• Pentium mikroprotsessorlari
  • Pentium Pro mikroprotsessorlari
  • Mikroprotsessorning arxitekturasi turlari va ularning asosiy bloklari, vazifalari, ko‘rsatgichlari




    Download 31,61 Kb.
    bet3/8
    Sana19.01.2024
    Hajmi31,61 Kb.
    #141299
    1   2   3   4   5   6   7   8
    OverDrive mikroprotsessorlari. 1990 yillarning o’rtasida OverDrive mikroprotsessorlari yaratilgan bo’lib, ular o’ziga xos soprotsessorlardir, 486 mikroprotsessorlari uchun Pentium mikroprotsessorlariga xos bo’lgan samarali tezlikni va ish tartibini taminlaydi, Pentium mikroprotsessorlari uchun esa ularni unumdorligini oshiradi (xususan, OverDrive 125, 150 va 166, mos ravishda Pentium uchun 75, 90 va 100 ularni ichki chastotalarini OverDrive uchun ko’rsatilgan kattalikgacha oshirish).
    Pentium mikroprotsessorlari. 80586 (R5) mikroprotsessorlar uni boshqa maxsulot belgisi Pentium bilan taniqli (boshqa firmalarning 80586 mikroprotsessorlari boshqacha belgilanishga ega: AMD firmasiniki K5; Cyrix firmasiniki M1 va boshqalar). Bu mikroprotsessorlar besh bosqichli konveyer tarkibli bo’lib, ketma-ketlikdagi buyruqlarni bajarilish taktini ko’p marotaba ustma-ust bajarilishini (ikkita oddiy buyruqni birdaniga mustaqil bajarilish imkoniyati) va boshqarishni shartli uzatish buyruqlari uchun kesh-bufer taminlaydi, u dasturning shoxlash yo’nalishini bashorat qilish imkonini beruvchidir; samarali tezligi bo’yicha ular har bir buyruqni bir taktda bajaruvchi RISC mikroprotsessorlariga yaqindir. Pentium protsessorlari 32-razryadli manzillar shinasiga va 64-razryadli axborotlar shinasiga ega. Tizim bilan axborot almashuvi 1 Gbayt/s. tezlik bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Pentium mikroprotsessorlarining barchasida joylashtirilgan kesh-xotira, alohida buyruqlar uchun, axborotlar uchun alohida 8 -16 Kbayt dan va 2-bosqich joylashtirilgan kesh-xotira kontrolleri mavjud; suriluvchi vergulli operatsiyalarni bajarilishini jiddiy tezlashtiradigan maxsuslashtirilgan konveyerli apparatli qo’shish, ko’paytirish va bo’lish bloki mavjud. Pentium mikroprotsessorlarining muvaffaqiyatli arxitekturaviy yechimlari tufayli 486DX4-120 va Pentium-60 mikroprotsessorlarining unumdorligi bilan taxminan bir xil (yaʻni arxitekturasi tufayli unumdorligi ikki hissa oshgan).
    Pentium Pro mikroprotsessorlari. 1995 yili sentabrda oltinchi avlod mikroprotsessori 80686 (R6) ishlab chiqarilgan, savdo belgisi Pentium Pro. Mikroprotsessor ikkita kristalldan tashkil topgan: MP va kesh-xotira. Ammo u oddiy Pentium bilan to’liq mos emas, xususan unga maxsus tizimli plata ta‘lab etiladi. Pentium Pro 32-bitli ilovalar bilan juda yaxshi ishlaydi, 16-bitlida esa oddiy Pentium ba‘zida bir muncha yutqizadi. Yangi sxemotexnik yechimlar SHK uchun ancha yuqori unumdorlikni taminlaydi. Bu yangiliklarning bir qisimi
    «dinamik bajarilish» (dynamic execution) nomi bilan umumlashtirilishi mumkin, birinchi navbatda bu ko’p bosqichli superkonveyerli tarkib (suoerpipelining) boshqarishni shartli o’tkazishda dasturda shoxlanish borligini bashorati (multiple branch prediction) mavjudligini bildiruvchi va buyruqlarni shoxlanishi bo’lishi mumkin deb taxmini qilingan yo’ldan bajarilishi (speculative execution) mavjudligini bildiradi.
    Ko’p masalalar yechiladigan dasturlarda, ayniqsa iqtisodiy masalalarda, ko’p sonli boshqarishni shartli uzatish mavjud. Agarda protsessor oldindan o’tish yo’nalishini (shoxlanish) aytib bera olsa, hisoblash konveyerlarini optimal yuklanishining hisobiga uning ishlash unumdorligi jiddiy oshadi. Agarda shoxlanish yo’li noto’g’ri bashorat qilingan bo’lsa, protsessor olingan natijani tashlab (nolga o’tkazib), konveyerni tozalab va yangidan kerakli buyruqlarni yuklashi kerak bo’ladi, bu esa yetarli darajada ko’p taktni ta‘lab etadi. Pentium Pro protsessorida to’g’ri bashorat qilish ehtimoli 90%, Pentium protsessorlarida esa 80%.
    256 – 1024 Kbaytli kesh-xotira - Pentium protsessorli yuqori unumdorli tizimlarda bo’lishi kerak bo’lgan sharoitdir. Biroq ularda joylashtirilgan keshxotira katta bo’lmagan sig’imga ega, uning asosiy qismi esa protsessordan tashqarida tizimli platada joylashgan bo’ladi. Shuning uchun ular bilan axborotlar almashuvi ko’pincha MP ning ichki chastotasida bo’lmay, 2 - 5 hissa kam bo’lgan takt generatorining chastotasida amalga oshiriladi, bu esa kompyuterning umumiy tezligini kamaytiradi. Pentium Pro mikroprotsessorida 1-bosqich kesh-xotirasi
    (buyruq va axborotlar uchun 8 Kbayt dan) va 256 yoki 512 Kbayt sig’imli mikroprotsessor platasida joylashgan va MP ning ichki chastotasida ishlovchi 2bosqich kesh-xotira kristalli mavjud.

    Download 31,61 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 31,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mikroprotsessorning arxitekturasi turlari va ularning asosiy bloklari, vazifalari, ko‘rsatgichlari

    Download 31,61 Kb.