Milliy universitetining jizzax filiali




Download 81,66 Kb.
bet3/3
Sana01.12.2023
Hajmi81,66 Kb.
#108963
1   2   3
Bog'liq
ekonometrika 3 mus

3.Ekonometrik usullar.
Xo'jalikni rivojlanish tajribasi ko'rsatadiki, iqtisodiyot fanining oldiga umuman va "Ekonometrik modellashtirish" fani oldiga xususan Pith bosqichlarda yangi vazifalar qo'yilgan, ular avvalgi qo'yilgan vazifalarga e'tiborni oshirish bilan boshqa, zarur muammolar aksent bilan belgilanar edi. Bu jarayon tabiiyki, keyinchalik ham davom etib kelaveradi. "Ekonometrik modellashtirish" fani matematika bilan bog langanligi shu bilan aniqlanadiki, u yoki bu bilim sohasi miqdoriy munosabatlarni o'rganish xususiyatlariga egadir.
O'zgaruychi qiymatlarni rganish bir zgaruvchi qiymatni boshqalardan bog' langanligini o'lchash funksiya qiymatini aniqlashga olib keladi. zgaruychi qiymatlar o'rtasidagi bog lanish matematikada funksional tenglamalar ko'rinishida ifodalanadi. Masalan, ikki zgaruvchining funksional bog' lanishi tenglamasi umumiy ko‘ rinishda quyidagicha y = f(x), bunda y - argument x ning funksiyasi hisoblanadi. Funksional tenglamalarga, mohiyati bilan, differensial va integral tenglamalar kiradi.
Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda har qadamda o'zgaruvchi qiymatlar bilan ish ko'rishga to'g'ri keladi. Iqtisodiy o'zgaruvchilar sifat va miqdoriy xususiyatlarga ega bo'lib, bir-biridan funksional bog' lanish ko'rinishida mumkin. Iqtisodiy korsatkichlarning miqdoriy munosabatlari va funksional bog'lanishlarini Organish ekonometrikaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ammo, iqtisodiy hodisalar va ko'rsatkichlar o'rtasidagi boglanishlar hamma vaqt ham funksional ko'rinishda ifodalanishdan viroq mumkin. Bunday holda ko'pincha korrelyatsiya bog' lanishlari bilan ishlashga keladi, Bunday bog' lanish shunisi bilan xarakterlanadiki, ushbu ko'rsatkichga o' rgarulayotgan asosiy omillardan tashqari boshqa, qo'shimcha omillar ham ta'sir ko'rsatadi. ularni ajratish va ko'rsatayotgan ta'siri harakatini uslubiy ajratish (izolyatsiya) iinkoniyati doimo ham bolavermaydi. Bunday bog' anishlar korrelyatsiya va regressiya tahlili xarakterlanadiki, ushbu ko'rsatkichga o'rganilayotgan asosiy omillardan tashqari boshqa, qo'shimcha omillar ham ta’sir ko'rsatadi, ularni ajratish va ko'rsatayotgan ta’siri harakatmi uslubiy ajratish (izolyatsiya) imkoniyati doimo ham bo'lavermaydi. Bunday bog'lanishlar korrelyatsiya va regressiya tahlili yordamida o' rganiladi.
Ekonometrik modelni tuzishga yondashish induktiv va deduktiv bo'lishi mumkin. Modellashtirishda induktiv usuldan foydalanganida u yoki bu iqtisodiy jarayonning modeli iqtisodiy jarayonning sodda o'zgaruvchilarini qamrab olgan xususiy modeilashtirish yordamida tuziladi, undan butun jarayonni umumiy modeliga o'tiladi. Deduktiv usulda dastawal umumiy model tuziladi va faqat uning asosida xususiy modellar yaratiladi, aniq matematik hisob-kitoblar algoritmi belgilanadi.
Bozor iqtisodiyoti modellari — bozor iqtisodiyotining turlari. Bozor iqtisodiyoti modellari m.ning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos boʻlgan aralash iqtisodiyot, ijtimoiy bozor xoʻjaligi va korporativ iqtisodiyot koʻrinishlari mavjud.
Aralash iqtisodiyot modeli — bozor iqtisodiyotining yuksak mehnat unumi, neʼmatlar toʻkinchiligini taʼminlaydigan, eng mukammal texnologiya va yuqori malakali ish kuchiga ega boʻlgan turi. Bu modedda mulkiy xilmaxillik mavjud boʻladi; xususiy mulkning individual va hissabay shakllari ustuvorlik qiladi, davlat va nodavlat mulki, iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari taraqqiy etadi. Yirik, oʻrta va kichik biznes muvozanatli holatda rivojlanadi. Bozor munosabatlari bilan birgalikda nobozor munosabatlari ham mavjud boʻladi. Bu esa sahovat va xayrehson ishlarining keng rivojlanishiga zamin yaratadi, raqobat bilan birgalikda hamkorlik aloqalari yuzaga keladi. Iqtisodiyotni boshqarishda bozor mexanizmi bilan bir qatorda davlat mexanizmi ham qoʻllanadi. Mazkur modelga ommaviy farovonlik xos boʻlsada, ijtimoiy tafovutlar cheklanmaydi, davlat daromadlarni qayta taqsimlashda faol ishtirok etmaydi, bu vazifalarni bozor mexanizmi bajaradi. Aralash iqtisodiyot modeli AQSH, Angliya, Fransiyada mavjud.
Ijtimoiy bozor xoʻjaligi modeli — yuksak texnologiyaga va inson omilining kuchiga tayanib yuqori mehnat unumdorligini, umuman, bozorning toʻkin boʻlishini taʼminlaydi. Iqtisodiyoti bu modelga tayangan mamlakatda bozor xoʻjaligi tabiiytarixiy rivoj topadi, ishlab chiqarish bozor talablariga javoban ish olib boradi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimal darajada saqdanib qoladi, iqtisodiyot bozor kuchlari taʼsirida tartiblanadi va toʻla erkinlashgan boʻladi. Mazkur model "iqtisodiy tartib" modeli hisoblanadi.
Bozordagi faoliyat tartibqoidalarini qonunlar belgilaydi, iqtisodiyot bozor mexanizmiga buysunadi, davlat iqtisodiyotning oliy xekami sifatida faoliyat koʻrsatadi, lekin oʻzi bu jarayonda qatnashmaydi. Bu modelda iqtisodiyotning davlat sektoridan koʻra xususiy sektoriga koʻproq eʼtibor beriladi. Iqtisodiyotning ijtimoiy yoʻnalishini bozorning oʻzi belgilaydi. Har bir iqgisodiyot subʼyekti bozor qoidasiga koʻra ishlab topgan daromadini oladi, davlat daromadlarning taqsimlanishiga kamdankam aralashadi, lekin daromadlarni shakllantirishda bozor tamoyillariga rioya etilishini, bozor mexanizmining belgilangan tartibda faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi. Ijtimoiy bozor xujaligi modeli Germaniya, Shvesiya va boshqa mamlakatlarda mavjud.
Korporativ iqtisodiyot modeli — korporativ manfaatlar va korporativ hamjihatlikka asoslangan bozor iqtisodiyoti boʻlib, ilgʻor texnologiya, yetuk ish kuchidan foydalanib mehnat unumdorligi va aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytiradi. Asosiy eʼtibor korporativguruhiy manfaatlarga qaratiladi, iqtisodiyot korporatsiyalar orqali boshqariladi. Korporatsiyalar aksiyador jamiyatlar tarzidagi turli sanoat, savdo, transport, qurilish sohasidagi birlashmalarga aylanadi, ularning baʼzilari hatto transmilliy korporatsiyalar darajasigacha oʻsib, xalqaro ahamiyat kasb etadi. Korporatsiyalar ishlab chiqarishning asosiy sohalarini qamrab oladi, ularning xorijiy shoxobchalari ham koʻpayib boradi.
Bozor iqtisodiyotining korporativ modelida iqtisodiyotning korporativ sektori xalq xoʻjaligining tayanchi hisoblanadi, ammo iqtisodiyotning ikkilamchi va yetakchi boʻlmagan sohalarida nokorporativ sektor ham saqpanib qoladi. Korporativ modelda ham kichik biznes mavjud, ammo uning mustaqilligi juda chegaralanadi, u deyarli korporatsiya izmida boʻladi, uning buyurtmalarini bajaradi. Bozor iqtisodiyoti modellari korporatsiya doirasiga tortilmaydi. Korporativ iqtisodiyot ustuvor boʻlgan mamlakatlarga Yaponiya misol boʻla oladi.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Kremer N.Sh. Ekonometrika: Uchebnik. /Pod. red. N Sh Kremera. —M.: YuNITI-DANA, 2008. -250 s.
2. Shodiev T.Sh. va boshkdlar. Ekonometrika. —T.: TDIU, 2007. -98 6.
3. Abdullaev O.M., Xodiev B.Yu., Ishnazarov A.I. Ekonometrika. Uchebnik. —T.: Gap cha texnologiya. 2007. — 560 s.
4. Ekonometrika: Uchebnik. /Yeliseeva II., Kurыsheva S.V. i dr. - M.: Finansы i statistika, 2007. — 360 s.
5. Matnus Ya.R., Katыsheva P.K., Peresskiy A.A. Ekonometrika. Nachalnыy kurs: Uchebnik. — 7-ye izd. ispr. - M.: Delo, 2005. -280 s.





Download 81,66 Kb.
1   2   3




Download 81,66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Milliy universitetining jizzax filiali

Download 81,66 Kb.