Simsiz tarmoq texnologiyalari




Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/55
Sana20.11.2023
Hajmi2,59 Mb.
#101929
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55
Bog'liq
10.-S.K.GanievT.A.Kuchkarov.TarmoqxavfsizligiMobiltarmoqxavfsizligi

3.2. Simsiz tarmoq texnologiyalari 
Simsiz 
shaxsiy 
tarmoqlariga 
Bluetooth, 
UWB, 
ZigBee 
texnologiyalari mansub. 
Bluetooth texnologiyasida
radioaloqa 2,4-2,48 GGs diapazonida 
amalga oshiriladi. Signal spektri FHSS (Frequency Hopping Spread 
Spectrum - chastotali sakrash bo’yicha keng polosali signal) usuli bo’yicha 
shakllantiriladi. 
Universal 
qabul qilish/uzatish 
uskunalari 
bazasida 
ixtiyoriy 
Bluetooth-yechimlar bilan aloqa ta’minlanadi. Shu bilan birga ijroning 
asosan ikki varianti ishlatiladi: 
- Bluetooth – kalit (Bluetooth-dongle) yoki 
- Bluetooth-adapterlar. 
Bluetooth shaxsiy kompyuter, noutbuk, PDA (Personal digital 
assisttanse), mobil telefon, printer va raqamli fotoapparat kabi qurilmalar 
orasida, bir-biridan 100 m doirasida va xatto turli binolarda, axborot 
almashinuvini ta’minlaydi (3.2 -rasm). 
3.2-rasm. Turli Bluetooth-qurilmalar bilan aloqa 


38 
Bluetooth-qurilmalar notanish muhitda ishni boshqa Bluetooth-
qurilmalarni qidirish bilan boshlaydi. Ushbu muolaja device discovery deb 
ataladi. Buning uchun so’rov jo’natiladi. So’rovga javob nafaqat aloqa 
doirasida faol Bluetooth-qurilmalarning mavjudligiga, balki ushbu 
qurilmalar mavjud bo’lgan rejimga bog’liq. Bu bosqichda uchta asosiy 
rejim bo’lishi mumkin: 
- Discoverable mode. Ushbu rejimdagi qurilmalar olingan 
so’rovlarning barchasiga doim javob beradilar; 
- Limited discoverable mode. Ushbu rejimdagi qurilmalar 
so’rovlarga faqat cheklangan vaqtda yoki ma’lum shartlarga rioya qilib 
javob berishlari lozim; 
- Non-discoverable mode. Rejim nomidan ko’rinib turibdiki, ushbu 
rejimdagi mavjud qurilmalar yangi so’rovlarga javob bermaydilar. 
Aniqlash, identifikatsiyalash va dastlabki sozlashning barcha 
muolajalaridan 
so’ng 
Bluetooth-qurilmalar 
foydalanuvchi 
axborot 
almashinuvini boshlashi mumkin. 
Bluetooth spetsifikatsiyasi axborotni vaqtli multiplekslashli paketli 
uzatish usulini tavsiflaydi. FHSS ishlashi prinsipiga binoan chastotalar 
polosasi 1 MGs kenglikdagi qismkanallarning ma’lum soniga ajratilgan. 
Kanal 79, 23 yoki 22 radiochastotali kanallar bo’yicha psevdotasodifiy 
sakrashlarning ketma-ketligidan iborat. Har bir kanal davomligi 625 mks 
bo’lgan vaqtiy segmentlarga bo’linadi. Har bir segmentga ma’lum eltuvchi 
chastota mos keladi. Peredatchik priyomnik bilan sinxron tarzda bir 
eltuvchidan ikkinchisiga to’g’rilanadi. Eltuvchi chastotaning bunday 
o’zgarishi hopping, kanalning o’zgarishi esa hopping channel deb 
yuritiladi. Ushbu usul uzatishning konfidensialligini va birmuncha 
xalallardan himoyalanganlikni ta’minlaydi. Agar qandaydir kanal bo’yicha 
uzatilgan paket qabul qilinmasa, priyomnik u xususida xabar beradi va 
paketni uzatish endi boshqa chastotada, keyingi qismkanallarning birida 
qaytariladi. 
Bitta Bluetooth qurilmaning bir necha boshqa qurilmalarga 
ulanishida, bir necha ulanishlarga xizmat qiluvchi qurilma master 
("etakchi"), ulangan qurilmalar esa slave ("etaklanuvchi") deb ataladi. 
Bitta master ga ettitacha aktiv slave larni ulash mumkin. Aktiv slave lardan 
(yani, ma’lumotlarni aktiv almashadigan qurilmalardan) tashqari, barcha 
kanallar band bo’lganida,
master
 
bilan ma’lumotlar almasha olmaydigan, 
ammo u bilan sinxronlashgan aktiv bo’lmagan slave lar to’plami mavjud 
bo’lishi mumkin. Bunday struktura
piconet deb yuritiladi. Piconet lar bir 


39 
birlari bilan vaqt va chastota bo’yicha sinxronlanmagan. Ularning har biri 
o’zining chastota sakrashi ketma-ketligini ishlatadi. Bitta piconet doirasida 
barcha qurilmalar vaqt va chastota bo’yicha sinxronlangan. Har bir piconet 
uchun uning master
 
qurilma adresi orqali aniqlanuvchi sakrashlarning 
psevdotasodifiy ketma-ketligi generatsiyalanadi.
Bitta 
piconet da faqat bitta master
 
bo’lishi mumkin, ammo har bir 
slave bir vaqtning o’zida boshqa qurilmalar uchun master bo’lishi va 
o’zining
piconet ini hosil qilishi mumkin. Shu tariqa birlashgan bir necha 
piconet scatternet ni hosil qiladi.
 
