Katta kompyuterlar. Katta kompyuterlarni ko‘pincha meynfreymlar (mainframe)
deb ataydilar; ularga quydagi ko‘rsatgichlarga ega bo‘lgan kompyuterlar kiradilar:
unumdorligi 100MIPS dan kam bo‘lmagan;
asosiy xotiraning sig‘imi 512 dan 10 000 Mbayt;
tashqi xotira sig‘imi 100 Gbayt dan kam bo‘lmagan;
ko‘p foydalanuvchini taminlash ish tartibi (bir vaqtning o‘zida 16 dan 1000 tagachan
foydalanuvchi).
Meynfreymlarni samarali tadbiq etishning asosiy yo‘nalishlari – bu ilmiy-texnika
masalalarini yechish, axborotlarga paketli ishlov berishli xisoblash tizimlarida ishlatish,
katta axborotlar ombori bilan ishlashda, xisoblash tarmoqlarini va ularning resurslarini
boshqarish. Oxirgi yo‘nalish – meynfreymlarni xisoblash tarmoqlarning katta serveri
sifatida ishlatish – mutaxassislar tomonidan ko‘pincha eng dolzarb deb qayd qilinmoqda.
Meynfreymlarni ko‘pincha katta server deb ataydilar (meynfreym - serverlar). Ba’zida
bunday atalishi atamalarda chalkashlik tug‘diradi. Gap shundaki, serverlar – bu ko‘p
foydalanuvchili kompyuter, xisoblash tarmoqlarida ishlatiladi. Serverlar odatda
mikrokompyuterlarga mansubdir, lekin o‘zining ko‘rsatgichlari bo‘yicha quvvatli
serverlarni kichik kompyuterlarga xam va xatto meynfreymlarga taluqli bo‘lishi mumkun,
superserverlar esa superkompyuterlarga yaqinlashib qolmoqdalar. Server – bu
kompyuterlarni ishlatilish soxasi bo‘yicha turlanishi bo‘lib, mikrokompyuterlar, kichik
kompyuterlar, meymfremlar, superkompyuterlar deb nomlanishi esa o‘lchami va vazifasi
bo‘yicha guruxlarga ajratishdir.
Oxirgi bir necha o‘n yillar maboynida bu gurux mashinalari rivojlanib kelayotgan
standart, xozirgi zamon katta kompyuterlarining avlodining boshi IBM firmasining
mashinalari xisoblanadi. IBM 360 va IBM 370 model kompyuterlarining arxitekturasi va
dasturiy ta’minoti Rossiyada ishlab chiqarilgan YeS EVM mashinalarini loyixalashtirishda
xam asos sifatida olingan.
Protsessor kompyuterning “miyasi” hisoblanadi va uning ichidagi chip
har xil hisoblash va boshqa vazifalarni amalga oshiradi. Qanday kompyuter
sotib olishingizga qarab, protsessor qimmat yoki arzon bo’lishi mumkin.
Kompyuteringizning samarali ishlashi protsessorning sifatiga va qanday
turkumga kirishiga ham bog’liq. Kompyuter sotib olayotganda to’g’ri
protsessorni tanlash chuqur texnik bilimni talab qiladi, shuning uchun men
bu maqolamda protsessorning, asosan, qaysi xususiyatlariga e’tibor berish
kerakligini aytib o’taman. Bular protsessorning tezligi (частота-frequency),
nechta yadrosi borligi, brend (qaysi kompaniya tomonidan ishlab
chiqarilgani) va kesh xotirasi kabi xususiyatlaridir.
Protsessorning tezligi uning eng asosiy jihatidir. Odatda, bu ma’lumot
protsessorning ustida yozilgan bo’ladi (“2,8 GHz” yoli “2,6 GHz” degan
yozuvlar). Protsessorning tezligi qancha yuqori bo’lsa, shuncha yaxshi,
lekin, zamonaviy protsessorlarda ko’p yadrolilik ( dual core, quad core)
degan tushuncha ham bor. Bitta protsessorning o’zida ikkita, to’rtta va eng
zamonaviy protsessorlarda 8 ta gacha yadro bor. Protsessorda yadro
qanchalik ko’p bo’lsa, u ham shunchalik yaxshi, ammo, ko’p yadroli
protsessorlar bir yadroli protsessorlardan ancha qimmat turadi.
