52
kuchaytirishdan va ular spektrlarini boshqa eltuvchi chastotalarga
o’tkazishdan iborat bo’ladi. Ammo Yerning qator sun’iy yo’ldoshli aloqa
tizimlarida YSYRlarida turli tizimlar orasidagi chaparastani kamaytirish
va tizimning xalallarga bardoshligini oshirish maqsadida signallarning
murakkab ishlanishi amalga oshiriladi. Umumiy holda, barcha punktlar
(abonentlar) orasida sifatli aloqani ta’minlash uchun YSYRlarni turli
orbitalarda aylanuvchi bir necha YSYlarida joylashtirishga to’g’ri keladi.
Yerning sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimlari abonentlarga xizmat
ko’rsatishning globallik va universallik darajasi bo’yicha farqlanadi.
Bunday tizimlarning globallik darajasi xizmat ko’rsatish zonaning
mansubligi va o’lchami orqali, tizim universalligi esa abonentlar
kategoriyalari nabori va taqdim etiluvchi aloqa turlarining soni orqali
xarakterlanadi.
Mansubligi bo’yicha Yerning sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimlari
xalqaro, milliy, korporativlarga bo’linadi. Xizmat ko’rsatish zonasi
bo’yicha Yerning sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimlari global, regional
zonalarga bo’linadi.
Yerning sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimlarida axborotning quyidagi
turlarini uzatish amalga oshiriladi:
- televidenie va ovozli radioeshittrish dasturlari va davriy xarakterli
simpleks xabarlarni;
- telefon, faksmil, telegraf xabarlarni, videokonferensiyalarni.
YS larning turi va Yerning sun’iy yo’ldoshli tizimning vazifalariga
bog’liq holda radioaloqaning quyidagi xizmatlari farqlanadi:
- Yerning sun’iy yo’ldoshli tizimning belgilangan xizmati – Yerning
bitta yoki bir necha sun’iy yo’ldoshi ishlatilganida belgilangan punktlarda
joylashgan Yerdagi stansiyalar orasidagi radioaloqa rejimiga mos keladi;
- Yerning sun’iy yo’ldoshli ko’chma xizmati Yerning bitta yoki bir
necha sun’iy yo’ldoshi ishlatilganida Yerdagi ko’chma stansiyalar
orasidagi radioaloqa rejimiga mos keladi;
- Yerning sun’iy yo’ldoshli radioeshittirish xizmati - radioaloqaning
sirkulyar rejimiga mos keladi.