|
CISC turiga mansub mikroprotsessorlar
|
bet | 2/8 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 31,61 Kb. | | #141299 |
CISC turiga mansub mikroprotsessorlar. Ko’p zamonaviy IBM PC turidagi SHK lar CISC turiga mansub ko’p firmalar tomonidan (Intel, AMD, Cyrix, IBM va boshqalar) ishlab chiqariladigan mikroprotsessorlarni ishlatadilar.
Ko’p yillardan beri Intel firmasi «Modani o’rnatuvchi» bo’lib kelmoqda, oxirgi yillarda AMD firmasining mikroprotsessorlari ba‘zi ko’rsatgichlari bo’yicha
«intel»dan o’tib ketmoqda. Ularning ko’rsatgichlarining ba‘zilarini 2.1 jadvalda keltirilgan.
Quyidagilarni bilish foydadan holi emas:
80386 (386), 80486 (486) mikroprotsessorlarida SX, DX, SL va boshqa harflar bilan belgilangan rivojlantirilgan modellari mavjud, asos modeldan shinasining razryadligi, takt chastotasi, ishonchliligi, o’lchamlari, isteʻmol energiyasi va boshqa ko’rsatgichlari bilan farqlanadi;
Pentium – Pentium 4 mikroprotsessori turli rivojlantirilgan modellari mavjud, ularni quyida ba‘zilarini ko’rib chiqiladi;
elementlar soni – bu mikroprotsessor sxemasida joylashtirilgan oddiy yarimo’tkazgichli o’tishlar soni. Odatda texnologiyada element o’lchami mikron bo’lgan ko’rsatgich bilan xarakterlanadi (mikronli texnologiya).
486DX va undan keyingi mikroprotsessor modellari o’z tarkibiga joylashtirilgan soprotsessorga ega, ular ichki chastotani ko„paytirish ish tartibida ishlashlari mumkin. Ko’paytirilgan chastota bilan faqat MP ning ichki sxemalari ishlaydi, MP ga nisbatan barcha tashqi sxemalar shu jumladan tizimli plataga joylashgan sxemalar ham odatiy chastota bilan ishlaydilar;
80286 va undan keyingi mikroprotsessor modellarida buyruqlarga konveyerli ishlov beriladi. 286 MP larda umumiy o’lchami 6 baytli buyruqlar navbati uchun registrlar inobatga olingan, 486 MP da 16 bayt va hokazo.
Buyruqlarga konveyerli ishlov berish – bu buyruqlar ketma-ketligini turli taktlarini MP ning turli qismlarida bir vaqtda bajarilishi va natijalarni MP ning bir qismidan boshqasiga bevosita uzatish. Buyruqlarni konveyerli bajarilishi SHK ning samarali tezlikni 2 – 5 martagacha oshiradi.
80286 va undan keyingi mikroprotsessor modellarida hisoblash tarmog’ida ishlash imkoniyati mavjud;
80286 va undan keyingi mikroprotsessor modellarida ko’p masalali ishlash
(ko’p dasturli) imkoniyati mavjud va unga hamroh bo’lgan xotira himoyasiga ega; Zamonaviy mikroprotsessorlar ikkita ish tartibiga ega:
real (bir masalali, Real Address Mode), unda faqat bitta dastur bajarilishi mumkin va kompyuterning asosiy xotirasining faqat (1024=64) Kbayt bevosita manzillanishi mumkin, xotiraning qolgan qismiga (kengaytirilgan) maxsus drayverlarni ulanganda egalik qilish mumkin.
himoyalangan (ko’p masalali, Protected Virtual Address Mode), bir vaqt davomida bir necha dasturni bajarilishini, kengaytirilgan asosiy xotiraga bevosita manzillashni va bevosita ega bo’lishni (qo’shimcha drayverlarsiz) taʻminlaydi. 16
Mbayt xotiraga ega bo’lish 286 MP ga havola qilinadi; 4 Gbayt 386, 486, Celeron MP ga; 128 Gbayt Pentium Xeon MP ga va Pentium protsessorlarining qolgan modellariga 64Gbayt, xotirani sahifali tashkillashtirilganda esa har bir masalaga 16 Tbaytdan virtual xotira havola qilinadi. Bu ish tartibida bajarilayotgan dasturlar o’rtasida avtomatik taqsimlash amalga oshiriladi va begona dasturlar tomonidan murojaat uchun unga tegishli himoya bilan taʻminlanadi. Himoyalangan ish tartibini Windows, OS/2, UNIX va boshqa operatsion tizimlar tomonidan qo’llab quvvatlanadi.
80386 va undan keyingi mikroprotsessor modellarida virtual mashina tizimi quvvatlanadi. Virtual mashina tizimi ko’p masalali ish tartibini taʻminlash ish tartibini keyinchalik rivojlantirilgani, unda har bir masala o’zining operatsion tizimi bilan boshqarilishi mumkin, yaʻni amaliy jihatdan bitta mikroprotsessorda parallel ishlovchi va turli operatsion tizimi mavjud bir necha kompyuter bordek modellashtiriladi;
80486 va undan keyingi mikroprotsessor modellarida kesh-xotirani quvvatlash mavjud;
80486 va undan keyingi mikroprotsessor modellarida 1 taktda buyruqlarni qisqartirilgan holda bajarishga imkon beruvchi RISC-elementlari mavjud.
|
| |