24
(Subscriber Identity Module) ega abonentga tizim xizmatidan foydalanish
ruxsat etilganligini aniqlashga imkon beradi.
Uskunani identifikatsiyalash registri (UIR) – tizimda ishlatiluvchi
ko’chma stansiyalarning seriya nomerlarining ma’lumotlar bazasini
identifikatsiyalovchi registr. O’g’irlangan yoki yo’qotilgan telefonlar
nomeri
qora ro’yxatga joylashtiriladi. Bu ushbu telefonlarni keyinchalik
tizimda ishlatilmaslikka imkon beradi.
O’rnashgan joyning tashrif registri (O’JTR) – tarkibida berilgan
operatorga xizmat ko’rsatish hududida (rouming) vaqtincha joylashgan
ko’chma stansiyalar xususidagi kerakli axborot bo’lgan registr.
Uskuna ekspluatatsiyasi markazi (UEM) tarmoqning alohida
elementlari ishlashini ta’minlaydi.
Tarmoqdagi barcha aloqani kommutatsiyalash markazlari bir-biri
bilan bog’langan. Har bir ko’chma aloqani kommutatsiyalash markazi bitta
yoki bir necha bazaviy stansiya qismtizimlarini (BSQT) nazoratlaydi.
Ko’chma aloqani kommutatsiyalash markazining asosiy vazifasi tizimning
ikkita mobil abonentlari orasida yoki bitta tizimdan foydalanuvchi va
tashqi tarmoq abonenti orasida ulanish o’rnatilishini muvofiqlashtirishdan
iborat.
2.2. Mobil tizimda chastotalar va vaqt taqsimotining strukturasi Chastotalar taqsimoti strukturasini GSM-900 (Global Sistem Mobile
Communication) misolida ko’ramiz, chunki aynan u GSMning bazaviy
spetsifikatsiyasi hisoblanadi. Standart har biri 25 MGs kengligidagi ikkita
chastotalar diapazonida ishlashni ko’zda tutadi (2.4-rasm):
- chastotalar polosasi 890-915 MGs – xabarlarni mobil stansiyadan
bazaviy stansiyaga uzatish (MS-BS) uchun (uplink);
- chastotalar polosasi 935-960 MGs – xabarlarni bazaviy stansiyadan
mobil stansiyaga uzatish (BS-MS) uchun (downlink).
Ko’rinib turibdiki, ma’lumotlarni dupleks uzatish
FDD (Frequency Division Duplex - chastota taqsimotli dupleks uzatish) rejimida amalga
oshiriladi. Aloqa seansi vaqtida kanallarning o’zgarishida ushbu
chastotalar orasidagi (ikkita diapazon orasidagi, qo’shni chastotalar
orasidagi emas) farq o’zgarmaydi va 45 MGs ga teng. Qo’shni kanallar
orasidagi chastotalar farqi 200 KGs ni tashkil etadi. Shunday qilib, qabul
qilish/uzatish uchun ajratilgan 25 MGs kengligidagi chastota polosasida
aloqaning 124 ta kanali joylashadi.
25
2.4-rasm. a) MS-BS va BS-MS yo’nalishlaridagi chastotalar orasidagi
farq; b) dupleks radiokanalidagi fizik nutqiy radiokanallar soni;
c) fizik dupleks nutqiy radiokanallar soni.
GSM standartida ko’p stansiyali foydalanish FDMA/TDMA, ya’ni
kanallarning chastota-vaqt taqsimoti ishlatiladi. Bu esa bitta eltuvchi
chastotada bir vaqtning o’zida 8ta nutqiy kanallarni joylashtirishga imkon
beradi.
GSM standartida vaqt birligi
slot deb ataladi. Sakkizta vaqt sloti
kadr ni tashkil etadi.
Signallarning vaqt slotida qanday taqsimlanishini ko’raylik. GSM
tizimining eng kichik vaqt elementi – 3,69 mks davom etuvchi yakka
impuls (bit). GSM tizimida ma’lumotlarni uzatish tezligi 270,833 Kbit/s ni
tashkil etadi. Har bir vaqt slotida 148 bitli paket uzatiladi. Standart vaqt
slotining davomligi 577 mks ni tashkil etadi. Slotning fizik uzunligi bilan
paketning samarali uzunligi orasidagi farq
himoya intervali deb ataladi.
Uning mavjudligi xar bir ma’lumotlar paketini uzatishning boshlanishida
va oxirida peredatchik quvvatini kuchaytirgichini ulash/o’chirish uchun
vaqtni rezervlash zarurligi bilan bog’liq. Undan tashqari, himoya intervali
vaqt sloti ichiga ma’lumotlar paketining aniq joylanishini ta’minlash
26
uchun zarur. Har bir slot o’zining nutq kanaliga mos, ya’ni har bir kadrda
sakkizta nutq kanallari axboroti uzatiladi (2.5-rasm).
Vaqt slotining strukturasi quydagilardan tashkil topgan:
T - Tail bit (oxirgi bitlar).