorlardan tashkil topgan kompyuterlar, ular yordamida bilimlarga ishlov 
berishning samarali tizimlarini qurishga imkoniyat mavjut; parallel tarkibli juda murakkab
mikroprotsessorlarda bajarilgan kompyuterlar bir vaqtning o‘zida dasturning o‘nlab ketma-
ket ko‘rsatmalarini bajara oladilar. 
6-avlod va keyingilari: yalpisiga parallellashtirilgan va neyron tarkibdagi optoelektron 
kompyuterlar, ularda ko‘p sonli murakkab bo‘lmagan mikroprotsessorlarning
taqsimlangan tarmoqli bo‘lib, neyronli biologik tizimning modeli kabidir. 
Kompyuterlarning xar bir keyingi avlodi o‘zining oldingi avlodiga nisbattan jiddiy 
yaxshi ko‘rsatgichlarga ega bo‘ladi. Kompyuterlarning unumdorligi va barcha xotirasining 
sig‘imi odatda birnecha o‘n marotaba ortiq. 

Download 1,49 Mb.
1   2   3   4   5




Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg

Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish