|
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti
|
bet | 2/2 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 31,44 Kb. | | #150309 |
Bog'liq tezis SevinchAdabiyotlar tahlili
Prezidentimiz tomonidan sanoat rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar va qo’shimcha moliyaviy resurslar berilishi ma’lum qilindi. Unga ko’ra Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 10-yanvar kuni sanoatni rivojlantirish hamda qo’shimcha zaxiralarni aniqlash masalalari bo’yicha videoselektor yig’ilishi o’tkazildi.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti va aholi bandligida sanoat juda muhim o’rin tutadi. Bu sohaga zarur sharoit yaratish maqsadida so’nggi yillarda 19 ta erkin iqtisodiy zo’na va 400 dan ziyod kichik sanoat zonasi tashkil etildi, ularning infratuzilmasiga 10 trillion so’m yo’naltirildi. Shuningdek, to’qimachilik, kimyo, qurilish materiallari, charm, elektr texnikasi kabi tarmoqlarni “drayver” ga aylantirish uchun 3 milliard do’llarlik moliyaviy resurslar ajratildi. Sanoatni xomashyo bilan ta’minlash uchun geologiya-qidiruv ishlari 3 barobar ko‘paytirilib, 600 tadan ziyod yangi kon aniqlandi. Natijada oxirgi besh yilda sanoat korxonalari soni 2 barobar ko‘payib, 100 mingtaga yetdi, ishlab chiqarish hajmi 1,4 barobarga oshdi.
Jumladan, Jizzaxda ilgari bo‘lmagan qurilish materiallari, avtomobilsozlik, oziq-ovqat sanoati kabi yangi tarmoqlar paydo bo‘ldi. Birgina qurilish materiallari bo‘yicha 220 ta loyiha ishga tushirilib, viloyat sanoatida bu sohaning ulushi 20 foizdan oshdi. Samarqand, Sirdaryo, Namangan va boshqa hududlarda metallni qayta ishlash bo’yicha 19 ta yirik loyiha amalga oshirildi. Namanganda tashkil etilgan 54 ta yangi kichik sanoat zo’nasida 2022-yilda 3 trillion so’mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo’lsa, kimyo sanoatida oxirgi uch yilda ishlab chiqarish hajmi 1,5 barobarga, eksport esa 2 barobarga oshgan. Shuningdek, 2022-yilda Navoiy, Buxoro va Toshkent viloyatlarida sanoat o’sishi ko’ngildagidek bo‘lmagan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona va Xorazmda ip-kalavani qayta ishlash darajasi pastligicha qolgan. Namangan, Samarqand va Navoiyda oziq-ovqat, charm-poyabzal, mebel ishlab chiqarish salohiyati yetarlicha ishga solinmagan. Shu bois yig’ilishda joriy yilda sanoatni rivojlantirish, sohaga investitsiyalarni ko’paytirish va zaxiralarni ishga solish chora tadbirlari muhokama qilindi. Davlat rahbari sanoat uchun yangi imkoniyatlar va qo‘shimcha moliyaviy resurslar berilishini ta’kidladi. Birinchi navbatda bank normativlari qayta ko‘rib chiqilib, tijorat banklarida korxonalarga kredit ajratish uchun qo‘shimcha 55 trillion so’m resurslar ta’minlanishi belgilandi. Bu bitta tumanda o’rtacha 20 million dollarlik investitsiyaga qo’shimcha manba deganidir.
Ikkinchi navbatda, 2023-yilda sanoat zo’nalari va yirik investitsiya loyihalari infratuzilmasi uchun 1,7 trillion so’m yo‘naltirilishi, shuningdek, “G‘ijduvon” va “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zo’nalari hududi kengaytirilishi, Qoraqalpog‘iston va Qashqadaryoda “Urgut” erkin iqtisodiy zo’nasining filiallari tashkil etilishi belgilandi. 2023-yildan boshlab, iqtisodiy rivojlanishi orqada bo’lgan to’rtinchi va beshinchi toifadagi 60 ta tumanga 27 turdagi soliq imtiyozi, subsidiya berildi.
