Mirzo ulug‘bek tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 241-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining buyrug‘i mirzo Ulug‘bek tumani maktabgacha




Download 16.22 Kb.
Sana06.09.2023
Hajmi16.22 Kb.
#80521
Bog'liq
211 buyruq ijrosi
5-7 sinf informatika to\'garak 34 soatl, Sattorov Nodirbek1


MIRZO ULUG‘BEK TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BO‘LIMI TASARRUFIDAGI 241-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI DIREKTORINING BUYRUG‘I
Mirzo Ulug‘bek tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining 2023-yil 21-iyundagi 580-14-200-XT/2023-sonli buyrug‘i ijrosi to‘g‘risida

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalq manfaatlari yo‘lida izchil davom ettirish, Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida islohotlar samaradorligini oshirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-79-son Farmoni, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 2-iyundagi 147-sonli hamda Mirzo Ulug‘bek tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining 2023-yil 21-iyundagi 580-14-200-XT/2023-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:


1) Mirzo Ulug‘bek tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining 2023-yil 21-iyundagi 580-14-200-XT/2023-sonli buyrug‘i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin;
2) 2023-yil sentabr oyidan boshlab umumta’lim maktablarining o‘quvchilari bilimini baholashning yangi tartibi tajriba-sinov tariqasida joriy etilishi, bunda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni amaliyotda qo‘llay bilish, tanqidiy fikrlash va berilgan materialni tahlil qila olish kabi ko‘nikmalari baholanishi inobatga olinsin;
3) umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari lavozimiga kadrlarni tayinlashda tuman ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tavsiya berish amaliyoti bekor qilinganligi inobatga olinsin;
4) umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini ishga qabul qilishda sport sohasidagi vakolatli davlat organining hududiy bo‘limlari hamda sport maktablari metodistlari tomonidan yo‘llanma berish tartibi o‘z kuchini yo‘qotganligi inobatga olinsin;
5) 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan talabgorlarning bir yil muddat davomida stajyor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishi inobatga olinsin;
6) Stajor-o‘qituvchilarga ular kasbiy sertifikat olguniga qadar oliy ma’lumotli (toifasiz) o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi asosida haq to‘lanishi tashkil etilsin;
7) Maktabning pedagog kadrlariga malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar ikki bosqichda o‘tkazilishi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda pedagogik mahorati baholanishi tashkil etilishi inobatga olinsin;
8) Bola tug‘ilgandan so‘ng, doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida onlayn hisobga qo‘yilishi hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining har o‘quv yili uchun qabul rejasi “my.maktab.uz” elektron platformasida shakllantirishi inobatga olinsin;
9) Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Download 16.22 Kb.




Download 16.22 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mirzo ulug‘bek tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 241-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining buyrug‘i mirzo Ulug‘bek tumani maktabgacha

Download 16.22 Kb.