42
Yirik ofis uchun WLAN ni tashkil etishda foydalanishning bitta
nuqtasi yetarli bo’lmaydi. Oxirgi qurilmalar
orasidagi masofalarning
kattaligi sababli, ofis yoki tashkilot tarmog’ida foydalanishning bir necha
nuqtasi tashkil etiladi (3.7-rasm).
Simsiz uy va ofis tarmoqlaridan tashqari Wi-Fi texnologiyasi
Internetdan ommaviy foydalanishni
tashkil etish sohasida keng
qo’llaniladi.
Aksariyat aeroportlarda, mexmonxonalarda,
restoranlarda Wi-Fi
tarmoqlardan foydalanish (pulli yoki tekin) xot-spotlar (xot spot - "qaynoq
nuqta") yordamida amalga oshirilgan (3.8-rasm).
3.7-rasm. Yirik ofis uchun WLAN sxemasi
Xot-spotlari bo’lgan muassasaga har bir tashrif buyuruvchi o’zining
noutbuki, cho’ntak shaxsiy kompyuteri yoki simsiz foydalanish standartini
madadlovchi telefoni yordamida tarmoqqa mobil ulanish imkoniyatini
oladi. Tarmoqning muayyan standartlariga bog’liq holda Wi-Fi lar
2,4 GGs yoki 5 GGs chastotalarda ishlaydi va ma’lumotlarni
uzatish
tezligini 54 Mbit/s gacha ta’minlaydi. Bir necha xot-spotlar bazasidagi
simsiz foydalanish zona "xot-zona" deb ataladi.
O’tkazish
qobiliyatining
keskin
o’zgarishiga
802.11n
texnologiyasining paydo bo’lishi sabab bo’ldi. Mutaxassislarning fikri
Ma’lumotlar bazasi
Oxirgi
foydalanuvchi
Oxirgi
foydalanuvchi
Foydalanish
nuqtasi
Foydalanish
nuqtasi
Foydalanish
nuqtasi
Internet
43
bo’yicha yaqin orada 802.11n simsiz tarmoq
texnologiyasini nafaqat
noutbuklar, balki ko’pgina maishiy elektron asboblar madadlaydi va u
barcha asosiy korporativ va uy ilovalari tomonidan ishlatiladi.
Simsiz personal va lokal tarmoqlarning istiqbolli rivoji sifatida
mutaxassislar Cognitive Radios qurilmalarini ko'rsatmoqdalar. Bu
qurilmalar turli diapazonda turli protokollar bo’yicha
ishlay oladi hamda
ularning joylashgan geografik hududini va ushbu hududda, mahalliy
talablarga moslanib, qanday ishlashi lozimligini aniqlashi mumkin.
3.8-rasm. "Xot-spot" sxemasi