Mobil tarmoqlarni qurish prinsiplari




Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/55
Sana20.11.2023
Hajmi2,59 Mb.
#101929
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
10.-S.K.GanievT.A.Kuchkarov.TarmoqxavfsizligiMobiltarmoqxavfsizligi

2.4. Mobil tarmoqlarni qurish prinsiplari 
Mobil yoki ko’chma radioaloqaning professional tizimlari PMR 
(Professional Mobile Radio) – radiokanaldan aloqa kanali sifatida 
foydalanuvchi va qo’lda ko’tarib yuradigan foydalanish terminallarini 
ishlatishni ko’zda tutuvchi telekommunikatsiya tizimlari. 


30 
Odatda, ular tarmoqning radiokanal yoki radial zonali (uyali) 
strukturaga ega va simpleks (bir tomonlama) va dupleks (ikki tomonlama) 
aloqa kanallaridan foydalanishlari mumkin. Turli funksional tarkibli va 
atalishi bo’yicha ko’pgina mobil aloqa tizimlari mavjud. Xalqaro talqinda 
umumlashgan tasniflash uchun "ko’chma xizmat aloqa tizimi" (sistema 
svyazi podvijnoy slujbы, SSPS) atamasi ishlatiladi. 
Umumfoydalanuvchi ko’chma xizmat aloqa tizimi ikki sathli tarkibli 
telekommunikatsiya tarmog’i hisoblanadi: mobil radioaloqa tizimi 
(birinchi sath) va umumfoydalanuvchi telefon tarmog’i (ikkinchi sath) 
(2.8-rasm). 
2.8-rasm. Ko’chma xizmat aloqa tizimi strukturasi 
Ikki sathli telekommunikatsiya tarmog’i axborotni kommutatsiyalash 
va taqsimlash vazifasini tarkibiy qismlarning har birida ta’minlaydi. 
Magistral bog’lovchi liniyalarda kanallarni taqsimlash jarayoni 
vaqtning 
talab 
qilingan 
onida 
mobil 
stansiya 
abonentlari 
va 
umumfoydalanuvchi telefon tarmog’i abonentlari orasida so’zlashishlarga 
xizmat qilish uchun bo’sh aloqa liniyalarini taqdim etish kabi ko’riladi. 
Shunday qilib, ko’chma xizmat aloqa tizimi kanallari 
telekommunikatsiya tizimining muayyan tarmog’i sathi va radiosathni 
birlashtiruvchi tarkibli kanallari hisoblanadi. 
Hozirda dunyoning turli mamlakatlarda ko’chma xizmat aloqa 
tizimining turli ko’rinishlari ishlatiladi va ular ushbu mamlakatlar 
iqtisodiyotining axborotga bo’lgan ehtiyojini ta’minlaydi. Ko’chma xizmat 
Ko‘chma xizmatning 
kommutatsiyalash 
markazi 
(KXKM) 
Umumfoydalanuvchi 
telefon tarmog‘i 
(UTT) 
Bazaviy stansiyalar 
Mobil stansiya 


31 
aloqa tizimining turlarga bo’linishi radiosathning strukturasi orqali 
aniqlanadi (2.9-rasm). 
2.9-rasm. Ko’chma xizmat aloqa tizimining tasnifi 
Mobil tarmoqlar xizmat ko’rsatiluvchi hududni qoplovchi kataklar 
(uyalar) majmui ko’rinishida quriladi (2.10-rasm). Kataklar odatda to’g’ri 
olti burchaklar ko’rinishida tasvirlanadi. Har bir katakning markazida 
o’zining katagi chegarasidagi barcha mobil stansiyalarga (MS) xizmat 
ko’rsatuvchi bazaviy stansiya (BS) joylashadi. Abonentning tizimning 
kataklari orasida ko’chib yurishida xizmatning bir bazaviy stansiyadan 
ikkinchisiga uzatish, ya’ni estafetali uzatish (handover) sodir bo’ladi. 
Barcha bazaviy stansiyalar ajratilgan simli yoki aloqaning radioreley 
kanallari bo’yicha mobil tizimining kommutatsiya markazi bilan 
bog’langan. Abonentning mobil aloqaning boshqa tizimi hududiga 
ko’chishida unga xizmat ko’rsatish bir mobil stansiya tizimidan boshqa 
mobil stansiya tizimiga uzatiladi – rouming (rouming). 
Tarkibli tarmoqning 1 qismlari mobil stansiyalar (MS) va bazaviy 
stansiyalar (BS) orasida tashkil etilgan radioliniyalar hisoblanadi. 
Tarmoqning 2 qismlari bazaviy stansiyalar (BS) va ko’chma xizmatning 
Sun’iy yo‘ldosh 
retranslyatori orqali 
chaqirish tizimlari 
Ko‘chma xizmatning 
aloqa tizimlari 
Yer usti aloqaning 
regional mobil tizimlari 
Alohida radio orqali 
chaqirish tizimlari 
Yo‘ldosh orqali 
aloqaning global mobil 
tizimlarir 
Tranking (bog‘lamli) 
aloqa tizimlari 
Bevosita chaqirish 
tizimlari 
Kosmosda signalni 
retranslyatsiyalash 
tizimlari
Yerda signalni 
retranslyalashli 
tizimlari 
Repitorli chaqirish 
tizimlari 
Xududiy (uyali) 
aloqa tizimlari 
Individual aloqaning 
chiziqli tizimi 