Uchinchi navbatda, gilamchilik, charm va zargarlik tarmoqlari uchun taqdim etilayotgan yengilliklar. Unga ko’ra, 2023-yilda to’qimachilik loyihalariga qo’shimcha 300 million do’llar yo’naltirilishi, charm-poyabzal sanoatida 200 dan ortiq turdagi import xomashyo bo’yicha bojxona imtiyozlari uch yilga uzaytirilishi, zargar tadbirkorlarga xomashyoni chegirma bilan sotib olish imkoniyati hamda soliq, bojxona va bank imtiyozlari berilishi nazarda tutilgan.
Prezidentimiz bu imkoniyatlarni aholi va tadbirkorlarga yetkazib, joylarda loyihalarni ko’paytirish zarurligini ta’kidlagan.
Sanoat zo’nalarida 1 ming 264 ta loyiha ishga tushirilishi aytilgan. Shuningdek, Navoiy viloyatida 6-gidrometallurgiya zavodini hamda Olmaliqda 3-mis boyitish fabrikasini ishga tushirish, Andijonda zamonaviy quyuv sexini va Chirchiqda qishloq xo’jaligi mashinasozlik klasterini to’liq quvvatga chiqarish ham muhim vazifalardan etib belgilangan. Mutasaddilarga sanoat korporatsiyasini kengaytirib, 6 milliard do’llarlik mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish, hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan 3 mingga yaqin loyihalarni vaqtida ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Umuman olganda, barcha manbalar evaziga joriy yilda sanoatni 14 foizga oshirish imkoniyati borligi ko’rsatib o’tilgan.
Xulosa
Davlat moliyaviy resurslari – davlat tashkil etadigan va o’z vazifalarini bajarish uchun tasarruf qiladigan pul mablag’lari hisoblanib, yalpi ichki mahsulot va milliy daromadni taqsimlash jarayonida ishtirok etadi. Moliyaviy resurslar manbai birinchi navbatda mamlakat iqtisodiyotining faoliyati, asosan, mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lgan pul daromadlaridan tashkil topadi. Moliyaviy resurslar odatda davlat budjetlarida, shuningdek, budjetdan tashqari fondlarda, davlat mulkidan keladigan daromadlarda, qarzlarda to’planadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy resurslarni boshqarish samaradorligi o’ta muhimdir. Bunda ular o’z vaqti bilan va korxona maqsadiga muvofiq bir necha marta asosiy vositalar va aylanma aktivlarga aylanadi hamda har bir korxonaning moliyaviy holatiga bog’liq holda, joriy majburiyatlarini qoplaydi. Moliyaviy resurslarni boshqarish korxona moliyaviy siyosatidan kelib chiqib, mavjud resurslarni aniq maqsadli yo’naltirishni ko’zda tutadi. Korxonalarda moliyaviy resurslar 2 xil shaklda shakllantiriladi va foydalaniladi:
Mablag’larning katta qismi maqsadli belgilangan pul mablag’larining shakllanishi va foydalanilishi bilan bog’liq. Soliqlar, ajratmalar, foizlarni to’lashda ishlatiladigan moliyaviy resurslar nofondli shaklda amalga oshiriladi. Fondlar shakllanishi uchun asosiy manbaga mahsulot (ish, xizmat) realizatsiyasidan tushum kiradi. Xo’jalik subyektida barcha moliyaviy resurslar bir qancha guruhlardan (xususiy, zayom, qayta taqsimlash tartibida kelib tushuvchi moliyaviy resurslar) tashkil topadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
https://milliycha.uz/ru/moliyaviy-resurslar/
https://arxiv.uz/uz/documents/slaydlar/iqtisodiyot/moliya-tizimi-va-moliyaviy-siyosat
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Moliya_resurslari
http://lib.jizpi.uz/pluginfile.php/13871/mod_resource/content/0/korxonalarda_moliayviy_resurslarni_boshqarishni_samarali_tashkil.pdf
https://kun.uz/uz/news/2023/01/10/prezident-sanoat-rivoji-uchun-yangi-imkoniyatlar-va-qoshimcha-moliyaviy-resurslar-berilishini-malum-qildi
|
| |