|
“Ekonometrik modellashtirish” fanining vazifalari
|
bet | 2/3 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 81,66 Kb. | | #108963 |
Bog'liq ekonometrika 3 mus2.“Ekonometrik modellashtirish” fanining vazifalari.
"Ekonometrik modellashtirish" fanining birinchi vazifasi - kuzatishlar yoki maxsus Otkazilgan eksperimentlar natijasida olingan statistik ma'Iumotlarni to' plash va guruhlash usullarini o'rgatish hisoblanadi. "Ekonometrik modellashtirish" fanining ikkinchi vazifasi:
a) hodisaning noma'Ium ehtimolligini baholash; nomilum taqsimot funksiyasini baholash; ko'rinishi ma'lum bo'lgan taqsimotning parametrlarini baholash; tasodifiy miqdoming boshqa bitta yoki bir nechta tasodifiy miqdorlarga bog'liqligini baholash va h.k.;
b) noma'lum taqsimotning ko'rinishi haqidagi yoki ko'rinishi ma'lum bo'lgan taqsimot parametrlarining miqdori haqidagi statistik gipotezalarni tekshirish kabi tadqiqot maqsadlariga bog'liq ravishda statistik ma- lumotlarni tahlil qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Har qanday fan keng ma'noda tabiat, jamiyat va tafakkur haqiciagi bilimlar to'plamidan iboratdir. Bu to'plam har qanday tarixiy bosqichda erishilgan va tushunib etilgan tabiat va jamiyatning obyektiv qonunlariga mos keladi. "Ekonometrika-2" matematik usullari ham shu kungacha iqtisodiyot va matematika fanlari tomonidan erishilgan nazariy yutucilarni amaliy faoliyatda qo'llash asosida Har qanday fan keng ma’ noda tabiat, jamiyat va tafakkur haqidagi bilimlar to plamidan iboratdir. Bu to'plam har qanday tarixiy bosqichda erishilgan va tushunib etilgan tabiat va jamiyatning obyektiv qonunlariga mos keladi.
Ekonometrika-2” matematik usullari ham shu kungacha iqtisodiyot va matematika fan lari tomonidan erishilgan nazariy yutuqlarni amaliy faoliyatda qo'llash asosidashakllangan fandir. Iqtisodiyotning talablariga mos ravishda matematika usullari rivojlangan bo'lsa, matematika kirib borgan soha o'z masala va muammolariga aniq va to'g'ri javob olgan va rivojlangan.
“Ekonometrik modellashtirish” fani maxsus bilimlar tizimidan iborat bo'lib, u quyidagilar bilan shug'ullanadi:
obyektiv iqtisodiy qonunlar va subyektiv omillar ta’siri ostida shakllanayotgan iqtisodiy jarayonlar va ularning o'zaro bog'lanishini miqdoriy tomonlarini o'rganish;
biznes-rejalarni ilmiy asoslash va ularni bajarilishini obyektiv baholash;
iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularning ta’sirini miqdoriy baholash;
xo'jalikni rivojlanish tendensiyalari va proporsiyalarini ochib berish, foydalanilmagan ichki imkoniyatlar va zaxiralarni aniqlash;
ilmiy asoslangan bashoratlarni ishlab chiqish;
milliy iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalari asosiy ko'rsatkichlarining
istiqboldagi holatini aniqlash va baholash;
ilg'or tajribalardan foydalanish va optimal boshqarish qarorlarini qabul qilish.
Iqtisodiy jarayonlarini o'rganish alohida xo'jalik elementlari, faktlar, hodisa va holatlarni kuzatishdan boshlanadi va ular birgalikda xo'jalik jarayonini, xo'jalik faoliyati mazmunini u yoki bu boshqarish tizimida ifodalanadi. Ammo shu bilan birga iqtisodiy jarayonni to’liq, butunligicha o'rganish kerak bo ladi, negaki bir vaqtning o'zida umumiy yo'nalish va uni ta’minlash uchun zarur bo'lgan sharoitlar va faoliyatlar tekshiriladi.
Ekonometrik modellashtirish va modellarning ahamiyati quyidagilarda namoyon bo’ladi:
1) Ekonometrik usullar yordamida moddiy, mehnat va pul resurslaridan oqilona foydalaniladi.
2) Ekonometrik usullar va modellar iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda etakchi vosita
bo’lib xizmat qiladi.
3) Ekonometrik usullar va modellar yordamida tuzilgan prognozlarni umumiy amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo’ladi.
4) Ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqat chuqur tahlil qilibgina qolmasdan, balki ularning yangi o’rganilmagan qonuniyatlarini ham ochishga imkoni yaratiladi. SHuningdek, ular yordamida iqtisodiyotning kelgusidagi rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin.
5) Ekonometrik usullar va modellar hisoblash ishlarini avtomatlashtirish bilan birga, aqliy
mehnatni engillashtiradi, iqtisodiy soha xodimlarining mehnatini ilmiy asosda tashkil etadi va boshqaradi.
Asosiy ekonometrik usullar – bu matematik statistika usullari va ekonometrik usullar.
Matematik statistika usullari - dispersion tahlil, korrelyatsiya tahlili, regressiya tahlili, omilli
tahlil, indekslar nazariyasi.
Ekonometrik usullar - iqtisodiy o’sish nazariyasi, ishlab chiqarish funktsiyasi nazariyasi, talab va taklif nazariyasi.
Ekonometrikani o’rganish jarayoni – bu iqtisodiyot, iqtisodiy jarayonlarning ekonometrik modellarini tuzish jarayonidir.
Asosiy qo’llanadigan usuli – korrelyatsion-regression tahlil usuli.
Ekonometrik modellashtirish quyidagi ilmiy yo’nalishlar kompleksidir:
- iqtisodiy nazariya;
- ehtimollar nazariyasi;
- matematik statistika;
- kompyuter texnologiyalari
|
| |