32 
kommutatsiyalash markazi (KXKM) orasidagi ko’p kanalli bog’lovchi 
liniyalardan 
iborat. 
Tarmoqning 
3 qismlari 
radiosath 
va 
umumfoydalanuvchi telefon tarmog’i (UTT) orasidagi magistral 
bog’lovchi liniyalardan iborat. Bazaviy stansiyalar to’plami tizimga xizmat 
qilishning butun zonasi bo’yicha joylashgan va ko’chma xizmatning 
kommutatsiyalash markazi orqali radiosathning ixtiyoriy abonentining 
boshqa mobil abonent yoki umumfoydalanuvchi telefon tarmog’i abonenti 
bilan barqaror radioaloqani ta’minlashga imkon beradi. Bunda mobil 
abonentning xizmat qilish zonasining qanday nuqtasida joylashgani 
ahamiyatga 
ega 
emas. 
Shunday 
qilib, 
ko’chma 
xizmatning 
kommutatsiyalash markazi xizmat qilish zonasida turli mobil stansiyalarni 
o’zaro kommutatsiyasini ta’minlovchi avtomatik radiokross rolini, mobil 
stansiyalarning 
tarmoqning 
abonentli 
telefon 
apparati 
bilan 
kommutatsiyasini, hamda boshqa xizmat qilish zonasining ko’chma 
xizmatning kommutatsiyalovchi markaziga chiqishini ta’minlaydi. 
2.10-rasm. Mobil tarmoqning funksional sxemasi 


33 
Turli standartlarning uyali mobil aloqa jihozlarining ishlash 
algoritmlari bir-biriga o’xshash va quyidagilar orqali xarakterlanadi. 
1. Mobil stansiya kutish rejimida bo’lganida, uning qabul qiluvchi 
qurilmasi tizimning barcha kanallarini yoki faqat boshqarish kanallarini 
skanerlaydi. 
2. Tarmoq fragmentining barcha bazaviy stansiyalari abonentni 
chaqirish uchun boshqarish kanallari bo’yicha chaqiruv signalini uzatadi. 
3. Chaqiriluvchi abonentning mobil stansiyasi chaqiruv signalini 
olganida boshqarishning bo’sh kanallarining biri bo’yicha javob beradi. 
4. Javob signalini olgan bazaviy stansiya, uning parametri xususidagi 
axborotni ko’chma aloqani kommutatsiyalash markaziga uzatadi. Ushbu 
markaz chaqiriluvchi abonentning mobil stansiyasi signali sathi maksimal 
bo’lgan bazaviy stansiyaga so’zlashuvni o’tkazadi. 
5. Nomer terilgan vaqtda chaqiriluvchi abonentning mobil stansiyasi 
bazaviy stansiyaning signal sathi maksimal bo’lgan bo’sh kanallaridan 
birini ishg’ol qiladi. 
6. Chaqiriluvchi abonentning bazaviy stansiyadan uzoqlashgani sari 
yoki radioto’lqinlar tarqalishi sharoiti yomonlashishiga bog’liq holda 
signal sathi pasayadi. Bu aloqa sifatining pasayishiga olib keladi. 
So’zlashuv sifatining yaxshilanishiga chaqiriluvchi abonentni avtomatik 
tarzda radoaloqaning boshqa kanaliga o’tkazish yo’li bilan erishiladi. 


34 

Download 2,59 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish