35
Simsiz shaxsiy tarmoqlar (WPAN) uzatishning katta bo’lmagan
masofasi bilan (17 metrgacha) ajralib turadi va katta bo’lmagan
binoda
ishlatiladi. Bunday tarmoqlarning xarakteristikalari o’rtacha bo’lib, uzatish
tezligi odatda 2 Mbit/s dan oshmaydi.
Simsiz tarmoqlarning asosiy xarakteristikalari. 3.1-jadval
Simsiz
tarmoqlar
Xarakte-
ristikalar
WPAN
(shaxsiy simsiz
tarmoqlar)
WLAN
(lokal simsiz
tarmoqlar)
WMAN
(shahar simsiz
tarmoqlar)
WWAN
(global simsiz
tarmoqlar)
Qo’llanish
sohasi
Tashqi qurilma
simlarini
almashtirish
Simli tarmoqlarning
mobil kengaytirish-
lari
Keng polosali
simsiz
foydalanish
Bino tashqarisida
Internetdan
mobil
foydalanish
Taxnologiyalar
Bluetooth,
UWB,
ZigBee
Wi-Fi
(802.11)
WiMax
(802.16),
MBWA-m
(802.20)
GSM, GPRS,
WCDMA,
EDGE, HSPA+,
WiMax, LTE
Bunday tarmoq, masalan, foydalanuvchi shaxsiy kompyuterida yoki
noutbukda ma’lumotlarni simsiz sinxronlashni ta’minlashi mumkin. Xuddi
shu tariqa printer bilan simsiz ulanish ta’minlanadi. Kompyuterni tashqi
qurilmalar bilan ulovchi simlar chigalliklarining yo’qolishi
yetarlicha
jiddiy afzallik bulib, buning evaziga tashqi qurilmalarning dastlabki
o’rnatilishi
va keyingi, zaruriyat tug’ilganda, joyini o’zgartirilishi
anchagina osonlashadi.
Simsiz
shaxsiy
tarmoqlarning
aksariyat
uzatuvchi-qabul
qiluvchilarining (transceiver) kam energiya iste’mol qilishi va ihchamligi
katta bo’lmagan foydalanuvchi qurilmalarini samarali madadlashga hamda
kompyuter qurilmasini uzoq vaqt mobaynida bitta batareyada (yoki
akkumulyatorda) ishlashiga imkon beradi. Undan tashqari,
kam quvvat
iste’mol qilinishi simsiz shaxsiy tarmoqlarni uyali telefonlarga va
naushniklarga tatbiq etishga imkon beradi.
Simsiz lokal tarmoqlar (WLAN) ofislarning ichida va tashqarisida,
ishlab chiqarish binolarida uzatishlarning
yuqori xarakteristikalarini
ta’minlaydi. Bunday tarmoqlardan foydalanuvchilar odatda noutbuklarni,
shaxsiy kompyuterlarni va katta resurslarni talab etuvchi ilovalarni
bajarishga qodir prosessorli va katta
ekranli shaxsiy raqamli
yordamchilarni (PDA) ishlatishadi. Simsiz lokal tarmoqlar uzatishning 54
Mbit/s gacha tezlikda barcha ofis yoki maishiy ilovalar talabini qondirish
36
imkoniga ega. Xarakteristikalari,
komponentlari, narxi va bajaradigan
amallari bo’yicha bunday tarmoqlar ethernet xilidagi an’anaviy simli lokal
tarmoqlarga o’xshash.