• Kalit so’zlar
  • Ключевые слова
  • Key words
  • Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti




    Download 31,44 Kb.
    bet1/2
    Sana02.02.2024
    Hajmi31,44 Kb.
    #150309
      1   2
    Bog'liq
    tezis Sevinch


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT MOLIYAVIY RESURSLARI, ULARNING MANBALARI, ISHLATISH YO’NALISHLARI
    Xasanova Sevinch Shavkat qizi
    Mirzo Ulug’bek nomidagi
    O’zbekiston Milliy Universiteti
    Iqtisodiyot” fakulteti
    Fu-22 guruh talabasi
    Annotatsiya: Moliyaviy resurslar davlat xarajatlarini moliyalashtirish, davlat siyosatini amalga oshirish va mamlakatning har tomonlama rivojlanishini qo’llab quvvatlashda muhim ro’l o’ynaydi. Davlat moliyaviy resurslari hukumat uchun O’zbekistonda davlat xizmatlarini, infratuzilmani rivojlantirish, ijtimoiy dasturlar va iqtisodiy o’sishni moliyalashtirishda muhim ahamiyatga egadir.
    Kalit so’zlar: davlat, moliyaviy resurslar, davlat budjeti, mablag’lar, korxona.
    Аннотация: Финансовые ресурсы играют важную роль в финансировании государственных расходов, реализации государственной политики и поддержке всестороннего развития страны. Государственные финансовые ресурсы важны для правительства в финансировании государственных услуг, развитии инфраструктуры, социальных программ и экономического роста в Узбекистане.
    Ключевые слова: государство, финансовые ресурсы, государственный бюджет, фонды, предприятие.
    Abstract: Financial resources play an important role in financing public expenditures, implementing public policies, and supporting the comprehensive development of the country. Public financial resources are important for the government in financing public services, infrastructure development, social programs and economic growth in Uzbekistan.
    Key words: state, financial resources, state budget, funds, enterprice.


    Kirish
    O’zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy resurslari deganda davlat tasarrufidagi mablag’lar va aktivlarni tushunamiz. Moliyaviy resurslar – davlat va korxonalarning pul mablag’lari maqsadli fondlarining majmuasidir. Mamlakatning moliyaviy resurslari Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tuziladigan yig’ma moliyaviy balansda o’z ifodasini topadi. U davlat budjet tizimi, hukumatning nobudjet fondlari va turli mulkchilik shaklidagi korxonalar (amortizatsiya va ularning ixtiyorida qoladigan foyda summasi) ning resurslarini o’z ichiga oladi. Moliya o’z vazifalarini ma’lum bir moliyaviy vositalar orqali bajaradi. Bu vositalarning asosini moliyaviy resurslar tashkil etadi. Moliyaviy resurslar makro va mikro resurslarga bo’linadi:

    • Makroresurslar umumdavlat miqyosida tashkil topadi. Ular budjet tarkibida yoki budjetdan tashqari jamg’armalar tarkibida namoyon bo’ladi.

    • Mikroresurslar markazlashmagan resurslar hisoblanib, ular korxona, firma, kompaniya, tashkilot, jamoa uyushmalari doirasida bo’lib, xo’jalik yuritish subyektlariga tegishli bo’lgan yoki ular tomonidan qarzga olingan pul mablag’laridan iborat.

    Moliyaviy resurslar quyidagilar hisobiga shakllanadi:

    • O’z mablag’lari va ularga tenglashtirilgan mablag’lar hisobiga;

    • Qarzga olingan mablag’lar hisobiga;

    • Boshqa manbalar (davlat budjeti, moliya bozoridan jalb etish) hisobiga;

    Hozirda davlatlar moliyaviy resurslarni yaratishning asosiy usuli sifatida soliqlardan tashkil topadigan soliq tizimini qo’llashmoqda.

    Download 31,44 Kb.
      1   2




    Download 31,44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti

    Download 31,44 Kb.