Kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli-mantiqiy asoslari




Download 470.5 Kb.
bet5/5
Sana13.05.2023
Hajmi470.5 Kb.
#59279
1   2   3   4   5
Bog'liq
vvXW9NfcRVhUWT3Ja vJhFcbQ6ukjhxX
Millimetrovka, IoT, Nazariy qism
Kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli-mantiqiy asoslari.

Hozirgi paytda amaliyotda mantiqiy sxemalarni qurishda alohida-alohida ventillarni birlashtirgan modullardan iborat standart «qurilish» bloklaridan foydalaniladi. Ushbu qismda biz ana shunday standart bloklarni, ularni alohida-alohida ventillar yordamida qanday hosil qilishni va qanday qo‘llanilishini ko‘rib chiqamiz. Bunday qurilish bloklarining, ya’ni asosiy raqamli mantiqiy sxemalarning - kombinator va arifmetik sxemalar deb nomlanadigan xillari mavjud.
1.Kombinator sxemalar yoki kombinatsion sxemalar:
- multipleksorlar;
- dekoderlar;
- komparatorlar;
- dasturlanadigan mantiqiy matritsalar.
2.Arifmetik sxemalar:
- siljitish sxemalari;
- jamlagichlar;
- arifmetik-mantiqiy qurilmalar.
Asosiy mantiqiy sxemalar – integral sxemalar yoki mikrosxemalar
degan umumiy nom bilan ham ataladilar. Integral sxema o‘lchamlari
tahminan 5x5 mm (2x2 mm) ega kvadrat shaklidagi kremniy bo‘lagidan
iborat bo‘ladi. Bunday bo‘laklarga kamida 1 tadan 10 tagacha ventillar
joylashtirilishi mumkin bo‘ladi va ular kichik integral sxemalar deb ataladi.
Kichik integral sxemalar odatda kengligi 5-15 mm, uzunligi esa 20-
50 mm ga teng bo‘lgan to‘g‘ri burchakli plastik yoki keramik korpuslarga
joylashtirilgan bo‘ladi. Bunday mikrosxemalarning uzun tomonlarida,
orasidagi masofa 2 mm (1 mm) ga yaqin qilib ishlangan chiqish
oyoqchalariga ega bo‘ladi. Ushbu oyoqchalar yordamida integral sxema
raz’yomga yoki bosma plataga o‘rnatiladi. Har bir chiqish oyoqchalari
qaysidir ventilning kirishi yoki chiqishiga, ta’minot manbaiga yoki «erga» ulangan bo‘ladi. Tashqi qismida ikki qatorli chiqish oyoqchalariga ega bo‘lgan integral sxemalar rasmiy tarzda chiqishlari ikki qator qilib
joylashtirilgan korpus (Dual Inline Package, DIP) yoki mikrosxema deb
ataladi. Ko‘pincha korpuslar 14, 16, 18, 22, 24, 28, 40, 64 yoki 68 ta chiqishlarga ega bo‘ladi.
Download 470.5 Kb.
1   2   3   4   5




Download 470.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli-mantiqiy asoslari

Download 470.5 Kb.