• Gurux:972-21 Bajardi: Sherxanov Shokir Reja
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali 972-21-Gurux




    Download 304,65 Kb.
    bet1/4
    Sana01.12.2023
    Hajmi304,65 Kb.
    #109073
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1-Kompyuterni tashkil qilish.Mustaqil ish



    MUHAMMAD AL-XORAZMIY nomidagi
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Urganch filiali


    972-21-Gurux
    Kompyuterni tashkil qilish” fanidan

    MUSTAQIL ISHI

    Mavzu: “Kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli mantiqiy asoslari”


    Gurux:972-21
    Bajardi: Sherxanov Shokir

    Reja:

    1. Kombinator sxemalar yoki kombinatsion sxemalar.

    2. Buyruqlar tizimi arxitekturasi.

    3. Stek arxitekturasi.

    4. Asosiy mantiqiy elementlar.

    Kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli-mantiqiy asoslari


    Hozirgi paytda amaliyotda mantiqiy sxemalarni qurishda alohida-alohida ventillarni birlashtirgan modullardan iborat standart «qurilish» bloklaridan foydalaniladi. Ushbu qismda biz ana shunday standart bloklarni, ularni alohida-alohida ventillar yordamida qanday hosil qilishni va qanday qo‘llanilishini ko‘rib chiqamiz. Bunday qurilish bloklarining, ya’ni asosiy raqamli mantiqiy sxemalarning - kombinator va arifmetik sxemalar deb nomlanadigan xillari mavjud.
    1.Kombinator sxemalar yoki kombinatsion sxemalar:
    - multipleksorlar;
    - dekoderlar;
    - komparatorlar;
    - dasturlanadigan mantiqiy matritsalar.
    2.Arifmetik sxemalar:
    - siljitish sxemalari;
    - jamlagichlar;
    - arifmetik-mantiqiy qurilmalar.
    Asosiy mantiqiy sxemalar – integral sxemalar yoki mikrosxemalar
    degan umumiy nom bilan ham ataladilar. Integral sxema o‘lchamlari
    tahminan 5x5 mm (2x2 mm) ega kvadrat shaklidagi kremniy bo‘lagidan
    iborat bo‘ladi. Bunday bo‘laklarga kamida 1 tadan 10 tagacha ventillar
    joylashtirilishi mumkin bo‘ladi va ular kichik integral sxemalar deb ataladi.
    Kichik integral sxemalar odatda kengligi 5-15 mm, uzunligi esa 20-
    50 mm ga teng bo‘lgan to‘g‘ri burchakli plastik yoki keramik korpuslarga
    joylashtirilgan bo‘ladi. Bunday mikrosxemalarning uzun tomonlarida,
    orasidagi masofa 2 mm (1 mm) ga yaqin qilib ishlangan chiqish
    oyoqchalariga ega bo‘ladi. Ushbu oyoqchalar yordamida integral sxema
    raz’yomga yoki bosma plataga o‘rnatiladi. Har bir chiqish oyoqchalari
    qaysidir ventilning kirishi yoki chiqishiga, ta’minot manbaiga yoki «erga» ulangan bo‘ladi. Tashqi qismida ikki qatorli chiqish oyoqchalariga ega bo‘lgan integral sxemalar rasmiy tarzda chiqishlari ikki qator qilib
    joylashtirilgan korpus (Dual Inline Package, DIP) yoki mikrosxema deb
    ataladi. Ko‘pincha korpuslar 14, 16, 18, 22, 24, 28, 40, 64 yoki 68 ta chiqishlarga ega bo‘ladi. Katta mikrosxemalar uchun esa chiqishlari
    to‘rttala tomonida yoki tagida joylashgan korpuslardan foydalaniladi (1.24-rasm).

    Tarkibida bor bo‘lgan ventillar soni nuqtai nazaridan
    mikrosxemalarni, bir nechta sinflarga ajratish mumkin. Hozirda ham
    mikrosxemalarni shu tarzda sinflarga ajratib o‘rganish foydadan holi
    bo‘lmaydi va to‘g‘ri xisoblanadi. Negaki ular turli xil xususiyatlarga ega
    bo‘lib, turli xil maqsadlarda qo‘llanilishlari mumkin:
    1.Kichik integral sxemalar – tarkibida 1 tadan 10 tagacha ventillar
    bo‘lgan mikrosxemalar.
    2.O‘rta integral sxemalar – tarkibida 10 tadan 100 tagacha ventillar
    bo‘lgan mikrosxemalar.
    3.Katta integral sxemalar – tarkibida 100 tadan 100 000 tagacha ventillar
    bo‘lgan mikrosxemalar.
    4.O‘ta katta integral sxemalar – tarkibida 100 000 tadan ortiq ventillar
    bo‘lgan mikrosxemalar.
    Odatda kichik integral sxema ikkitadan oltitagacha, alohida-alohida
    foydalanilishi mumkin bo‘lgan, o‘zaro bog‘lanmagan ventillardan iborat
    bo‘ladi. 1.25-rasmda tarkibida to‘rtta ventil bo‘lgan kichik integral sxema
    keltirilgan.
    Ushbu mikrosxemaning 12-ta chiqish oyoqchalari, uning tarkibidagi
    ventillarning kirish va chiqish signallari uchun mo‘ljallangan.
    Mikrosxemaning 7-nchi chiqish oyoqchasi uni «erga» ulash uchun, 14-inchi chiqish oyoqchasi esa unga beriladigan kuchlanish manbai uchun
    ajratilgan. Rasmdagi mikrosxemaning chap tomonida ko‘rsatilgan botiqlik
    esa, undan o‘ng tomonda mikrosxemaning 1-inchi chiqish oyoqchasi
    joylashganligini anglatadi. Mikrosxemaning qolgan oyoqchalarining
    raqamlanishi, rasmda ko‘rsatilgan tartibda amalga oshirilgan. O‘rta, katta
    va o‘ta katta mikrosxemalarda ham, ularning chiqish oyoqchalarining
    raqamlanishi ana shu tartibda amalga oshiriladi.

    Raqamli mantiqni qo‘llashda, ko‘p hollarda bir nechta kirish va bir
    nechta chiqishlarga ega bo‘lgan, chiqishdagi signallarining qiymatlari,
    o‘sha paytdagi ularning kirishlariga berilgan signallarning qiymatlari
    asosida aniqlanadigan sxemalardan foydalaniladi. Bunday sxemalar
    kombinator yoki kombinatsion sxemalar deb ataladi. 1.4 paragrafda 1.22-
    rasmda keltirilgan haqiqat jadvalini amalga oshiradigan sxema –
    kombinator sxemaga misol bo‘la oladi.
    Keyingi rasmlarda asosiy mantiqiy sxemalar hisoblangan –
    kombinator va arifmetik sxemalarga misollar keltirilgan. Ushbu misollarni keltirib o‘tishdan maqsad, ularni qanday qurilganliklarini ko‘rish bilan, kompyuter tarkibiga kirgan qurilmalar va umuman kompyuterning qay darajada murakkab ekanligini tushuntirishdir. Asosiy mantiqiy sxemalar - qanday ventillardan iborat ekanligi va ularni soni qancha ekanligini, ushbu ventillar tarkibida qanchadan tranzistorlar borligini tasavvur qilish bilan zamonaviy kompyuter qay darajada murakkab tuzilishga ega ekanligini tushunish mumkin.





    2-Mavzu. Kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli mantiqiy asoslari

    Download 304,65 Kb.
      1   2   3   4




    Download 304,65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali 972-21-Gurux

    Download 304,65 Kb.