Hozirda ko’pchilik xaridorlar ikki yadroli protsessorlarni (dual core yoki
core2duo) sotib olishmoqda, lekin ikki yadrolik protsessorning ishlash
samarasi uning qanday programmalar uchun ishlatilishiga bog’liq. Oddiy
ofis kompyuteri uchun ikki yadroli protsessor shart emas, bir yadroli
Celeron protsessorlari ham hujjat yozish kabi vazifalarni a’lo darajada
bajarishadi, lekin, o’yin o’ynashni yoki videomontaj qilish bilan
shug’ullanadigan foydalanuvchi uchun ikki yadroli protsessor qo’l kelishi
mumki
Protsessorning yana bir asosiy xususiyatlaridan biri uning brendi, ya’ni
qaysi kompaniya tomonidan ishlab chiqilganidir. Protsessor ishlab
chiqaruvchi ikkita gigant mavjud – Intel va AMD. Bu kompaniyalar va
ularning qay birining mahsuloti yaxshiroq ekanligi haqida azaliy munozara
bor, men bu munozaraga qo’shilmagan holda, Intel kompaniyasi
protsessorlari bizga har jihatdan qulay ekanligini aytib o’tmoqchiman, xolos.
Protsessorlarning kesh xotirasi ham asosiy xususiyatlardan biridir. Kesh
xotira ham qanchalik katta bo’lsa, shuncha yaxshidir. Zamonaviy
protsessorlarda 1mb, 2mb va undan ortiq kesh xotira mavjud.
Quyidagi misolda bir nechda protsessorlar va ularning xususiyatlari
keltirilgan. Ular orasidan qaysi biri siz uchun mos kelishini tanlab olsangiz
ham bo’ladi. Bu yerda ularning O’zbekiston bozorlaridagi taxminiy narxlari
ham berilgan.
Protsessor Intel Celeron 440
Ishlab chiqaruvchi: Intel
Turkum: Celeron
Protsessor tezligi: 2 GHz
Yadrolar soni:1 ta
L2 kesh xotirasi: 512kb
Narxi: 101, 200 so’m
Protsessor Intel Core 2 Quad Q8300
Ishlab chiqaruvchi: Intel
Turkum: Core 2 Quad Yorkfield
Protsessor tezligi: 2,5 GHz
Yadrolar soni: 4 ta
L2 kesh xotirasi: 4 mb
Narxi: 386, 400 so’m
Protsessor Intel Core i7-920
Ishlab chiqaruvchi: Intel
Turkum: Core i7
Protsessor tezligi: 2,6 GHz
Yadrolar soni: 4 ta
L2 kesh xotirasi: 1 mb
Narxi: 770, 500 so’m
Protsessor AMD Athlon II X2 240
Ishlab chiqaruvchi: AMD
Turkum: Athlon II
Protsessor tezligi: 2,8 GHz
Yadrolar soni: 2 ta
L2 kesh xotirasi: 2 mb
Narxi: 218,500 so’m
Protsessor AMD Phenom II X4
Ishlab chiqaruvchi: AMD
Turkum: Phenom II X4
Protsessor tezligi: 3 GHz
Yadrolar soni: 4 ta
L2 kesh xotirasi: 2 mb
Narxi: 644.000 so’m
Protsessor AMD Athlon II X4 630
Ishlab chiqaruvchi: AMD
Turkum: Athlon II X4
Protsessor tezligi: 2,8 GHz
Yadrolar soni: 4 ta
L2 kesh xotirasi: 2 mb
2007 yil yanvar oyi boshlarida Las-Vegasda bo’lib o’tgan CONSUMER
ELECTRONICS SHOW (CES) 2007 xalqaro ko’rgazmasida Intel korporasiyasi yana
uchta to’rt yadroli, shu jumladan Intel®Core™2 Quad savdo belgisi bilan ish joyi
kompyuterlari uchun prosessor modelini ham rasmiy taqdim etdi. Endi to’rt
yadroli prosessorlar bilan kompyuterlarni barcha sotib olishi mumkin bo’ladi.
Hozirgi kunda Intel korporasiyasi ish joyi kompyuterlari va korporativ server-
sistemalar bozor segmenti uchun mo’ljallangan to’rt yadroli prosessorlar to’qqizta
modellarini taqdim etadi.
Intel®Core™2 Quad prosessori to’rta hisoblash yadrosiga ega va kompyuter
sezgirligi, katta tezligini ta’minlaydi. Bu yangi to’rt yadroli prosessorni
distribyuterlar orqali buyurtma bilan olish mumkin va Intel marketing dasturi
ishtirokchilari — kompaniyalar-yig’uvchilar ish joyi kompyuterlarida foydalanish
uchun olishlari mumkin. Intel kompaniyasi bir prosessorli serverlar uchun to’rt
yadroli prosessorlar ikki modellarini ishlab chiqarish boshlanishini ham ma’lum
qildi. Yangi prosessorlari eng ilg’or Intel Core 2 Duo va to’rt yadroli prosessorlar
oilasini to’ldiradi, hozirda ish joyi kompyuterlari, noutbuklar va serverlar uchun 29
ta ikki yadroli va to’rt yadroli modellari mavjud.