Scatternet
 
doirasidagi turli qurilmalar 
turli piconet uchun bir vaqtning o’zida nafaqat master
 
yoki
slave
 
bo’lishi, 
balki turli piconet lar uchun oddiy slave bo’lishi ham mumkin. 3.3-rasmda 
Bluetooth-qurilmalar bog’lanishlarini tashkil etish strukturasi keltirilgan. 
Zaruriyat tug’ilganida piconet dagi ixtiyoriy 
slave master  
bo’lib 
qolishi mumkin. Tabiiyki, bu holda eski master slave bo’lib qoladi. 
Shunday qilib, scatternet da qancha kerak bo’lsa, shuncha bluetooth 
qurilmalar 
birlashtirilishi 
mumkin, 
mantiqiy 
bog’lanishlar 
talab 
qilinganiga binoan hosil qilinishi va zaruriyat tug’ilganida xohlagancha 
o’zgarishi mumkin. 
3.3-rasm. Bluetooth qurilmalar bog’lanishlarini 
tashkil etish strukturasi 
Bluetooth texnologiyasida vaqt bo’linishi - Time Division Duplexing 
(TDD) 
asosida 
dupleks 
uzatish 
ko’zda 
tutilgan. 
Master
paketlarni toq vaqt segmentlaridi, slave esa juft vaqt segmentlarida uzatadi 
(3.4-rasm). 


40 
3.4-rasm. Qisqa xabar paketlarini uzatish tartibi 
Paketlar, uzunligiga bog’liq holda, beshtagacha vaqt segmentlarini 
egallashi mumkin. Bunda kanal chastotasi paket uzatilishi tamom 
bo’lmaguncha o’zgarmaydi (3.5-rasm). 
O’ta keng polosali texnologiya Ultra wideband (UWB)
 
radiokanal 
orqali maishiy elektron qurilmalar, shaxsiy kompyuterning tashqi 
qurilmalari, va unchalik katta bo’lmagan masofada mobil qurilmalar 
orasida eng yuqori tezlikda va energiyaning kichik sarfi bilan ma’lumotlar 
almashinuvini ta’minlovchi, simsiz foydalanishga alternativ texnologiya 
hisoblanadi. Ushbu texnologiya qamrab olinuvchi zonaning katta 
bo’lmagan doirasida yuqori o’tkazish qobiliyatiga ega va ideal darajada 
yuqori sifatli multimedia kontentini simsiz uzatishga mos. 
Haqiqatan, maishiy elektronika qurilmalari uchun tezligi yuqori 
simsiz interfeys kerak, ammo bluetooth kabi va boshqa simsiz 
texnologiyalaridan foydalanish qator cheklashlar orqali amalga oshiriladi. 
Ushbu 
texnologiyalarning 
asosiy 
kamchiligi 
ulardagi 
o’tkazish 
polosasining nisbatan katta emasligi. Videoni etkazish uchun odatda 3 dan 
24 Mbit/s gacha o’tkazish qobiliyati talab etiladi. 
Ta’sir doirasi qisqa simsiz tarmoq texnologiyasi (ZigBee) boshqa 
WPAN-texnologiyalariga, xususan bluetooth ga nisbatan arzonroq va kam 
energiya sarfini talab qiluvchi yechimni ta’minlash maqsadida ishlab 
chiqilgan: vaqtning katta qismida qurilmalar uxlash rejimida bo’ladi va 
onda-sonda ularga murojaat qilinganligi tekshiriladi. Ikkita apparat 
orasidagi aloqa uzunligi 75 metrgacha. 
Master 
Slave 
625 mks 
f(k) 
f(k+1) 
Paketlarni uzatish 
yo’nalishi 
f(k+2) 


41 
3.5-rasm. Uzun xabar paketlarini uzatish tartibi 
Hozirda ushbu texnologiya asosan sensor tizimlarida ishlatiladi, 
ammo uning tarafdorlari texnologiyaning ixtiyoriy elektron qurilmalarni 
ulash uchun ishlatilishi mumkin deb hisoblaydilar. Xususan Pantech-
Curitel firmasi ZigBee interfeysi bilan smartfon ishlab chiqargan. Ushbu 
texnologiyaning 
"aqlli" 
uy 
qurilmalarini 
boshqarish 
uchun, 
signalizatsiyaning turli simsiz vositalarida (tutash, xarorat, shovqun, 
namlik, harakat va h.) ishlatilishi kutilmoqda. 

Download 2,59 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55




Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish