• Ko’p mashinali va ko’p protsessorli hisoblash tizimlari.
  • Ko’p mashinali
  • Mikroprotsessorning arxitekturasi turlari va ularning asosiy bloklari, vazifalari, ko‘rsatgichlari




    Download 31,61 Kb.
    bet6/8
    Sana19.01.2024
    Hajmi31,61 Kb.
    #141299
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Pentium 4E mikroprotsessorlari. 7-avlod protsessorlar oilasi, 0,09 mkm texnologiyasi bo’yicha tayyorlangan, Pentium 4E mikroprotsessorining yadrosi Prescott protsessor razyomi Socket LGA775 ga mo’ljallangan; Pentium 4E takt chastotasi 2,8; 3; 3,2; 3,4 va 3,6 GGs ga ega. Ularning barchasida 2-bosqich 1024 Kbayt li kesh-xotiraga ega. MP ning ikkita modeli ishlab chiqarilgan Pentium 4EYE - Extreme Edition ( shuningdek ularni quyidagicha belgilaydilar Pentium 4XE – eXtreme Tdition – 3,2 va 3,4 GGs, 2-bosqich kesh-xotirasi 2048 Kbayt sig’imga ega bo’lgan) 0,09 mkm texnologiyasi bo’yicha tayyorlangan barcha mikroprotsessorlar uchun i900, iP va iX oilasiga mansub tizimli chipsetlar kerak bo’ladi.
    Barcha Pentium 4E mikroprotsessorlarida buyruqlar konveyeri 32 ta bosqichgacha kengaytirilgan (qolgan Pentium mikroprotsessorlarida esa – 20 ta bosqich).
    Pentium D. Ikki yadroli Pentium D, «Smithfield» kodlangan nom bilan taniqli, 0,09 mkm texnologiyasi bo’yicha tayyorlangan, Pentium D ikki yadroli bo’lib bir yadroli Pentium D dan ko’p farq qilmaydi, u shuningdek Socket LGA775 razyomni ishlatadi, lekin uni ishlashi uchun i945 yoki katta nomerli i900, iP va iX tizimli chipsetlar kerak bo’ladi.
    Celeron D. 2,3 – 3 GGs takt chastotali Celeron D mikroprotsessori 0,09 mkm texnologiyasi bo’yicha tayyorlangan va FSB = 533 MGs chastotani quvvatlaydi.
    Ko’p mashinali va ko’p protsessorli hisoblash tizimlari.
    Ko’p mashinali hisoblash kompleksi - qator o’rnatilgan hisoblash mashinalari guruxi bo’lib, maxsus tutashtiruvchi vosita yordamida birlashtirilgan. Ular birgalikda yagona axborot jarayonini bajaradi.
    Ko’p mashinali hisoblash kompleksi quyidapgcha bo’lishi mumkin:

    • lokal-kompyuterlar bitta binoda o’rnatilgan sharoitda o’zaro aloqa uchun maxsus asbob-uskuna va alohida aloqa kanali talab qilmaydi;

    • masofali (distansion) - kompleksning ayrim kompyuterlari markaziy

    EHMdan ma‘lum masofada o’rnatilgan bo’ladi va bu ma‘lumotlarni uzatish uchun telefon aloqa kanallaridan foydalaniladi.
    1-misol. Axborotlarni paketli qayta ishlash rejimini ta‘minlovchi meynfreym turidagi EHMga bog’lovchi qurilma yordamida mini EHM ulangan. har ikki EHM bitta mashina zalida turibdi. Mini EHM keyinchalik minfreymdagi murakkab masalalarni echishda foydalaniladigan ma‘lumotlarni tayyorlaydi va oldindan qayta ishlab chiqadi. Bu ko’p mashinali lokal kompleks sanaladi.
    2-misol. Qayta ishlanishga keladigan masalalarni qayta taqsimlash uchun kompleksga uchta EHM birlashtirilgan. Ulardan biri dispetcherlik vazifasini bajaradi va qayta ishlovchi qolgan ikkita EHMdan birining bandligiga ko’ra masalalar taqsimlanadi. Bu lokal ko’p mashinali kompleks.
    3-misol. EHM ayrim mintakalar bo’yicha joylashtirish - yig’adi, ularni oldindan qayta ishlab chiqadi va keyinchalik foydalanish uchun telefon aloqa kanali orqali markaziy EHMga uzatadi. Bu masofali ko’p mashinali kompleks. Kompyuter (hisoblash) tarmogi – bu, ma‘lumotlarni taqsimlab qayta ishlash talablarini qondiruvchi yagona tizimga aloqa kanali yordamida ulangan kompyuterlar va terminallar jamlanmasidir.
    Ko’p mashinali hisoblash tizimlari- ikki va undan ortiq EHM (har birida alohida protsessor,tezkor xotira qurilmasi, periferiya qurilmalari va operatsion tizimga ega), ma‘lum funksiyalarni bajarish uchun aloqa tarmog’i ega tizim tushuniladi.

    Download 31,61 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 31,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mikroprotsessorning arxitekturasi turlari va ularning asosiy bloklari, vazifalari, ko‘rsatgichlari

    Download 31,61 Kb.