«Ommaviy kompyuterlar uchun to’rt yadroli prosessorlar texnologiyasini taqdim
etib, Intel navbatdagi ildam odimni amalga oshirdi — Intel korporasiyasi
prezidenti va bosh ijrochi direktori Pol Otellini (Paul Otellini) — ish joyi
kompyuterlari endi foydalanuvchilarga yangi va ajoyib imkoniyatlarni taqdim etib
ilgari faqt superkompyuterlar ega bo’lgan mahsuldorlik darajasiga erishadilar».
Intel ko’p yadroli prosessorlari foydalanuvchining kompyuter bilan ishlashi deyarli
barcha tomonlarini yaxshilashga imkon beradi. Intel®Core™ revolyusion
mikroarxitektura asosida yaratilgan bu mikroprosessorlar yuksak mahsuldorlikka
ega va o’yinlar uchun kompyuterlarga mo’ljallangan. Ularning asosiy ustunliklari
— zamonaviy qo’shimchalarni bozor shu qismi uchun xos bo’lgan parallelizm
yuksak darajasida ta’minlashidan iborat. To’rt yadroli prosessorlari ustunliklari va
qudratli imkoniyatlaridan to’la darajada foydalana oladigan ko’p yo’nalishli
qo’shimchalar va keyingi avlod o’yinlari yaratish sohasida Intel korporasiyasi DT
ishlab chiqaruvchilari bilan faol hamkorlik qilmoqda. To’rt hisoblash yadrosi
hisobiga bunday prosessorlar asosidagi kompyuterlar Adobe After Effects*,
Premiere Pro 2.0*, Windows Media Encoder*, Snapstream* va Win DVD* kabi
yuqori tezlikda hisoblash bilan ko’p oqimli qo’shimchalarni bajarish uchun juda
mos yechim hisoblanadi. Agarda yaqinda Microsoft Windows Vista* taqdim
etilganini eslasak bozorga yangi dasturiy tizim va uning barcha imkoniyatlarini
ta’minlaydigan yangi prosessorlar deyarli bir vaqtda chiqarilishi kamdan-kam
uchraydigan holatidir.
Mahsuldorlik yangi darajalaridan tashqari to’rt yadroli prosessorlar
foydalanuvchilar uchun multimediali axborotlar va raqamli o’yinlarni yaratish,
tahrir qilish, ko’rish va tinglash uchun imkoniyatlarni kengaytiruvchi ko’p masalali
hisoblash muhitini ta’minlaydi. Intel®Core™2 Quad prosessori bilan kompyuterlar
yuksak aniqlikdagi videoni ko’rish uchun mos keladi. Ulardan oilaviy multimediali
dam olish marzkalari sifatida ham foydalanish mumkin — chunki bir necha
talabchan qo’shimchalarni bir vaqtda bajarilishi mumkin bo’ladi. To’rtta hisoblash
yadrolari bir ncha multimediali oqimlar bilan ishlashga imokn beradi, shuning
uchun Intel® Viiv™ texnologiyasi asosidagi yangi prosessorlar bilan shaxsiy uy
kompyuter o’yinlar, dam olish uchun juda keng imkoniyatlarni ta’minlab raqamli
uy konsepsiyasiga juda mos keladi
.
Protsessorning turi va xususiyatlarini aniqlash usullar
Bilamizki, kompyuterning ishlash samaradorligini ta’minlovchi «yuragi» – uning
protsessori hisoblanadi. Ayni shu qismiga ko‘p narsa bog‘liq. Xo‘sh, siz o‘z
kompyuteringizda qanaqa protsessor o‘rnatilganini bilasizmi?
Buni aniqlashning quyidagi yo‘llari mavjud:
Birinchi usul: Vazifalar dispetcheri yordamida
Ekranning pastki qismiga – vazifalar panelining bo‘sh joyiga sichqonchaning o‘ng
tugmachasi bilan chertamiz. Ochilgan menyuda «Vazifalar dispetcheri», ya’ni
«Dispetcher zadach» bandini tanlaymiz.
Ochilgan dispetcher oynasidagi ikkinchi – «Proizvoditelnost» varaqasiga o‘tamiz,
unda kompyuterning ishlash samaradorligi xususiyatlarini aks ettiradi. Eng yuqori
qismida esa qurilmangizning markaziy protsessori haqidagi ma’lumotlar ham
ko‘rsatiladi.
|